16-. IX-X asrlarda yer-mulk
munosabatlari. Somoniylar
sulolasining inqirozi. G'aznaviylar
davlati

Yer egaligining turlari 

Somoniylar hukmronligi davrida yer
egaligining mulki sultoniy, mulk yerlari, vaqf yerlari, mulki
xos va jamoa yerlari deb ataluvchi 5 turi mavjud bo'lgan.
Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar
qo'l ostidagi yerlar mulki xos deb
yuritilgan. Bunday imtiyozga ega
bo'lgan mulkdorlar davlatga
ko'pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig'ini to'lagan, xolos.
Hukmron sulola hamda oliy tabaqa
vakillariga davlat oldidagi xizmatlari
evaziga hadya qilingan yerlar mulklar yerlari (iqto yerlari) deb yuritilgan. 

Iqto mulki 

X asrda yirik mansabdorlarning davlat
oldidagi xizmati uchun yer va suvdan
iborat katta-katta mulklar in'om qilina
boshlaydi. Bunday mulk iqto, unga ega bo'lgan mulkdorlar muqto yoki iqtodor deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki
shaharlar va tumanlar hadya etilgan.
Iqto dastavval asosan oliy tabaqa
zodagonlar: sulola a'zolari 
amirzodalar va yirik mansabdorlarga
in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum
muddatga berilib, nasldan naslga
o'tkazilmagan. Iqtodorlar o'ziga in'om
qilingan hududlarda yashovchi
aholidan olinadigan soliqlarning
ma'lum qismini yig'ib olish huquqiga ega bo'lganlar.
Bulardan tashqari, qishloq jamoalari
tasarrufida ham ma'lum hajmda yer
maydonlari saqlanib, ular jamoa yerlari hisoblanar edi. Ular asosan lalmikor va tog'oldi yerlaridan iborat
bo'lgan. 

Barzikor-qo'shchilar 

Aziz o'quvchi! Siz ilk o'rta asrlardan
boshlab zodagonlarga tegishli
yerlarda ishlagan mutlaqo yersiz,
mulksiz qishloq aholisi  kadivarlar
hayotini eslang. IX-X asrlarda esa
katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko'ra, o'z yerlarini
qishloq jamoalarining kam yerli
a'zolariga ijaraga berishni afzal
ko'radilar. O'sha zamonda ijarachilar
barzikor yoki qo`shchilar deb atalardi. Barzikor-qo'shchilarning
sheriklikka ekkan yerlardan oladigan
hissasi turlicha edi. Agar barzikor o'z
urug'i va qo'shi bilan dehqonchilik
qilsa, uning hissasi hosilning 1/3, 1/4
yoki 1/5 miqdorida belgilanardi. Na qo'shga va na urug'likka ega
bo'lmagan qo'shchi hosilning 1/10
yoki 1/12 ulushiga ega bo'lardi.
Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer
egasidan ham, qo'shchilardan ham
alohida-alohida olinar edi. MOVAROUNNAHR (IX-XII asrlarda) 

Somoniylar hokimiyatining
inqirozi 

Somoniylar harbiy yurishlari,
hukmron sulolaning ichki nizolari,
mahalliy hokimlarning
boshboshdoqlik harakatlari borgan
sari avj olib bordi. Oqibatda
mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo'ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan
amirning muntazam turk sarbozlari
qo'shiniga maosh to'lash uchun
mablag' topilmaydi. Bunday og'ir
ahvoldan chiqish uchun 942-yilda
aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. 

X asrga kelib tarix sahnasida yangi
ijtimoiy tabaqa paydo bo'ldi. U
ijarachi qo'shchi yoki barzikor deb
yuritilgan. 

Behad tartibsizlik mamlakatda
vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi
turli tabaqalarining hokimiyatga
qarshi qo'zg'alishiga sabab bo'ladi.
Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda
keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn
Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko'ta
radi. Saroy sarbozlari va
Chag'oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag'oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi.
Ko'p vaqt o'tmay Abu Ali
Chag'oniyning o'zi ham hukmdorga
qarshi isyon ko'taradi. Nuh
qo'zg'olonni kuch bilan bostira
olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag'oniyni u avval Chag'oniyonga,
so'ngra Xurosonga hokirn qilib
tayinlashga majbur bo'ladi. 961-yilda
Buxoro harbiy askarlarining
g'alayoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar
amir saroyini talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday
voqealarning tez-tez qaytarilib turishi,
shubhasiz, markaziy hokimiyatning
zaiflashib qolganidan dalolat berardi. 

G'aznaviylar davlati 

Mamlakatda sodir bo'lgan og'ir
davrda Somoniylar davlatining turk
hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy
nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki
harbiy va mudofaa ishlari to'la ular
qo'lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari
aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni
Hojib-ul-hojib yoki Hojib-ul-buzruk
kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab,
ularga hatto ayrim viloyatlarni
boshqarish huquqini berganlar. 962-963yillarda G'azna viloyatini
Alptegin noib va lashkar amiri sifatida
boshqargan. G'azna va Kobul
viloyatlarini u mustaqil idora etishga
intilib, G'aznaviylar davlatiga asos
solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G'azna shahrida
qaror topgan. G'aznaviylarning
siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida
(977-997) ortib, somoniylar
tomonidan e'tirof etilgan. Mahmud
G'aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning
eng qudratli davlatlaridan biriga
aylangan. Davlat chegarasi g'arbda
Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy
dengizi, shimoli g'arbda Xorazm va
Orol dengizigacha cho'zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina
qismini o'z ichiga olgan va Janubiy
Balujistongacha yetgan edi.
Somoniylar sulolasi barham topgach,
Mahmud G'aznaviy ularning
Xurosondagi hududini, so'ng Xorazm davlatini (1017) ham o'z saltanatiga
qo'shib olgan. Ammo Mas'ud
G'aznaviy davrida (1030-1041)
mamlakat viloyatlari birin-ketin
qo'ldan chiqarilib, tanazzulga yuz
tutgan. Oqibat 1186-yilda G'aznaviylar davlati butunlay
tugatilgan.

* Vaqf yerlar  masjid, madrasa, xonaqoh va maqbaralarga vaqtincha
yoki abadiy foydalanish uchun
berilgan yer
* Mulki sultoniy  hukmdorga qarashli davlat yeri
* Mulk yerlari  hukmron sulola vakillari mulkdor dehqon va
aslzodalar, shuningdek qishloq
aholisiga qarashli xususiy yerlar
* Mulki xos  davlat solig'idan qisman yoki butunlay ozod etilgan
oliy martabali ruhoniylar va
sayyidlarga qarashli yerlar
* Sayyidlar  Muhammad (s.a.v.)ning nabirasi Husayn avlodlari
* Ushr  hosilning 10% miqdorida olinadigan soliq
* Sayyid  oqsoqol 

G'aznaviylar davlat tuzumi va
boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib
kelayotgan turkiy davlatchilik asosida
qurilgan bo'lsa-da, biroq u o'ziga xos
mahkamachilik xususiyatiga ega edi.
Bosh vazir tizimida harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya va xabar- pochta devonlar faoliyat ko'rsatgan. Viloyat hukmdori voliy, shahar
hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda
boshqaruv ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlat qudratli qo'shinga
ega edi. Bosh qo'mondon  sipohsolor, lashkarboshi  solor, harbiy qismlar esa sarxang deb atalgan. Qo'shinda harbiy kemalar
(daryo va dengiz floti) ham mavjud
bo'lgan.
G'aznaviylar davlatida ilm-fan va
madaniyat, xususan, adabiyot
rivojlangan. Mahmud G'aznaviy turkiy onatilibilanbir qatordafors, arab va
pahlaviy tillarini ham mukammal
bilgan, she'r bitgan. Poytaxt saroyida
400 dan ortiq olim, shoir va
san'atkorlar ijod qilgan. Abu Rayhon
Beruniy, Nosir Xusrov, Gardiyziy va Bayhaqiy kabi buyuk mutafakkirlar
G'aznada yashaganlar. Beruniy
Qonuni Mas'udiy, Bayhaqiy Tarixi
Mas'udiy asarlarini sulton Mas'udga
bag'ishlaganlar. Abul Qosim Firdavsiy
mashhur Shohnoma dostonini Mahmud G'aznaviyga taqdim etgan.
G'aznaviylar davlatida qurilish va
me'morchilikka ham jiddiy e'tibor
berilgan. G'azna, Balx, Nishopur,
Lohur va boshqa shaharlarda ko'plab
madrasalar, masjid, xonaqo va saroylar bino qilinib, kutubxonalar
faoliyat ko'rsatgan. Bog'u chorbog'lar
barpo etilib, xususan poytaxt G'azna
shahri gullab yashnagan.