2-. Ilk o'rta asrlar davlatlari

Xorazm davlatini tashkil topishi 

Zaiflashib borayotgan Qang'
davlatidan birinchi bo'lib Xorazm
ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig'iylar
sulolasiga mansub xorazmshohlar
idora qila boshlaydi. Ill asr o'rtalarida
Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog'istonning
Ellikqal'a tumanida joylashgan
qadimgi Tuproqqal'a shahar
xaiobasining o'rnida bo'lgan. 

III asr o`rtalarida Xorazm davlatini
Afrig`iylar sulolasiga mansub
xoraxmshohlar idora qiladi. 

Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda
mustahkam qurilgan. Shaharning
mustahkam labirintli (g'ulomgardish)
 darvoza og'zi istehkomi 
darvozaxonasi bo'lgan. Darvoza
qarshisida shahar markazini kesib o'tgan ko'chaning har ikki tomoni
bo'ylab shaharliklarning turar joylari
joylashgan. Shahar markazidan
yuqoriroqda ibodatxona majmuasi,
uning shimoli g'arbiy burchak
qismida esa balandligi 25 metr bo'lgan uch minorali xorazmshohlar
qasri qad ko'targan. Bu davrda
Xorazmda atrofi mustahkam devorlar
bilan o'ralgan shaharlar, istehkomli
qishloqlar juda ko'p bo'lgan.
Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig' o'z qarorgohini Xorazmkning qadimgi Kat shahriga ko'chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o'ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi
shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig'iy shohlari oldi tarafiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan
kumush tangalar zarb etib,
mamlakatning ichki va tashqi savdo
munosabatlarini mustahkam o'rnatib
oladilar.
Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmshohlar unvoni dastlab
siyovushlar sulolasi tomonidan qabul
qilingan. Miloddan avvalgi VII asrda
shakllangan qadimgi Xorazm davlatini
avval ahamoniylar, so'ngra esa
afrig'iylar boshqargan. Beruniy bu haqda Siyovush ibn Kayxusravning
Xorazmga kelishidan... tarix oldilar.
Shu vaqtdan Kayxusrav... turk
podsholari (ustidan) hukmronligini
yurg'izgan edi deb yozgan. O'sha
zamonda Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav kabi hukmdorlar
Xorazmshoh unvoniga sazovar
bo'lishgan.
Moddiy-madaniy topilmalaridan ay on
bo'lishicha, III asrda Xorazm
hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bir nechta sug'orma
dehqonchilik vohalarni boshqargan
may da hokimliklar tarkib topgan.
Tuproqqal'adan qo'lida burgut
qo'ndirilgan tojdor hukmdor
haykalini yoki Anqaqal'a yaqinidan esa qo'lida shohbozlochin tutgan
tojdor tasviri so'qilgan tanganing
topilishi shubhasiz hukmronlik
ramzidan dalolat beradi. Bu davrda
Xorazmda sug'orma dehqonchilik,
hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san'at, xususan
haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj
topgan. Ill asrdayoq Qang' davlatidan ajralib mustaqillikka erishgan Xorazm
o'zaro kurashlarda g'olib chiqadi.
Natijada afrig'iylar sulolasi
hukmronligiga asos solinadi.
Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar
hamda Turk xoqonligi davrida ham o'zining siyosiy mustaqilligini saqlab
qoladi. Vizantiyalik tarixchi Menandr
Xorazm VI asrning 60-yillarida
Vizantiya va turklar bilan diplomatik
aloqalar olib borganligi to'g'risida
ayrim ma'lumotlarni qayd etgan. 

Xioniylar davlati 

IV asr o'rtalarida O'rta Osiyoga
Yettisuv va Sharqiy Turkistondan
ko'chmanchi Xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi.
Xioniylar 353-yilda o'z hukmdori
Grumbat boshchiligida Sug'dga
bostirib kiradilar. So'ngra ular Eronda
tashkil topgan va tobora kuchayib
borayotgan Sosoniylar davlati bilan to'qnashadilar. Dastlabki
janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So'ngra o'zaro sulhga
kelishilib, hatto ular o'rtasida ittifoqlik nikoh orqali yuzaga keladi. O'rtadagi ittifoq goh buzilib, goh
tiklanib turadi.
Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O'rta
Osiyoda xioniylar hukmronligi
o'rnatildi. Sirdaryo bo'ylaridan to
Amudaryo havzasigacha cho'zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli
davlati qaror topadi. Bu davlat 120
yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi. 

Kidariylar davlati 

V asrning 20-yillarida sharqdan
Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali Xorazm
hamda Amudaryo havzasiga yana bir
ko'chmanchi chorvador aholi  toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo'lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo'lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo
havzasi hamda g'arbiy va janubiy
Sug'd yerlarini ishg'ol etib, Xioniylar
davlatining janubiy qismida o'z
hukmronligini o'rnatganlar. Balx
shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.
V asrning 30-50-yillarida kidariylar
bilan sosoniylar o'rtasida ziddiyat
tobora kuchayib, ular bir-biriga
dushman bo'lib qolgan. Bu ikki davlat
o'rtasida 456-yilda bo'lib o'tgan navbatdagi to'qnashuvda
sosoniylardan qaqshatqich zarbaga
uchragan kidariylar o'zini qayta
o'nglab ololmaydi. Buning ustiga tez
orada kidariylar shimoldan janubga
tomon siljigan yana bir ko'chmanchi chorvador aholi  eftallar bilan to'qnashadilar. Natijada, kidariylar
O'rta Osiyoni tark etib, janubga 
Shimoliy Hindistonga chekinadilar. U
yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar. 

Eftallar davlati 

Eftallarning ilk ajdodlari Xitoyning
shimoli g'arbiy hududida (Xesi)
yashagan turkiy xun qabilalari ittifoqi
tarkibida bo'lgan. Xitoy manbalarida
ta'rif etlishicha, mil. avv. VII asrda
mallasoch, ko'zi ko'k xunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab,
Pomir tog'i etaklariga kelib
o'rnashgan. Xunlar davlati
yemirilgach, ularning ikkinchi qismi
esa Jung'ariyaga, Elsuvi (Hi) havzasiga
borib o'rnashgan. Bu yerda ular Yueban etnik uyushmasini tashkil
qilganlar. Yuebandan Eftal nomi bilan
atalgan yirik guruh ajralib, III asrda
Turonning janubiy va Harkon
(Kaspiy) dengizining shimolida
yastangan yaylovlarga o'rnashib boshqa turkiy elatlar bilan aralashib
ketadi. Eftallar IV asrning ikkinchi
yarmida ko'payib, avval xioniylarni,
so'ngra boshqalarni tobe etib, davlat
barpo etganlar. V asrda ular Kidariylar
davlatini mag'lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va
sosoniylar bilan to'qnashganlar. Kumush lagan. Eftallar. Chelak
shahri. Samarqand viloyati. Vasr. V asrning o'rtalarida diyorimizga kirib
kelgan eftallar yozma manbalarda
eftal, xaftal, xaytal degan nomlar
bilan tilga olinadi. Eftal degan nom
ilk bor xeptal shaklida V asr arman
manbalarida uchraydi. Bu nom aslida Eftalon deb yuritilgan shoh
nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftallar
yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa
vaqt ichida Chag'oniyon, Toxariston
va Badaxshon bo'ysundiriladi. Bir
zarba bilan Sug'dda o'z hukmronligini
o'rnatadilar. Eftallar davlati nihoyatda kuchayadi. Hatto ular o'zaro aloqa
o'rnatish maqsadida 456-yilda
Xitoyga elchi yuboradilar. Eftallaming
tobora kuchayib borayotgan
tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar
ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o'rtadagi jang-u jadallar ayniqsa
sosoniylar shohi Pero'z hukmronlik
qilgan davrda (459-484) avjiga
chiqadi. Sosoniylar shohi eftallarga
qarshi uch marta yurish qiladi.
Dastlabki janglardayoq u magiubiyatga uchrab, asir tushadi.
Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o'lpon evaziga
u asirlikdan ozod etiladi. Biroz vaqt
o'tgach, ikkinchi marta eftallarga
qarshi qo'shin tortadi. Ikkinchi yurish
ham muvaffaqiyatsiz tugaydi.
Shohning Kubod ismli yosh o'gii eftallar yurtiga garovga yuborilib,
Pero'z tutqunlikdan ozod etiladi.
Pero'z 484-yilda eftallarga qarshi
uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu
galgi urush sosoniylar shohining
halokati bilan tugaydi. Marv ishg'ol qilinib, Eron ustiga juda og'ir o'lpon
yuklanadi. Pero'z vorislari Kubod (488-531), Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftallar
bilan munosabatlar ancha yumshab,
tinchlik tusini olgan. Sosoniylar
kumush hisobida belgilangan bojni
uzluksiz to'lab turadilar. Keyinchalik
eftallar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo'tan, Qoshg'ar
shaharlarini ham o'z tasarrufiga
kiritadilar.
Shu tariqa kuchli suvoriy (otliq)lardan
iborat qo'shinga ega bo'lgan eftallar
bir qancha yarim mustaqil mulkdorlarning uyushmasidan iborat
ulkan davlatni barpo etdilar. Mazkur
mulklar hukmdor  Sho (shoh)ga
tobe siilolalar tomonidan
boshqarilgan. Hatto ularning har biri
o'zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan.
Shunday qilib, V asrning ikkinchi
yarmi va VI asrning boshlarida O'rta
Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy
Hindiston va Sharqiy Turkiston
yerlarini birlashtirgan, ilk o'rta asrlarning yangi qudratli davlati
hisoblangan Eftallar davlati tashkil
topadi.