18-. XI-XII asrlarda ijtimoiy-
iqtisodiy hayot

Qishloq xo'jaligidagi ahvol 

XI asrda Movarounnahrga kirib
kelgan ko'chmanchi chorvadorlar
dehqonchilik maydonlarini toptab,
oyoqosti qiladilar. O'tloq va
yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar
qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalarning asosiy
mulkiga aylantiriladi.
Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan
chorvador ko'chmanchilar o'rtasida
ziddiyat kuchayib, dehqonlarga
qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida
mulkdor dehqonlar jon saqlash
maqsadida o'z yerlarini tashlab
ketishga majbur bo'ladilar.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida
mahalliy mulkdor dehqonlar yersuv mulklaridan hamda mamlakatda
tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib,
jamiyathayotidao'zining ilgarigi o'rni
vaahamiyatinibutunlay yo'qotadilar. 

Iqto yerlarining kengayishi 

XI asrdan boshlab yerdan
foydalanishda iqto tartiboti juda keng
yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan
hukmron sulola namoyandalaridan
tashqari  oliy  darajali harbiylar, davlat
ma'murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto
tarzida hadya qilinadi. Iqto tartibi
qoraxoniylar uchun bo'ysundirilgan
mamlakatlar aholisidan tegishli
soliqlarni undirib, uni boshqarishning
eng qulay shakli hisoblangan. Shunday qilib, 
XI-XII asrlarda
Movarounnahrda va Xurosonda iqto
yerlari kengayib, mulkchilikning
asosiy shakllaridan biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon
ruhoniylariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning
siyosiy ta'sirining tobora ortib borishi
bilan vaqf yerlari ham ancha ko'paydi. 

XI-XII asrlarda dehqon degan
tushuncha o'zining qishloq
hokimini anglatuvchi asl
ma'nosini yo'qotdi. 

Garchi bu davrda barzikorlar ilk o'rta
asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod
hisoblansalar-da, ammo ularning
zimmasiga davlat tomonidan turli
soliq va har xil majburiyatlar
yuklangan edi. Sug'orish tarmoqlari, to'g'onlar, yo'l va qal'alar qurish va
ularni ta'mir etishda ularning ishtiroki
shart edi. Shaharlar, savdo va
hunarmandchilik mahallalari XI-XII asrlarda shaharlar kengayadi,
aholisining soni ko'payib, ular yanada
gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro,
Termiz, O'zgan, Toshkent kabi
shaharlar ichki va tashqi savdo uchun
xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan
hamda chaqa-tangalar vositasi bilan
olib boriladigan bozor tijoratining
markaziga aylanadi. Shaharlar
markazida shohona saroylar, masjid,
madrasa, minora va hammom kabi ko'plab mahobatli imoratlar qad
ko'taradi. XI-XII asrning sirli
koshinkor va qabartma naqshli sopol
idish va tovoqlari, rangdor shisha
buyumlari, naqshinkor mis idishlari
o'zining xilmaxilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi.
Hunarmandchilikning taraqqiy etishi
hamda ichki va tashqi savdoning
kengayishi bilan bozor tijoratida
pulga talab oshadi. Natijada
qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan
kumush va misdan ko'plab chaqa va
tangalar zarb qilinadi. O'sha vaqtlarda
Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Toshkent,
Samarqand, Buxoro va boshqa
shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo'lgan.