19-. Xorazm davlati va uning
yuksalishi 

Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda
tohiriy, safforiy va somoniylar qo'l
ostida bo'lgan. X asr oxirlarida
Xorazm iqtisodiy jihatdan yana tez
rivojlana boshlagan. X asrning oxiriga
borganda VIII asr boshlaridagi mavjud uchta shaharlarning soni
o'ttiz ikkitaga yetgan. X-XI asrlarda
Xorazm mintaqadagi yirik savdo
markazlaridan biriga aylangan.
Xorazm savdogarlari chorvadorlar
(hozirgi Turkmaniston va Qozog'iston) hamda Itil (Volga)
bo'yidagi Xazar va Bulg'or
podsholiklari, shuningdek Sharqiy
Yevropaning slavyan aholisi bilan
savdo-sotiq olib borganlar. Savdo
aloqalarini kengayishida ayniqsa Gurganch (Urganch) shahri muhim rol
o'ynagan. Uning hokimi Gurganch
miri nomi bilan ulug'langan.
995-yilda Gurganch miri Ma'mun ibn
Muhammad Kat shahrini ishg'ol qilib,
Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor
bo'ldi. Shu tariqa afrig'iylar sulolasi
barham topib, Ma'muniylar
hukmronligi boshlandi. Ko'hna
Urganch Xorazmshohlar davlatining
poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma'muniylar Xorazmshohlar davlatini
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat
viloyat, shahar va qishloq (qal'a)larga
ajratilib boshqarildi.
Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi.
Gurganchda shoh qarorgohi,
markaziy boshqarma  devonxona
tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat,
savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va
qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar bilan shug'ullanadigan
mahkamalar faoliyat ko'rsatgan.
Davlatning eng yuqori lavozimlaridan
biri vazirlik  xo'jayi buzruk
unvoniga ega bo'lgan. U devonxona
ishlariga mas'ul bo'lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan
davlatni idora etgan.
Ma'muniylar davrida Xorazmda ilm-
fan va madaniyat ravnaq topib,
Ma'mun akademiyasi  Dorul hikma
va maorif (Bilimdonlik va maorif uyi) tashkil etiladi. Ushbu ilmgohda
buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar,
o'z kashfiyot va asarlari bilan
Xorazmshohlar davlatining mavqeyini
yuksak darajaga ko'targanlar. Biroq,
bu madaniy yuksalish uzoq davom etmagan. 

O'rta asrlarda tashkil topgan
Xorazmshohlar davlati Old va O'rta
Osiyoning eng yirik davlatlaridan
biri edi.

Mustaqillik uchun kurash 

1017-yilda Mahmud G'aznaviy
tomonidan zabt etilib, o'z
mustaqilligidan mahrum bo'lgan
Xorazm ko'p vaqt o'tmay (1040)
Saljuqiylar davlatiga qaram bo'lib
qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o'z ma'murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan
so'ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qiladi. Garchi u
xorazmshoh unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan
ulug'lansa-da, Saljuqiylar davlatining
sadoqatli noibligicha qolgan edi.
Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin
Muhammadning o'g'li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog'liqdir.
Dastavval Otsiz turkman va
qipchoqlarni o'ziga bo'ysundiradi.
Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog'liq
bo'lgan Sirdaryo etaklari va
Mang'ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to
Sirdaryoning o'rta oqimiga qadar
bo'lgan yerlarda Xorazmshohlar
davlatining poydevorini barpo etadi. 

Xorazmshohlar davlatining tashkil
topishi 

Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Takash (11721200) davom ettiradilar. XII asrning ikkinchi yarmida
Movarounnahr va Xurosonda siyosiy
vaziyat yanada keskinlashadi. 1153-
yilda Sulton Sanjarga qarshi
ko'chmanchi o'g'uzlar isyon
ko'taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga
uchrab, parchalanib ketadi.
Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So'ngra Fors, Ozarbayjon vaXuroson viloyatlari mustaqil bo'lib oladi. Bunday siyosiy
vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning
hukmronlik doirasi kengaytirilib,
uning mustaqilligi yanada
mustahkamlanadi. Xorazm davlati
ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-
yillarda u Nishopur, Ray va Marv
shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa
saljuqiylar sultoni To'g'rulga
qaqshatqich zarba berib, Eronni
Xorazmga bo'ysundiradi. 

* Xorazmshoh  Xorazm hukmdorlarining unvoni
* Iskandari soniy  Ikkinchi Iskandar 

Davlat hududining kengayishi 

Takashdan so'ng uning o'g'li Alovuddin Muhammad
(1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi.
1206-yildan boshlab
Movarounnahrni qoraxitoylarga
qaramlikdan ozod etishga kirishildi.
1210-yilda Talos vodiysida
qoraxitoylar mag'lubiyatga uchratiladi. Yettisuvgacha bo'lgan
yerlar Xorazmshohlar davlati
tasarrufiga olinadi.
XIII asr boshida Xorazm juda keng
maydonni egallagan buyuk davlatga
aylangan edi. lining shimoli g'arbiy va g'arbiy chegarasi Orol va Kaspiy
dengizi sohillaridan janubi g'arbda
Iroqqa qadar borar edi. Janubi
sharqiy hududlari G'azna viloyatidan,
shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv
va Dashti Qipchoqdan o'tar edi. Sharqdagi bu ulkan davlatning
poytaxti Urganch shahri edi. Xorazmshoh Iskandari soniy deb maqtalgan (Xorazmshoh saroyida 27
hukmdor va ularning vakillari doimo
itoatda bo'lgan va buyuk hukmdorni
Iskandari soniy deb ulug'lagan). 

Ichki ziddiyatlar 

Qoraxitoylar zulmidan qutulgan
bo'lsa-da, mehnatkash aholining
ahvoli yengillashmadi. Aksincha,
xorazmshohlarning harbiy yurishlari,
soliq siyosatidagi beboshlik, amir va
ma'murlarning jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g'oyat
og'irlashtirdi, xalq xo'jaligini yanada
zaiflashtirdi. Bu, shubhasiz, shahar va
qishloq aholisining xorazmshohga
qarshi noroziligini oshirdi. Natijada,
1210-yilda O'tror aholisi, 1212-yilda esa samarqandliklar qo'zg'olon
ko'tardilar. Muhammad Xorazmshoh
qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan
bostiradi.
Viloyat hukmdorlarining isyonlari,
xalqning ko'pgina tabaqalari noroziligi, qo'shin va saroyda
fitnalarning avj olishi davlatning
beqarorlik holatini yaqqol ko'rsatar
edi. Shuning uchun ham bu davlat
ko'p yashamadi.