14-. Somoniylar

Somoniylar hukmronligi * 

Somoniylar  Buvoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining
sulolaviy nomi

IX asrda Movarounnahrning siyosiy
hayotida ham o'zgarishlar yuz beradi.
Yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad
boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan misdan
chaqalar zarb etadilar. Ahmad
vafotidan (865) keyin uning o'g'li
Nasr Samarqandni markazga
aylantiradi. U Movarounnahrning
barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini
ko'radi.
IX asrning oxirgi choragida
Movarounnahrning deyarli barcha
viloyatlari somoniylar tasarrufiga
o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush
dirham zarb etadi.
Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash
boshlanadi. Unda Ismoil g'olib
chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda
butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga
birlashtirdi. 

Ismoil Somoniy 

Ismoil Somoniy o'rta asrlarning
qobiliyatli, serg'ayrat va nihoyatda
zukko davlat arbobi edi. U
Movarounnahrni birlashtirib,
mustahkam davlat tuzishga intildi.
Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath
etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba
beradi.
Movarounnahr aholisining
mustaqillikka erishishi, shubhasiz,
Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan,
Movarounnahrdan muttasil undirib
olinadigan katta boyliklardan
mahrum bo'lishi nihoyatda ranjitsa,
ikkinchi tomondan, cho'chitar ham
edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham
zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z
ta'sirini qayta tiklashga harakat qiladi.
Xalifa Mu'tazid (892-902) safforiylar
hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson
bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani
haqida farmon chiqaradi va uni
Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada
900yilda ular o'rtasida urush
boshlanadi. Urush Ismoilning
g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi.
Noilojlikdan xalifa Ismoilga
hukmdorlik yorlig'ini yuborishga
majbur bo'ladi. 

IX asr oxirlarida Movarounnahr
xalqi Arab xalifaligi istibdodidan
abadiy xalos bo'ldi. 

Ismoil Somoniy butun Movarounnahr
va Xurosonni o'z qo'l ostida
birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki
diyorning poytaxtiga aylandi. 

Somoniylarda boshqaruv tizimi 

Somoniylar mamlakatni boshqarishda
dastavval ixcham boshqaruv
ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir
dargohi va devonlar (vazirliklar)dan
iborat edi. Dargohda amir qarorgohi
va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar
joylari bo'lardi. Narshaxiyning
yozishicha, Somoniylar boshqaruvi
asosan vazir, mustovfiy , amid ulmulk, sohibi shurat kabi o'nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri
qarshisida devonlar uchun saroy
qurilib, mahkama mana shu maxsus
binoga joylashgan edi. Mahkama
xizmatchilari arab, fors tillarini puxta
egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan,
turli fanlardan birmuncha xabardor
bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab
olingan. 

Islom dini rivoji 

Movarounnahraing ravnaqida islom
dini ruhoniylarining hissasi katta
bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi
oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom
dinining eng nufuzli markazlaridan
biriga aylandi. Shaharlarda ko'plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro
shahrida musulmon Sharqidagi ilk
ilmgoh  madrasa bunyod etiladi.
Buxoroning bu qadimiy madrasasi X
asrda shaharning kavushdo'zlar
mahallasi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan.

* Amid yl-mulk  davlat hujjatlari va clchilik aloqalari vaziri
* Vazir  devonxona boshlig'i, bosh vazir
* Mustovfiy  moliya vaziri 
* Sohibi shurat  harbiy ishlar vaziri 
* Ulamo  din oiimlari 
* Hojib  harbiy unvon 
* Xonaqoh  g'aribxona, musofirxona

Mamlakat ma'naviy hayotining asosi
hisoblangan islom mafkurasiga bu
davrda ustod deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi.
Keyinchalik bu nom shayx ul - islom nomi bilan yanada ulug'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va
xonaqohlar qurish uchun maxsus
joylar va ularning sarf-u xarajatlari
uchun katta-katta mulklar ajratib
berganlar. Islom dini ravnaqi,
shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq bo'lib shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etdi. 

Mudofaa ishlari 

Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan
harbiy qo'shin va saroyning maxsus
muntazam sarbozlari qismini tuzadi.
Yaxshi va uzoq xizmat qilgan
sarbozlar hojib lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i
hojib ul-hujob yoki hojibi buzruk deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy
unvon hisoblanardi.