11-. Abbosiylar davrida Xuroson
va Movarounnahr.
Abu Muslim
qo'zg'oloni

Xalq noroziligining kuchayishi 

Umaviylarga qarshi umumiy norozilik,
ayniqsa, xalifa Marvon II (744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda
kuchaydi. Bunga xiroj solig'i
miqdorining oshirib yuborilgani
hamda aholining muttasil hasharlarga
majburan jalb etilishi sabab bo'ladi.
Umaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli
viloyatlarga ko'plab targ'ibotchilar
yuboradilar. Shunday
targ'ibotchilardan biri kufalik Abu
Muslim edi.
746-yilda u Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib,
payg'ambar avlodlarini quvvatlashga
chaqiradi. 

Qo'zg'olonchilarning to'planishi 

Dastlab arab zodagonlari, so'ngra
mahalliy dehqonlar Abu Muslimni
qo'llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga
qarshi tashviqotning sadosi tez orada
Xuroson, Movarounnahr va
Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go'yo mamlakat aholisining
barcha katta-kichigi xalifalikka qarshi
qo'zg'algandek bo'ladi. Qo'shin avval
Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal'asida to'planadi. Abu Muslim
qo'shiniga kelib qo'shilgan kishilar
ro'yxatga olinib, ularga avval uch,
so'ngraesabesh dirhamdan maosh
to'lanadi. Qizig'i shundaki, ro'yxatdan
o'tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat
edi. Bu davrda ham qullar aholi
o'rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib,
ular bilan bir safda turish boshqa
tabaqa vakillariga or tuyulganligi
hisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog'ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ'ibotchini boshliq qilib
tayinlaydi. 

750-yilda Arab xalifaligida
hokimiyat umaviylardan
abbosiylar qo'liga o'tadi.

Qo'zg'olonchilarning maqsadi 

Qo'zg'olonchilar safida arab
zodagonlari, Movarounnahr va
Xurosonning mahalliy mulkdor
dehqonlari, xalifalik sharqidagi
mazlum aholi, shahar hunarmandlari
va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham
har xil edi. Arab zodagonlari
hokimiyatni abbosiylarga olib berib,
mamlakatda o'z mavqelarini
ko'tarmoqchi edilar. Mahalliy
mulkdorlar siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa,
mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni
mustaqil idora qilishni maqsad qilib
olgan edilar.
Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og'ir
soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik
kishanlaridan qutulish orzusida
edilar. Bu ezgu umidni ro'yobga
chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi
kurashish yo'liga astoydil otlangan
edilar. Qo'zg'olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar.
Avvalo, qora kiyim motam ramzi,
qolaversa, zabardast kuch bayrog'i
hamda shiddatli janglarda
qo'zg'olonchilarni umaviy harbilardan
ajratib turadigan belgini anglatgan. 

Qo'zg'olonning boshlanishi 

748-yilning boshida Abu Muslim
Xurosonning poytaxti Marv shahrini
egallaydi. Xalifa Marvon o'z
ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni
qo'zg'olonchilarga qarshi safarbar
qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi.
749-yilda Abu Muslim boshliq
qo'zg'olonchilar xalifalikning
markaziy viloyatlari tomon yo'l
oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa
Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan
bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi.
Joylarda umaviylar xonadonining
vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi.
Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat
hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. 

Abbosiylar davrida Movarounnahr 

Abbosiylarning xalifalik taxtiga
chiqishi mehnatkash aholiga hech
qanday yengillik keltirmagan. Abu
Muslim vositasida abbosiylar
tomonidan xalq ommasiga berilgan
va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda
davlat va harbiy kuchlarning yuqori
lavozimiga tayinlanadi. Biroq
abbosiylar uning xalq orasidagi
obro'yining tobora ortib borishiga
xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib,
Xuroson va Movarounnahrga noib
qilib yuboriladi.
Mehnatkash aholi o'rtasida
abbosiylarga qarshi qo'zg'olon
ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750-
yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu
Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan
qo'zg'olonni arang bostirdi.
Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan
foydalanib, Xitoy imperatorining qo'shinlari Turkistonga bostirib
kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod
ibn Solih boshchiligida yuborilgan
arab va sug'd, shuningdek,
turklardan iborat harbiy kuch 751 -
yilda Talos vodiysida Xitoy qo'shinlariga zarba berib, ularni
mamlakat hududidan quvib
chiqaradi.

* Umaviylar  Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola
* Abbosiylar  Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub, 750 -1258-yillarda
Arab xalifaligini boshqargan sulola

Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan
bo'lsa-da, ammo abbosiy hukmdorlar
unga ishonmas edilar. 755-yilda
qurolsiz va yolg'iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa
buyrug'iga binoan o'ldiriladi. Abu
Muslimning o'ldirilishi xalifalik
sharqida, ayniqsa Xuroson va
Movarounnahrda abbosiylarga qarshi
xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo'ladi.