17-. Qoraxoniylar davlati va
movarounnahr 

Aziz o'quvchi! Siz VIII asr o'rtalarida
Yettisuv o'lkasida tashkil topgan
Qarluqlar davlatini eslang. IX asr
o'rtalarida Qarluqlar Issiqko'lning
janubiy sohili va Qoshg'arda
yashagan yag'mo qabilasi hamda o'zlaridan shimoli sharqda yashovchi chikil, sharqroqda qaror topgan o'g'uz va boshqa qabilalar bilan
yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu
ulkan hududda dastavval
Xoqoniya o'lkasi deb yuritilgan
davlat tashkil topadi. Mazkur davlat
hukmdorlari jabg'u deb yuritilgan unvonning o'rniga o'zlarini
qoraxon, ya'ni buyukxon deb
ataydilar. XI-XII asrlarda Xoqoniya
rivoj topib kuchaygach, u Qarluq-
Qoraxoniylar davlati nomini olgan.
Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois
hukmdorlari arslonxon,
bug'roxon va tavg'achxon
unvonlari bilan yuritilgan. Bu uchta
atama oliy darajali hukmdor
ma'nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug'lik esa qadimda turkiy xalqlarda
qora so'zi bilan sifatlangan. Shu
boisdan taxtda o'tirgan arslonxon,
bug'roxon va tavg'ochxonlar
qoraxon deya e'tirof etilgan. Ular
boshqargan davlat esa tarixda keyinchalik ramziy ravishda
Qoraxoniylar davlati nomi bilan
shuhrat topgan. 

Qoraxoniylarning
Movarounnahrga hujumi 

992-yilda Horun Bug'roxon boshliq
qoraxoniylar Movarounnahrga
tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda
somoniylar sulolasi chuqur ichki
ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan
edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nuh ibn
Mansur qoraxoniylarga qarshi
kurashish uchun G'aznadagi noibi
Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U
yigirma mingli qo'shin bilan
Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan
so'ng qoraxoniylar noibi qo'shinlari
tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh
Sobuqteginni Xurosonning noibi etib
tayinlaydi. Natijada G'azna va
Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li Mahmudning siyosiy hukmronligi
mustahkamlanadi.
996-yilda qoraxoniylar
Movarounnahr tomon yana hujum
boshlaydilar. Shunday og'ir bir
sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini Buxoroni
egallaydi. So'ngra u qoraxoniylar
bilan muzokaralar olib boradi.
Natijada ular o'rtasida shartnoma
tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi
qoraxoniylar qo'liga o'tadi. 

X asr oxirida Somoniylar
hukmronlik qilgan hudud o'rnida
Qoraxoniylar va G'aznaviylar
davlati tashkil topdi. 

Sobuqtegin esa Amudaryodan
janubdagi yerlar, shu jumladan
Xurosonda hukmdor bo'lib oladi.
Somoniylarga Movarounnahrning
markaziy qismigina beriladi xolos.
Biroq ko'p vaqt o'tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon
boshchiligida qoraxoniylar
tomonidan zabt etilishi bilan
somoniylar hukmronligi barham
topdi. 

Qoraxoniylar davlatining ikkiga
ajralishi 

Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o'z
davlatiga qo'shib olish uchun harakat
qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay
qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida
shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-
va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin
tortadilar. Lekin Mahmud G'aznaviy
qoraxoniylarga zarba berib,
Xurosonni o'z davlati tasarrufida
saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. Bu
davrda saljuqiylar g'aznaviylarga xavf sola boshlaydi.
Saljuqiylar bilan jiddiy kurash
boshlanadi. Bundan foydalangan
qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin 1038-yilda Amudaryo bo'yi viloyatlari 
Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni
g'aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt
o'tmay u Movarounnahrni va
Farg'onani o'ziga bo'ysundirib,
mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil
davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti
Bolasog'unda bo'lgan Sharqiy
qoraxoniylar, ikkinchisi markazi
Samarqandda bo'lgan
Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Ibrohim Bo'ritegin
bug'roxon unvonini olgan. 

Davlat boshqaruvi 

Qoraxoniylar davlatni el-yurt va
viloyatlarga bo'lib idora qilardilar.
Ularni eloqxon va takin (yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining
eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan
a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar
o'z nomlari bilan chaqatangalar zarb
qilar va viloyatlarning mustaqilligi
uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari
orasida katta obro'ga ega edi. U
Samarqandda taxtga o'tirgan. Viloyat
boshqaruv ma'muriyatida somoniylar
davridagidek vazirlar, sohibbaridlar,
mustovfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raislar tomonidan boshqarilardi.
Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukm
ronligini mustahkamlab olishda
musulmon ruhoniylari bilan yaqin va
do'stona munosabatlar o'matadilar.
Bu davrda imomlar, sayyidlar , shayxlar va sadrlarga e'tibor kucha yib, ularning obro'yi har qachongidan
ham balandga ko'tariladi.
Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu
davrda hali o'troq hayotga
ko'chmagan bo'lsalar ham,
dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini
yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog'un,
Qoshg'ar, Taroz, O'zgan, Samarqand
va Buxoro kabi shaharlarni davlat
yoki viloyat poytaxtiga aylantirib,
shaharlar bilan aloqa bog'lashga harakat qiladilar.

* Saljuqiylar  o'g'izlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib,
davlat tashkil qilgan qismi
* Sadr  diniy unvon. 

Vaqf mulklarining boshqaruvchisi 

Qoraxitoylar hujumi 

Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib
borayotgan Qoraxoniylar davlati
o'zining avvalgi mavqeyini yo'qotib,
saljuqiylar tazyiqiga uchradi va unga
qaram bo'lib qoladi. XII asrning 30-
yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi
istilochilar  ko'chmanchi
qoraxitoylar (mo'g'ullarga mansub
qabila) hujumiga duchor bo'ldi. Go`rxon Bolasog'un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga
aylantirgan.

* Go'rxon  Qoraxitoylar davlatining hukmdori

Yettisuvga joylashib olgan
qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning
o'rta oqimiga tomon yurish
boshlaydilar. Ularning jangovar
qo'shinlari avval Shosh va Farg'onaga, so'ngra Zarafshon va
Qashqadaryo viloyatiga bostirib
kiradi. 1137-yilda ular Xo'jand shahri
yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni
Mahmudga qaqshatqich zarba
beradilar. O'zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon
olingach, o'z yurtlariga qaytib
ketadilar. Lekin sulh uzoqqa
cho'zilmaydi. Oradan to'rt yil o'tgach
qoraxitoylar yana Movarounnahrga
yurish qiladilar. 1141yilda bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylar g'alaba
qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar
davlati tugatiladi.