I BOB. 

O'RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 

1-. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar 

Qadimgi Turon diyorida
zamonasining buyuk davlatlaridan
Qang' (Kanguy) davlati va Kushon
podsholigi ravnaq topgan davrda
yuksalish boshlangan edi. Bu siljishlar
albatta mamlakat ahplisining ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida
muhim o'zgarishlarga olib keldi.
Shaharlarning soni ko'paydi va
hududi kengaydi, hunarmandchilik,
savdo-sotiq va madaniy hayotning
markaziga aylandi. Vohalarda yirik sug'orish tarmoqlari
qazilib, sug'orma dehqonchilik
maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni,
chig'ir va charxparraklar kabi suv
inshootlari kashf etildi. Oqar suv
sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib
obod etildi. Ziroatchilikda g'allakorlik,
sholikorlik va polizchilik bilan bir
qatorda paxtachilik va bog'dorchilik
maydonlari kengaydi.
* Charxfalak  yer kurrasi va koinot so'zlari ma'nosini beradi
* Charxparrak  sug'orish inshooti
Ekin maydonlarini sug'orish va ishlov
berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi
dehqonchilikdan mo'l hosil oladigan
bo'ldi.
Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi
savdoning rivoj topishi bilan qishloq
xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan
ehtiyoj ortib bordi. Natijada
mamlakatning iqtisodiy hayotida
xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko'tarildi. Bir
tomondan, yerga, ziroatkor
maydonlarga bo'lgan munosabat,
ularga egalik qilish shakli asta-sekin
o'zgara boshladi. Ikkinchi tomondan
esa, o'troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o'rtasidagi
aloqalar rivojlandi. Mamlakatning
dasht va tog'oldi mintaqalarida
yashovchi ko'chmanchi va yarim
ko'chmanchi aholining o'troq hayot
tarziga o'tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor
yerlarga bo'lgan ehtiyoj tobora oshib
bordi. Natijada qo'riq va bo'z yerlarga
suv chiqarilib, katta-katta ekin
maydonlari barpo etildi. Bunday
obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy
hayotida kattagina nufuzga ega
bo'lgan mulkdor tabaqa vakillari,
qishloq oqsoqollari hamda qabila
boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida
faol qatnashadilar. Qo'riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining
ma'lum bir ulushi ularning qo'liga
o'tadi va merosiy mulkiga aylanadi.
Shu tariqa kattagina yer egaligiga
asoslangan mulkdorlar tabaqasi
shakllanadi. 

Dehqonlar va ular xo'jaligidagi
hayot 

Sarkorlar o'zlariga tegishli yer
maydonlarini sug'orish
tarmoqlarining yuqori qismidan,
ayniqsa to'g'on boshi atrofidan ajratib
oladilar. Bu yo'l bilan ular suvdan
dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib,
qishloq aholisi ustidan o'z ta'sirini
o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shu tariqa ular ziroatkor aholi ustidan
hukmronlik qila boshlaydi. O'sha
zamonda ular dehqonlar deb atalgan.
Dehqonlar shaharlarda hashamatli
qasr va saroylarga, savdo va
hunarmandchilik do'kon-u
rastalaridan iborat kattagina
xo'jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor
paykallardan tashqari, ularning
ko'shk va istehkomli qo'rg'onlari,
objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari
bo'lardi. Qui, cho'rilardan iborat
ko'pdan ko'p xizmatkorlar dehqonlarning xo'jaligida qishin-
yozin mehnat qilganlar. Bulardan
tashqari, har bir katta yer egasining
30-40, 50-100 va ba'zan undan ortiq
maxsus askariy guruhi  chokarlari bo'lgan.
* Dehqon (qishloq hokimi)  ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa
* Kashovarz  ziroatchi oddiy qo'shchilar
* Kadivar  qishloqning dehqonlarga qaram aholisi
* Chokar  dehqon mulkini qo'riqlovchi, harbiy posbon
Chokarlar baquvvat va abjir hamda
o'z xojasiga sadoqatli o'spirinlardan
tanlab olingan. Bunday sodiq va
jangovar chokarlari bilan dehqonlar
yov hujumi paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda
qatnashardi. Osoyishtalik zamonda
esa chokarlarga suyanib, qishloqning
ziroatkor ahli ustidan hukmlarini
o'tkazardi. 

Qishloq jamoalarining
tabaqalanishi 

Avvalda o'z qaramog'idagi
xizmatkorlari mehnatidan foydalanib
kelgan dehqonlar keyinchalik turli
yo'llar bilan qishloq jamoalari ustidan
hukmronlik qiladigan, bora-bora ular
kuchidan foydalanadigan bo'ladilar. Shunday qilib, mamlakatda yerga
egalik qilish munosabatlarining
shakllanishi bilan qishloq jamoalari
ichida yirik yer egalari bo'lmish
dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham paydo bo'ladi. Mamlakatda yer-suv
mulkchiligining xususiyligi ortib
borishi bilan kadivarlarning soni asta-
sekin ko`payib, dehqonchilik
xo`jaligining asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchlaridan biriga aylangan.
V asrning o`rtalariga kelib, garchi
ekin yerlarining malum bir qismi
mulkdor dehqonlar qo`l ostidagi
mulklardan iborat bo`lsa ham, ammo
ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham
qishloq jamoalarining qaramog`ida
edi. Ilk o'rta asrlarda dehqonlar,
kashovarzlar va kadivarlar
tabaqalari shakllandi. Turon
aholisining hayotida sodir bo'lgan
bunday o'zgarish mamlakatda
mayda voha davlatlarining tashkil topishiga olib keldi. Yer egaligining tarkib topishi
oqibatida mamlakatning ijtimoiy
hayotida keskin o'zgarishlar sodir
bo'ldi. Patriarxal qishloq jamoalari
ijtimoiy jihatdan -tabaqalanib, u yerli
mulkdor dehqon va unga qaram bo'lgan yersiz va erksiz kadivarlarga
ajralib bordi. Qishloq jamoalari
yerlarida yashab yer va suvdan iborat
umumiy mulkka ega bo`lgan erkin
ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Ularning ma'lum bir
qismi jamoa yerlaridan mahrum
bo'lib, bora-bora kadivarlarga aylanib
borganlar. Ayrim dehqonchilik
vohalarining katta yerlarga ega
bo'lgan dehqonlari esa o'z viloyatlarida hatto mustaefil hokim
bo'lib oladilar.