22-. Me'morchilik, san'at, musiqa
va diniy e'tiqod

Me'morchilik va san'at 

O'rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy
tuzumi va islom dini mafkurasi
madaniy hayotning bu sohasiga ham
kuchli ta'sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O'zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko'plab saroy, masjid, madrasa,
minora, maqbara, tim va
karvonsaroylar quriladi.
Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy,
Namozgoh, Minorai Kalon hamda
Vobkent va Jarqo'rg'ondagi minoralar va ko'pgina boshqa binolar
o'sha davr me'morchiligining
namunalaridandir. Bu yodgorliklar
o'ziga xos me'morchilikning rivoj
topganligidan dalolat beradi. X asr suv omborining to'g'oni 
Xonbandi. Bu davrda yo'nilgan tosh, pishiqg'isht
va suvga chidamli qurilish
qorishmalaridan turli xil suv
inshootlari: suv omborlari  bandlar, novalar, ko`priklar, sardobalar va ko~ rizlar barpo etiladi. Bunday inshootlarning o'lchamlari
matematika nuqtayi nazaridan g'oyat
puxta ishlangan. Masalan, X asrda
Nurota tizmalaridagi Pastog' darasi
to'silib barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv
to'plangan. To'g'on granit toshi va
suvga chidamli qurilish
qorishmasidan qurilgan. Bu suv
omborini qurishda suvning vertikal
va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo'ladigan
zilzilalarning silkinish kuchlarini ham
hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII
asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal
tomonidan suvning bosim kuchi
to'g'risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr
muqaddam movaroimnahrlik
muhandislarga ma'lum ekanligidan
dalolat beradi. 

Turar joylar 

X asrdan boshlab binokorlikda
sinchkori imoratlar keng tarqaladi.
Yakkasinch va qo'shsinchli
binolarning tagsinchlaridan tortib
ustunlari-yu sarrovlari va
to'sinlarigacha yog'ochlarni biriktirish uslubida qurilib, sinchlarning orasi
xom g'isht yoki guvalalar bilan urib
chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni
qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha , Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy
qoldiqlaridan ma'lum bo'lishicha, X-XI
asrlarda ham paxsa va xom g'ishtdan
qurilgan imoratlar shahar
me'morchiligida asosiy o'rinni
egallagan. 

Naqqoshlik va o'ymakorlik 

IX-XII asr boshlarida me'morchilik
bilan birga naqqoshlik va o'ymakorlik
san'ati ham ancha rivoj topadi.
Imoratning peshtoqi, eshigi va
devorining ayrim qismlari turli
mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. 

Xattotlik 

Bu davrda xattotlik xalq san'atining
muhim va keng tarqalgan
sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish
kashf etilmaganligi, qo'lyozma
kitoblardan nusxalari faqat qo'lda
ko'chirilishi tufayli xattotlik san'ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda
husnixat bilan bitilgan xattotlik
namunalari me'moriy naqshlarda ham
hayotiy mazmun va estetik zavq
beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. 

Movarounnahrda birinchi madrasa
X asrda Buxoroda Kavshdo'zlar
mahallasida ochilgan. U Farjak
madrasasi deb atalgan.

Musiqa san'ati 

IX-XIII asr boshlarida 
musiqa san'ati
ham g'oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar,
to'ylar, xalq sayillari va boshqa
marosimlar, shubhasiz, kuy va
qo'shiqsiz o'tmas edi. Bu davrda
sozandalar ud, tanbur, qo'biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo'shnay va
qonun kabi g'oyat xilma-xil torli,
zarbli va puflab chalinadigan cholg'u
asboblaridan keng foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik
va o'zbek xalqlarining mumtoz kuyi Shashmaqom uchun poydevor
bo'lgan Rost, Xusravoniy , Boda, Ushshoq, Zerafkanda Buslik, Sipohon, Navo, Basta, Tarona kabi yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san'ati
she'riyat hamda musiqashunoslik ilmi
bilan uzviy bog'langan holda taraqqiy
etadi. 

Din 

IX-XIII asr ma'naviy hayotida islom
dini muhim o'rin egallaydi. Bu davrda
musulmon Sharqida keng tarqalib,
jahon dini darajasigacha ko'tarilgan
islom dini va shariat musulmon
dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini
qabul qilib, shariat ahkomlarini
bajarishga, arab tili va yozuvini
o'rganishga kirishdi. Markaziy
shaharlarda qator masjid va
madrasalar qad ko'tardi. XII asrda esa Buxoroning Darvozayi
Mansur mahallasida hatto
qonunshunoslar uchun maxsus
Faqihlar madrasasi qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom
dini ta'limotining asosiy manbalari:
Qur'oni karim, Hadisi sharif va arab
tilini mukammal o'rganishga katta
e'tibor bergan. Shariat ahkomlarini
har tomonlama chuqur o'rgatishda Tafsir  Qur'oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba
hisoblangan. Fiqh fani (islom
huquqshunosligi) axloq va shariat
ahkomlari borasida mukammal
ma'lumot beradi.
Islom dini ta'limotining ravnaqi va targ'ibotining kengayishida ayniqsa
Buxoro shahri markazga aylandi.
Buxoro madrasalaridan juda ko'p
yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar,
imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan
Buxoro IX asrdan boshlab Qubbat ul-islom  Islom dinining
gumbazi nomi bilan shuhrat topadi. 

Tasavvuf 

Tasavvuf o'rta asrlar musulmon
Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot
dastlab VIII asr o'rtalarida Iroqda
yuzaga kelgan. Tasavvuf ta'limoti
asosida inson faoliyati va uning
kamoloti yotadi. Turkistonning turli o'lkalarida tasavvufning turli
tariqatlari paydo bo'ladi. Turkistonda
XII asrda Yassaviya , XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya , XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi.
Movarounnahrda keng yoyilgan
tasavvuf Yassaviya tariqati bo'lib,
unga Ahmad Yassaviy asos soladi.
Tariqatning asoslari Yassaviyning
mashhur Hikmat asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha,
shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat,
ma'rifatsiz haqiqat bo'la olmaydi.
Ularning har biri ikkinchisini to'ldiradi
va takomillashtiradi. Yassaviy
tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish
g'oyasi olg'a suriladi. Unga faqat bu
dunyo rohati va farog'atidan voz
kechib, uzlatda toat va ibodat yo'lida
zahmat chekib, mashaqqatli mehnat
qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli
mehnat va aziyat shariat
yo'lidabo'lmog'i hamda
tarkidunyochilik targ'ib etilsa-da,
inson zoti sharif darajasida
ulug'lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun
turishi ta'kidlanadi.
Tasavvuf ta'limotining biryuk
siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda Kubroviya tariqatiga asos soladi.
Yassaviy tariqatidan farqli o'laroq,
Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni
rad etadi. Kamolot yo'lida olib
boriladigan mashaqqatli mehnat
jarayonida bu dunyo noz- ne'matlaridan bahramand bo'lishning
joizligi g'oyasi ilgari suriladi.
Kubroviya tariqatida xalqqa va
Vatanga bo'lgan muhabbat
nihoyatda kuchli bo'lib, har qanday
og'ir damlarda ham omma bilan birga bo'lish, Vatanni mudofaa qilish va
uning mustaqilligi uchun kurashga
da'vat etiladi.
Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri
Hinduvon qishlog'ida matolarga
naqsh bosuvchi hunarmand oilasida
dunyoga keladi. Yoshligida taTim
olish bilan bir qatorda kimxob
matoga gul bosishni puxta o'rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin Hayotnoma va Dalil al-oshiqin nomli asarlar yozib, o'z tariqatini yaratadi.
Naqshbandiya tariqati Movarounnahr,
Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi.
Naqshbandiya tariqati insonlarni halol
va pok bo'lishga, o'z mehnati bilan
kun kechirishga, muhtojlarga xayr- ehson berishga, sofdil va kamtar
bo'lishga chaqiradi. Uning Dil bayor-u dast ba kor (ko'ngil Allohdabo'lsin-u, qo'l ish bilan band
bo'lsin) degan hikmati
Naqshbandiya tariqatining hayotiy
mohiyatini ifodalaydi. U
tarkidunyochilikni rad etib,
mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ'ib etadi.
Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga
keyingi asrlarda Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Xo'ja Ahror kabi
buyuk allomalar katta hissa
qo'shadilar. Mustaqillik sharofati bilan Ahmad
Yassaviy, Bahouddin Naqshband,
Najmiddin Kubro singari
bobokalonlarimizning aziz nomlari
tiklandi, qadamjolari obod etildi.
Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy meroslaridan hozirgi
avlodlar bahramand bo'lmoqdalar.
Holbuki islomiy mafkura va tasavvuf
ta'limoti asosida ajdodlarimiz kamol
topib, o'zidan o'chmas tarixiy meros
qoldirdi. 

* Mafkura  ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun xizmat
qiluvchi g'oyalar yig'indisi
* Tasavvuf (sufiylik)  musulmonlarni halollikka, poklikka,
tenglikka, inson qadr-qimmatini
yerga urmaslikka chorlovchi, har
kimni o'zining halol mehnati bilan
yashashga, boshqalarning kuchidan
foydalanmaslikka da'vat etuvchi ta'limot
* Tariqat  tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya'ni, komil inson
darajasiga erishishni ko'rsatuvchi yo'l