23-. Etnik jarayonlar va o'zbek
xalqining shakllanishi

Etnik jarayon 

Jahondagi boshqa xalqlar kabi
o'zbek xalqining shakllanishi ham
uzoq yillar davomida sodir bo'lgan
etnik jarayonlar mahsulidir.
O'zbeklar alohida etnik birlik (elat)
bo'lib, Osiyoning markaziy hududlari: Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv,
qisman Sharqiy Turkistonning g'arbiy
mintaqalarida shakllangan. O'zbek
xalqining asosini hozirgi O'zbekiston
hududida qadimdan o'troq yashab,
sug'orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanib
kelgan mahalliy sug'diylar,
baqtriyaliklar, xorazmiylar,
farg'onaliklar, shoshliklar, yarim
chorvador qang'lar, ko'chmanchi
sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy
Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston
hamda Volga va Ural daryosi
bo'ylaridan turli davrlarda
Movarounnahrga kirib kelgan etnik
guruhlar (komonentlar) ham O'zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar.
Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar
asosan turkiy va sharqiy eroniy
tillarda so'zlashganlar.
Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida
yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan
aralashuv jarayoni natijasida o'troq
hayotga moslashgan turkiy hududiy
maydon, o'zbek xalqiga xos
antropologik tip (qiyofa) shakllanadi.
Mil. av. Ill asrda Sirdaryoning o'rta oqimida turkiy va sug'diylar ittifoqi
asosida tashkil topgan Qang' davlati
davrida Movarounnahr va unga
tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy
va etnomadaniy aloqalarning tobora
rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib,
o'ziga xos uyg'unlashgan madaniyat
shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu
madaniyat Qovunchi madaniyati
nomini olgan. Antropolog olimlarning
ta'kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O'rta Osiyoning vodiy va
vohalarida yashovchi aholi tashqi
qiyofalarida hozirgi o'zbek va voha
tojiklariga xos O'rta Osiyo ikki daryo
oralig'i antropologik tipi (qiyofasi)
to'liq shakllanadi. O'zbeklar etnogenezida qatnashgan
navbatdagi etnik komponentlar
kushonlar hamda IV-V asrlarda O'rta
Osiyoning markaziy viloyatlariga
Janubiy Sibirdan, Jung'oriyadan,
Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftallardir.
Shuningdek, o'zbeklar etnogeneziga
Turk xoqonligi davrida O'rta
Osiyoning markaziy mintaqalari
(Farg'ona vodiysi, Toshkent,
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari) va Xorazmga
kelib o'troqlashgan turkiy qabilalar
faol ta'sir ko'rsatadi. Turkiy elatlar va
mahalliy o'troq aholi o'rtasidagi etnik-
madaniy munosabatlarning rivoji
natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-
xo'jalik an'analar bilan jadal
uyg'unlashuvi yuz berdi. VII asrdan
boshlab o'lkamiz Turkiston nomi
bilan atala boshlagan.

* Etnik jarayon  kelib chiqishi bir- biriga yaqin bo`lgan turli qabila va
elatlarning asrlar davomida qo'shilib
borishi
* Turkiston  turkiy aholi o'rnashgan o'lka 

O`zbek xalqining tashkil topishi 

VIII asrdan arab va ajam xalqlarining
O'rta Osiyoga kirib kelishi
mintaqadagi etnik jarayonlarga katta
ta'sir etmagan bo'lsa-da, bu davrda
Movarounnahrdagi o'troq va yarim
o'troq turkiyzabon aholi, sug'diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o'z
hududlarida qolib, arablar
hukmronligi ostida yagona islomiy
e'tiqod birligi uyg'unlashdi.
IX asrda Movarounnahr mintaqasida
yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o'z
navbatida sug'diylar va boshqa
mahalliy etnoslarda ham turkiylashish
jarayoni jadallashgan. Bu davrda
Movarounnahr va Xorazmda turkiy
etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo'lib, bu qatlam asosining aksariyat
ko'pchiligini o'troqlashgan turg'un
turkiy etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr
va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy
sulolalarga o'tishi munosabati bilan sodir bo'lgan etnik jarayon o'zbek
xalqining shakllanishida yakuniy
bosqich bo'ldi. Aynan mazkur davrda
o'zbek xalqiga xos elatni belgilovchi
hududiy, madaniy-ma'naviy
umumiylik, etnik o'zlikni anglash, ma'lum bir davlat doirasidagi etnik
uyushqoqlik, din umumiyligi kabi
etnik omillar shakllangan. Bu davrda
o'zbeklarning umum elat tili qaror
topdi. Umuman olganda, elat
shakllanishidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan aksariyat etnik alomatlar
shakllanib yetiladi.
Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda
sodir bo'lgan o'ta murakkab siyosiy
vaziyatda, muttasil davom etgan etnik
jarayonlar natijasida IX-XII asrlarda o'zbek xalqi shakllandi. Uning o'q
ildizini o'lkamizda muqim yashab
kelgan o'troq ziroatkor, mirishkor va
chorvador tub yerli aholi tashkil etdi.
Bunday ikki turli turmush tarzidagi
aholi o'rtasida yuzaga kelgan iqtisodiy va madaniy o'zaro
aloqalarning muqim qaror topishi
oqibatida mazkur o'troq va
ko'chmanchi chorvador mintaqalar
oralig'i (Movarounnahr)da joylashgan
aholi qadimdan ikki: sug'd va turkiy tillarda so'zlashgan. Shubhasiz, asrlar
davomida kengayib borgan o'zaro
iqtisodiy va madaniy aloqalarning
uyg'unlashuvi natijasida o'zbek va
qator qardosh elatlarning ota-
bobolarini birikishiga olib kelgan. Hali yozuv yuzaga kelmasdan avval
boshlangan bunday ulkan
etnogenetik jarayonning izlari
yurtimizning joy nomlari ma'nosida
o'z ifodasini topgan.