20-. O'rta Osiyolik mutafakkirlar.
Ilm-fan ravnaqi

Bayt ul-hikma

IX-XII asrlarda Movarounnahr va
Xurosonda sodir bo'lgan siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar
mamlakat madaniy hayotiga ham
kuchli ta'sir etdi.
Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o'zga
mamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham
faqat islom dinigina emas, balki arab
tili va uning imlosi ham joriy etildi.
Chunki arab tili xalifalikning ham
davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o'rni va ahamiyati oshib,
uni o'zlashtirishga bo'lgan intilish
kuchaydi.
Arab tili va yozuvini yaxshi
o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo
bo'ldi. Bag'dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda
bu shaharda Bayt ul-hikma tashkil
etilgan edi. Bayt ulhikmada katta
kutubxona, Bag'dod va Damashqda
astronomik kuzatishlar olib
boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi
ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda
qadimgi yunon va hind olimlarining
ilmiy merosini o'rganish va asarlarini
arab tiliga tarjima qilish bilan
shug'ullanardilar. 
Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Ahmad al-
Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo
bin Abu Mansur kabi Movarounnahr
va xurosonlik olimlar ijod qilib, o'rta
asr ilm-u faniga katta hissa
qo'shadilar. 

Al-Xorazmiy
Xorazmiy Al-jabr val-muqobala
kitobi bilan matematika tarixida
birinchi bo'lib algebra faniga asos
soldi. 

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783-850-yillarda yashab ijod qilgan)
Xorazm diyorida tug'ilib, voyaga
yetadi. Dastlabki savod va turli
sohadagi bilimlarini u o'z ona yurti
Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko'pgina ustozlardan
oladi. So'ngra u xalifa Ma'mun zamonida (813-833) Bayt ul- hikmada mudir sifatida faoliyat
ko'rsatadi. Zamonasining mashhur
matematigi, astronomi va geografi
sifatida fanga ulkan hissa qo'shdi.
Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi.
Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir
asarlari Al-jabr val-muqobala, Hind hisobi haqida; geografiyaga oid kitoblari Kitob surat ul- arz (Yer surati); astronomiyaga oid asarlari Zij va Usturlob bilan ishlash haqida kitob; tarixga oid asarlari Kitob at-tarix, Yahudiylaming taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida
risola nomlari bilan atalgan. Hatto algebra atamasi ushbu kitobning al-jabr deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir.
Xorazmiy nomi esa matematika fanida
algoritm atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning Al-jabr asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer
o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish,
merosni taqsimlash va boshqa turli
hisob va o'lchov ishlarida dasturilamal
bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu
risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta
ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik
risolasi hind raqamlariga asoslangan
o'nlik hisoblash tizimining Yevropada,
qolaversa, butun dunyoda
tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz
Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan
darajasiga ko'tarib, algebra faniga
asos soldi va tarixda o'zidan o'chmas
iz qoldirdi. 

Ahmad al-Farg'oniy 

Bayt ul-hikma da faoliyat
ko'rsatgan olimlardan yana biri
buyuk astronom, matematik va
geograf Abul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy
(797-865-yillarda yashab ijod qilgan). U Farg'ona vodiysidagi Quva
shahrida tavallud topgani uchun
Sharqda Al-Farg'oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U astronomiya, matematika
va geografiya fanlari bilan
shug'ullandi. Qator ilmiy va amaliy
asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati
va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga
rahbarlik qildi. 832-833-yillarda
Suriyaning shimolida Sinjor dashtida
va ar-Raqqa oralig'ida yer meridiani
bir darajasining uzunligini o'lchashda
qatnashdi. 861-yilda al-Farg'oniy rahbarligida Nil
daryosi sohilida qurilgan qadimgi
gidrometr  daryo oqimi sathini
belgilaydigan Miqyos an-Nil
inshooti va uning darajoti qayta
tiklandi. 

Al-Farg'oniyning Astronomiya
asoslari nomli kitobi bir necha
asrlar davomida Yevropa
universitetlarida astronomiya fani
bo'yicha asosiy darslik sifatida
foydalanildi. 

Bizning davrimizgacha Ahmad
Farg'oniyning sakkiz asari saqlangan
bo'lib, ular orasida Samoviy
harakatlar va umumiy ilmi nujum
kitobi ham bordir. Bu kitob XII
asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon
Sharqidagi, balki Yevropa
mamlakatlaridagi astronomiya
ilmining rivojini boshlab berdi.
Mustaqillik yillarida Ahmad
alFarg'oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998-yil
oktabrda alloma Ahmad al-Farg'oniy
tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.
Farg'ona shahrida al-Farg'oniy nomi
bilan bog' yaratildi va buyuk
allomaga haykal o'rnatildi. 

Imom al-Buxoriy 

Dunyoviy fan olimlari bilan bir
qatorda bu davrda islom ta'limotining
takomili yo'lida movarounnahrlik
muhaddis ulamolarning ham xizmati
katta bo'ldi. Bu borada ayniqsa, Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810-870-yillarda yashab ijod qilgan) va uning
zamondoshi hamda shogirdi Termiziy (Abu Iso Muhammad atTermiziy  824-894-yillarning) hissasi nihoyatda buyukdir.
Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid
yigirmadan ortiq asar yozdi. Uning
birgina Al-jome' as-sahih asariga
7275 hadis kiritilgan.
1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-
yilligi nishonlandi. Samarqand
yaqinidagi Xartang qishlog'ida Imom
al-Buxoriy yodgorlik majmui barpo
etildi. 4 jildlik Al-jome as-sahih kitobi ilk bor o'zbek tilida nashr etilib,
kitobxonlarga taqdim etildi.

* Hadis (arabcha: rivoyat, naql)  Islom dinida Qur'ondan keyingi
muqaddas manba, Muhammad
payg'barning (s.v.a.) faoliyati va
ko'rsatmalari haqida rivoyatlar
majmui. 

Abu Mansur al-Moturidiy 

Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa
qo'shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870-yilda Samarqand yaqinidagi Moturid
qishlog'ida tug'ildi. Al-Moturidiy
islomiy odob qoidalari, ma'naviy-
axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim
berishga mo'ljallangan qator asarlar
yozgan. Ulardan Kitob at- Tavhid (Allohning birligi) va Tavilot ahl as-sunna (Sunniylik an'analari sharhi) nomli asarlarigina
saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot,
islomiy urf-odatlar insonning kamol
topishida, dunyoqarashining
shakllanishi mohiyati talqin etilgan.
Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan.
Mustaqillik sharofati bilan diniy
qadriyatlarimiz tiklanayotgan
Vatanimizda 2000-yil noyabrda
Imom alMoturidiy tavalludining 1130
yilligi nishonlandi. Samarqandda al- Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan
yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari
o'zbek tilida nashr etildi.