IV BOB. 

VATANIMIZ XALQLARINING CHINGIZXON ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI 

24-. Xorazmshohlar saltanati bilan
mo'g'ullar davlati o'rtasidagi
munosabatlar

Mo'g'ullar davlati 

XI asrda mo'g'ul qabilalari hayotida
hali urug'-aymoqchilik munosabatlari
nihoyatda kuchli edi. Ular asosan
ko'chmanchi chorvachilik, ovchilik va
o'zaro mahsulot ayirbosh qilish bilan
shug'ullanar edi. Bu davrda mo'g'ul urug' va qabilalari o'rtasida o'zaro
kurash avj olib bormoqda edi. Mo'g'ul
urug' boshliqlari orasidagi ichki
kurashlarda Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 1206-yilda Onon
daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul
urug' va qabila boshliqlarining
qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilinadi, unga Chingiz laqabi beriladi va Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi.
Chingizxon ko'p sonli yaxshi
qurollangan, intizomli va uyushgan
qo'shin hamda 10 ming nafar turk
azamatlaridan kezik (keshik)  xos soqchilar qismini tuzadi. So'ng
istilochilik urushlari olib borishga
kirishadi. 

Qo'shni davlatlarning bosib olinishi 

1206-yilda dastlab naymanlar
bo'ysundirildi. 1207-1208-yillarda
isnasov havzasi, so'ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi
va uyg`urlar taslim bo'ldi. 1211-1215-yillarda Chingizxon bir
necha bor Xitoyga hujum qilib,
Shimoliy Xitoyning markazi  Szindi shahrini ishg'ol qilib, Szin sulolasini
taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo'g'uliston davlatiga qo'shib
olindi. Chingizxon Xitoydan ko'p
o'ljalar, cho'rilar bilan harbiy qurol
yasaydigan va ularni ishlata biladigan
mohir hunarmandlarni ham
Mo'g'ulistonga olib ketadi. Shu yo'l bilan u o'z qo'shinini zamonasining
eng yaxshi harbiy qurol-aslahalari
bilan ta'minlaydi.
Chingizxon 1218-1219-yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo'lga
kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahro
sining sharqiy chegarasidan to
Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan
viloyatlar Mo'g'ullar davlati
hukmronligi ostida birlashtirilgan edi.
Endilikda Mo'g'ullar davlatining
g'arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib
ketgandi. 

1206-yilda mo'g'ul urug'-qabila
boshliqlarining qurultoyida
Temuchin (Chingizxon) xon deb
e'lon qilinadi, mo'g'ullar davlatiga
asos solinadi.

O'zaro elchilik aloqalari 

Chingizxon va Xorazmshoh o'rtasida
birbirining kuch-qudratini bilib
olishga va bu haqda ma'lumotlar
to'plashga harakat qilinadi. Ikki
o'rtada hatto elchilik aloqalari
o'rnatiladi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon
huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o'z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot
bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u
Sulton Muhammadni G'arbning
sohibqironi (G'arb mamlakatlari
yerlarining sultoni), o'zini esa
Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini
so'raydi. Chingizxon qimmatbaho
sovg'alar va mollar ortilgan katta
karvon bilan o'z elchilarini Xorazmga
yuboradi. Elchilarga xorazmlik
savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon
elchilarini Sulton Muhammad 1218-
yilning bahorida Buxoro shahrida
qabul qiladi. Elchilar Chingizxon
Sulton Muhammadni qudratli
podshoh sifatida bilib, uni o'zining eng ardoqli o'g'illari qatorida ko'rishi
hamda u bilan do'stona shartnoma
tuzishga roziligini aytishadi. Eng
ardoqli o'g'illari qatorida ko'rish
iltifoti, shubhasiz, Sharq
ustomonligida Chingizxonning Xorazmshohni o'ziga qaram qilib olish
niyati bor degan ma'noni anglatardi.
O'zini Iskandari soniy (Ikkinchi
Iskandar) deb hisoblab yurgan
podshoga bunday istiqbol sira
yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o'z
huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga
xorazmlik bo'lgani uchun
Chingizxonga emas, balki Xorazm
shohiga xizmat qilishini, Chingizxon
to'g'risidagi bor haqiqatni aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazm
shohning josusi bo'lib qolishini talab
qiladi. Chingizxon o'z elchilarining ish
natijalaridan mamnun bo'ladi. Chunki
Mahmud Yalavoch Xorazm davlati va
uning podshosi to'g'risida Chingizxonga, mo'g'ullar to'g'risida
Xorazmshohga aytgan ma'lumotlariga
qaraganda ham ko'proq axborot
to'plab qaytgan edi. 

Munosabatlarning keskinlashuvi 

Chingizxon Sulton Muhammadga o'z
minnatdorchiligini izhor etish va ikki
buyuk qo'shni davlatlar o'rtasida
shartnoma tuzish uchun 1218-yilning
o'zidayoq Xorazmga juda katta savdo
va elchilar karvonini jonatadi. Karvon ko'p miqdorda oltin, kumush
buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar
va qunduz mo'ynalari va boshqa xil
qimmatbaho mollar ortilgan 500
tuyadan hamda 450 musulmon
savdogarlaridan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat
poytaxti Urganch shahri tomon borar
edi. Ammo karvon yo'lda chegara
shahar O'trorda ushlab qolinadi.
Shaharning noibi G'oirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib,
savdogarlarning hammasi qirib
tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina
o'limdan qutulib qoladi. U
Chingizxonning qarorgohiga zo'rg'a
yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi.

* Chingiz  kuchli, qudratli, toza. 
* Szindi  Pekin shahri. 

Chingizxon Xorazm ma'murlaridan
hisoblangan O'tror noibining
xiyonatkorona xatti-harakatidan
nihoyatda g'azablandi. Ammo
g'azabini bosib, Ibn Kafroj Bug'roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar
bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib
yuboradi. Chingizxon Sulton
Muhammaddan aybdorlarni
jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning
ixtiyoriga jo'natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga
javoban elchini o'ldirishni va u bilan
birga kelgan ikkita mulozimning
soqol-mo'ylovlarini qirib, sharmanda
qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu
voqealar ikkita eng katta davlatlar o'rtasida savdo aloqalari va elchilik
munosabatlari tamomila uzilganini
bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan
bu voqea har ikki buyuk davlatlar
o'rtasida urush boshlanishiga bahona
bo'ldi. 

Xorazmshohlar davlatining
inqirozga yuz tutishi 

XIII asrning boshlarida
Xorazmshohlar saltanati qo'shinining
umumiy soni Chingizxon harbiy
kuchiga nisbatan birmuncha
oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati
siyosiy, xususan ma'muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi.
Chunki, mansabdorlar davlat tang
ahvolga tushib qolgan paytlarda o'z
vazifalarini tashlab ketar, podshoga
itoatsizlik qilar, o'zboshimchalik bilan
o'z bilganlaricha yo'l tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari
Xorazmshohga nomigagina
bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil
edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi
ichida kuchli nizo hukm surardi.
Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni turklar onasi nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning
volidasi qo'shinning oliy sarkardalari
hisoblangan qipchoq oqsuyaklari
bilan urug'-qabila aloqalari orqali
mahkam bog'langan edi. U o'z
qabiladoshlari manfaati yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga
boshchilik qilar, hatto ularda shohga
qarshi adovat ruhini uyg'unlashtirib
qo'ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va
fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz
tutgan edi. Bunday o'ta xavfli
vaziyatni bartaraf etish maqsadida
Sulton Muhammad o'z
hukmronligining so'ngida Davlat
kengashini ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi.
Unda eng dolzarb masalalar
muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-
da, ammo u amalda ijobiy natija
bermaydi. Ana shunday vaziyatda u
jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor
bo'ldi.