10-. Xalifalikka qarshi xalq
harakatlari

Qo'zg'olonning sabablari 

Xalifalikning talonchilik siyosati
mahalliy xalqni barcha haq-
huquqlardan mahrum etdi.
Madaniyatning oyoqosti qilinishi, zulm
hamda arab tili, yozuvi va xalifalik
qonun-qoidalarining zo'rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq
orasida norozilik tobora kuchayib,
qo'zg'olonlar ko'tarilishiga sabab
bo'ldi.
Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) murakkab vaziyatni hisobga olib,
bo'ysundirilgan yerli xalqlar bilan
kelishish siyosatini amalga oshirishga
majbur bo'ldi. U yangi yerlami bundan
buyon zabt etishni to'xtatish hamda
moliyaviy islohot o'tkazish to'g'risida farmon berdi.
* Islohot  mavjud tartibni o'zgartirish
* Farmon  qonun kuchiga ega bo'lgan buyruq
Bunga binoan musulmon arablar
bilan bir qatorda islomni yangi qabul
qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va
jiz'ya soliqlarini olish bekor qilindi.
Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko'pchiligi o'zini haqiqiy musulmon
deb hisoblab, soliq to'lamay qo'yadi.
So'ngra xalifalik ma'muriyati bir yo'la
hammadan jiz'ya olish haqida buyruq
beradi. Natijada Movarounnahrda
yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning
oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan
arab ma'muriyati o'rtasida ziddiyat
keskinlashib, butun mamlakatda
bosqinchilarga qarshi xalq
qo'zg'olonlari ko'tariladi. 

Qo'zg'olonlarning boshlanishi 

Bunday qo'zg'olonlardan biri 720-
yilda Sug'dda boshlandi.
Qo'zg'olonga Sug'd ixshidi G'urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.
Sug'dliklarga yordam berish uchun
Yettisuvdan turk lashkarlari keladi.
Sug'ddagi barcha hokimliklar aholisi
ko'tariladi. Qo'zg'olon chilarning
birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va
qal'alar ichida qurshovda qolgan arab
istilochilari katta o'lpon va e'tiborli
vakillarini qo'zg'olonchilar ixtiyoriga
garovga berish bilan jon saqlaydilar.
721-yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq
qo'zg'olonini bostirishda
shafqatsizligi bilan dong qozongan
edi. Unga sug'dliklar qo'zg'olonini
bostirish va ularni islomga qaytarish
vazifasi topshiriladi. Xo'jandda bo'lib o'tgan jangda qo'zg'olonchilar
yengiladi. Said Xaroshiy
Movarounnahr shahar va
qishloqlarida jazo choralarini ku
chaytiradi. Biroq, qo'zg'olonni to'la
bostirishga erisha olmaydi. 

Qo'zg'olonchilarga yon berilishi 

Movarounnahr aholisini tinchlantirish
va arablar hokimiyatini
mustahkamlash maqsadida Xuroson
noibi Ashros islom dinini qabul
qilganlardan xiroj va jiz'ya soliqlarini
olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan
vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon
dehqonlarning ko'pi o'z chokarlari va
kadivarlari bilan islomni qaytadan
qabul qilib, arablar tomoniga o'tadilar.
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738-748) mamlakatda o'z mavqeyini mustahkamlab olish
maqsadida moliya islohoti o'tkazadi.
Islomni yangi qabul qilgan kishilar
jiz'yadan ozod etildi. Barcha
musulmonlar huquq jihatdan
tenglashtiriladi, yer egasining e'tiqodidan qat'i nazar ularning xiroj
to'lashi shart qilib qo'yiladi.
Oliy martabali arab lashkarboshilari
bilan mulkdor dehqonlar o'rtasidagi
qon-qarindoshlik aloqalari o'rnatiladi.
Ayni vaqtda o'zi ham namuna ko'rsatib, Buxorxudotning qiziga
uylanadi. Bunday siyosat natijasida,
shubhasiz, arablar bilan mahalliy
zodagonlar o'rtasida ma'lum darajada
ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo
bu ozodlik yo'lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera
olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi
eng notinch va isyonkor o'lkalardan
biri bo'lib qolaveradi.
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda
toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad payg'ambarning amakisi
Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali
xalifalik uchun kurash boshlaydi.
Umaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini
qirib tashlashda ayblandi. Hokimiyatni
abbosiylarga topshirish kerak degan da'vo ilgari surildi. Shu tariqa
xalifalikda umaviylar hukmronligini
ag'darib tashlash uchun keskin
harakat boshlanib ketdi.