21-. Movarounnahr va
Xorazmning madaniy hayotida
yangi davr (IX-XIII asr boshlari)

Madaniy va ma'naviy uyg'onish 

IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik
hukmronligi tugab, Somoniylar
boshqaruvining qaror topishi bilan
madaniy hayotning rivoji uchun keng
yo'l ochiladi. Movarounnahming
madaniy hayotida uyg'onish davri boshlandi.
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv,
Balx, Nishopur kabi markaziy
shaharlarda kutubxonalar, kitob
do'konlari qurilgan. Movarounnahr
va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan
buyuk siymolarni o'z bag'rida
tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
1004-yil Dorul hikma va
maorif (Bilimdonlik va maorif uyi)
 Ma'mun akademiyasi shakllangan. Uning asosini Abu Nasr
ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn
Hammor (991-1048), Abu Sahl
Masihiy (970-1011), Abu Rayhon
Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino
(980-1037) va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil Mahmud G'aznaviy
Xorazmga bostirib kirgandan so'ng
Dorul hikma va maorif faoliyati
tugatilgan, olimlarning ko'pchiligi
G'azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabrda O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xorazm
Ma'mun akademiyasini qaytadan
tashkil etish to'g'risidagi farmoni
chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda Xorazm Ma'mun
akademiyasining 1000 yilligi
nishonlandi. 

Abu Nasr Farobiy 

Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris
suvining Sirdaryoga quyilishida
joylashgan Farob shahrida tug'ilgan. U avval ona shahrida, so'ngra
Samarqand, Buxoro va Bag'dodda
bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab
va Damashq shaharlarida yashagan.
Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat,
musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot
sohalarida ijod etgan. 

Somoniylar davrida siyosiy
barqarorlik va iqtisodiy ko'tarilish
keyinchalik Xorazmning
yuksalishi, madaniy hayotning
ravnaqiga imkon berdi. 

U 160 dan ortiq asar yozib, o'rta asr
ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa
qo'shdi. Bular orasida Arastuning Metqfizika asariga sharh, Musiqa kitobi, Baxt-saodatga erishuv haqida, Tirik mavjudot azolari haqida, Fozil odamlar shahri va boshqa ko'pgina asarlari muhum ahamiyatga ega bo'lgan.
Farobiy Sharqda Arastudan (Aristotel)
keyingi yirik mutafakkir 
Muallimus-soniy nomi bilan shuhrat topdi. 

Ibn Sino

Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida
mahalliy amaldor oilasida dunyoga
keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu
Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot
va fiqh ilmlarini o'rganadi. O'n olti
yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha Sharq va G'arb olimlarining ilmiy
asarlarini mustaqil o'rgandi. Ayniqsa,
u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o'rta asr Sharqining buyuk hakimi va
mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (865-925) ning asarlarini puxta o'rganadi.
Ibn Sino o'n yetti yoshidayoq e'tiborli
hakim va olim bo'lib yetishadi. U amir
Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach,
somoniylarning saroy
kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi
bilan Gurganch (Urganch) dagi
Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari
qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda
vafot etadi va Hamadonda dafn
etiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan
tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan.
Uning 5 jildlik Al-qonun fit- tib (Tib qonunlari) nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib
chiqish sabablari va manbalari,
diagnostika, muolaja usullari, dorivor
o'simliklar va dori-darmonlarning
xususiyatlari, parhez, inson
salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi
tabobatning g'oyat muhim
masalalariga alohida e'tibor berilgan.
Uning Al-qonun fit-tib asari XII
asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to
XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida
foydalanilgan. 

Abu Ali ibn Sino Sharqda Shayx
ur-rais, G'arbda esa Avisenna
nomiari bilan shuhrat topdi.

Beruniy

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug'ilib,
Urganchda ta'lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun II saroyida to'plangan olimlar bilan birgalikda
Ma'mun akademiyasida ijod qilgan.
Xorazm Mahmud G'aznaviy
tomonidan bosib olingach, Beruniy va
boshqa olimlar bilan birga G'azna
shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi.
Beruniy 1048-yilda G'aznada vafot etadi.
Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo'yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Hindiston, Mineralogiya, Geodeziya kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U
o'zining astronomiyaga oid asarlari
da Kopernikdan qariyb besh asr
muqaddam Yerning Quyosh atrofida
aylanishi haqidagi fikrni o'rta asrlarda
birinchi bo'lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini
asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning
koordinatlari kattaliklari qayd etilgan
yulduzlar jadvalini hamda dunyoning
geografik kartasini tuzgan.
Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va
madaniyati xazinasiga qo'shilgan
ulkan hissa bo'ldi.
Qoraqalpog'istondagi shahar,
O'zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Sharqshunoslik instiruti, Toshkent Davlat Texnika
universiteti Beruniy nomiga qo'yilgan.
Beruniy nomidagi O'zbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis
etilgan. 

Mahmud Zamaxshariy

Abulqosim Mahmud az-
Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida
dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan
chanqoqlik uni Buxoro, Marv,
Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag'dod,
Hirot va Makkada hayot kechirib, arab
tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va
urf-odatlarini chuqur o'rganishiga
sabab bo'ldi. U mintaqa
geografiyasiga doir ma'lumotlarni
to'playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar
yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili
fonetikasi va morfologiyasiga
bag'ishlangan Al-Mufassal, Qur'oni karim tafsiriga oid Al- Kashshof asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy Arab vag'ayri arablar ustozi, Xorazm faxri kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan. Qohiradagi dunyoga
dong'i ketgan Al-Azhar diniy
dorilfununining talabalari hozir ham
Al-Kashshof asosida Qur'oni karimni o'rganadilar. 

Burhonuddin al-Marg'inoniy 

Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi
Burhonuddin al-Marg'inoniy 1123-
yilda Rishtonda (Farg'ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg'inoniyning
eng nodir asari to'rt jildlik Hidoya asaridir. Hidoya islom
huquqshunosligi bo'yicha mukammal
asar bo'lib, bir necha asrlar davomida
musulmon mamlakatlaridagi
huquqshunoslar uchun ham nazariy,
ham amaliy qo'llanma vazifasini o'tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga
tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham
muhim manba sifatida foydalanib
kelinmoqda.
2000-yilda al-Marg'inoniyning 910
yilligi nishonlandi. 

Turkiy yozma adabiyot 

Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy
Turkistonda turkiy xalqlarning
qadimdan davom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda,
yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator
yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojibning (XI asr) Qutadg'u bilig, Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug 'atit- turk, Ahmad Yugnakiyning Hibat ul-haqoyiq, Ahmad Yassaviyning Hikmat kabi asarlaridir. XORAZMSHOHLAR DAVLATI Bu davr turkiy adabiy tili eski o'zbek
va uyg'ur tillarining vujudga kelishida
ham muhim bosqich bo'ldi.
* Kalom  islom ta'limotini asoslab beruvchi diniy ilm
* Metafizika  sezgilar vosltasida anglab olish mumkin bo'lmagan
obyektlarni (sifat, mazmun, mohiyat,
hodisa) tadqiq etuvchi fan
* Muallimus-soniy  ikkinchi muallim. Farobiy shu nom bilan
ulug'langan
* Falsafa  hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini
o'rganuvchi fan
* Shayx ur -rais  donishmandlar sardori