25-. Chingizxon bosqini

Xorazmshohning mudofaa rejasi 

Chingizxon Movarounnahr yurishiga
katta ahamiyat berib, puxta
tayyorgarlik ko'rgan edi. Hali harbiy
yurish boshlanmasdanoq u o'z
dushmanining kuch-qudrati va
urushga tayyorgarlik to'g'risida savdogarlar orqali to'plagan
ma'lumotlarni sinchiklab o'rgangan.
Chingizxon Xorazmshohlar
davlatining ichki ahvolidan to'la
xabardor edi. Xorazmshoh bilan sarkardalar
o'rtasida mavjud ixtiloflar avval
boshdanoq ustunlikdan
foydalanishga imkon bermadi. Urush
boshlanishi arafasida bo'lgan harbiy
kengashda ular o'rtasidagi ixtilof yaqqol namoyon bo'ldi. Kengashda
dushmanga zarba berishning yagona
rejasini yakdillik bilan belgilab olish
o'rniga fikrlar bo'linib ketdi. Sulton
katta qo'shinni bir joyga to'plashdan
qo'rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to'plangan qo'shin uni taxtdan
ag'darib tashlashi mumkin edi.
Shuning uchun ham harbiy
kengashda sulton o'z qo'shinlarini
turli shaharlarda alohida-alohida
joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qiladi. Shu
tariqa mamlakat mudofaaga tayyor
bo'lmagan sharoitda
mudofaachilikdan iborat xato yo'l
tutildi. 

O'tror qamali 

1219-yilning kuzida Chingizxon
Xorazmshohga qarshi yurish
boshladi. Uning jami askari 200
mingga yaqin edi. Chingizxon
qo'shini Sirdaryo bo'yida joylashgan Otror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon bu shahar yaqinida
Movarounnahrni qisqa muddat ichida
zabt etish uchun butun harbiy
kuchlarini to'rt qismga bo'ldi. Uning
bir qismini o'g'illari Chig'atoy va
O'qtoy boshchiligida O'trorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi
qismga Jo'ji boshliq etilib, u Sirdaryo
etagi tomon yuborildi. Unga Sig'noq, O'zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming
kishilik uchinchi qo'shin Aloqno'yon hamda Sukatu Cho'rbiy qo'mondonligida Sirdaryoning o'rta
sohili bo'ylab, uning yuqori oqimiga
joylashgan Banokat va Xo 'jand shaharlari tomon yuborildi.
Chingizxonning o'zi asosiy kuchlari
bilan Buxoro tomon askar tortdi.
O'tror mustahkam qal'ali chegara
shahar edi. Qal'a noibi G'oyirxon
(Inolchiq) boshchiligida shaharda 20 ming suvoriy bor edi. Qamal arafasida
unga yordam uchun Qoracha Hojib
qo'mondonligida yana 10 minglik
qo'shin kelib qo'shilgan edi.
Juvayniyning ma'lumotiga
qaraganda, bu kuchdan tashqari Sulton Muhammad Lashkar birun
deb atalgan 50 ming askar yuborgan.
Natijada O'tror shahrida dushmanga
qarshi kuchli bir himoya quvvati
tashkil bo'lgan edi. Shunday bo'lsa-
da, o'sha davr solnomachilarining naqliga qaraganda, mo'g'ullar
shaharni qamalga olish bilan
mudofaachilar sarosimaga
tushganlar. Qamalning dastlabki
kunlaridayoq shahar hokimiyatining
vakili Badruddin Amid, Safiy Aqra' Hojib boshliq sulton tomonidan qatl
etilgan O'tror qozisining avlodlari
mo'g'ullar tomoniga o'tib ketadilar.
Manbalarga ko'ra, O'tror qamali 5 oy
davom etgan. Mo'g'ullar shaharga
oqib kiradigan ariqlarni ko'mib tashlagan, manjaniqlardan shaharga
qarata tosh, neft bilan to'ldirilgan
ko'zachalar (piliklarini yondirib)
irg'itganlar, qo'rg'on tevaragida
xandaqlar shox-shabba va tuproq
bilan to'ldirilgan, qo'rg'on devori ostidan lag'm (tunnel) qazilgan,
daraxtlar kesib ulama shotilar
yasalgan va devorga tiklangan.
O'tror qamali davrida nafaqat
qamaldagilar, balki mo'g'ullar ham
katta talofat ko'rganlar. Qamaldagilarning safi siyraklashib,
oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan.
O'tror mudofaasining eng og'ir
paytida Qoracha Hojib o'z qo'shini
bilan shahar darvozasidan chiqib,
mo'g'ullarga taslim bo'lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo'g'ullar ham
kechirishmagan. Ular Qoracha Hojib
va uning askarlarini qatl etishgan.
Shu asnoda o'trorliklar shaharni
mudofaa qilib, uni besh oy davomida
o'z qo'llarida ushlab turadilar. Ayniqsa G'oyirxon o'zini Chingizxon
savdogarlari va sarbonlarini
o'ldirishda aybdor his qilib, so'nggi
nafasigacha dushmanga qarshi
kurashadi. Uning askarlari ellik-
elliktadan bo`lib, qal'adan tashqariga chiqar va bosqinchilar bilan jang qilib,
halok bo'lardi. Chig'atoy qo'shini
shahar devorlaridan rahnalar
(tuynuklar) ochib, ichkariga yopirilib
kirgan, aholisini shahristondan quvib
chiqargan va shaharni talaganlar. G'oyirxon boshliq mudofaachilarning
bir qismi O'tror arkiga joylashib olib,
mudofaani yana bir oygacha davom
ettiradilar. Chig'atoyzodalar qanday
bo'lmasin, G'oyirxonni qo'lga
tushirishga ahd qiladilar. Oqibat u qurshovga olinib, asirga rushiriladi. U
Samarqandga olib borilib, qiynab
o'ldiriladi. 

Buxoro fojiasi 

1220-yilning fevralida Chingizxon
Buxoroga yetib boradi. Biroq Buxoro
dushman kuchini qaytarishga tayyor
emas edi. Buxoroliklar dushmanga
taslim bo'lishdan o'zga choralari
qolmaydi. Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o'z oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat so'rab
chiqadi.
1220-yilning 16-fevralida mo'g'ullar
Buxoroni egallaydilar.
Movarounnahrning qadimiy
markazlaridan hisoblangan Buxoro talontaroj etiladi. Behisob xazinalar
talanadi, asriy qo'lyozma asarlar,
muqaddas kitoblar yirtilib, hayvonlar
oyog'i ostiga xazondek sochiladi. Dm
va ma'rifat egalari bo'lgan ulamolar va
shayxlar, e'tiborli mo'g'ul jangchilariga xizmatkor qilib, goho
esa baxshilariga masxara uchun
beriladi. Chingizxon amri bilan
Buxoro yoqib yuboriladi. 

Samarqand jangi 

Chingizxon Samarqandga tomon yo'l
oladi va 1220-yilning mart oyida
Movarounnahrning eng mashhur va
yirik shahriga yaqinlashadi.
Chingizxon shahardan tashqarida
joylashgan Ko'ksaroy qasridan turib shaharni qamal qilish ishiga boshchi
lik qiladi. Shahar ostonasida uch kun
shiddatli janglar davom etadi.
Qamalning uchinchi kuni
mudofaachilar qamalni yorib chiqib
mo'g'ullargahujum qiladilar. Mo'g'ullar ularni qirib tashlaydilar.
Qamalning beshinchi kuni shahar
taslim bo'ladi. Mo'g'ullar
Samarqandning bosh suv inshooti  Qo`rg`oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar.
Namozgoh darvozasidan bostirib
kirib, barcha istehkomlarni vayron
qiladilar. Shahristondan aholi haydab
chiqariladi va Samarqand talanadi.
Mamlakat sultoni Muhammad Xorazmshoh 30 minglik mo'g'ul
qo'shinining ta'qibidan zo'rg'a
qutulib, Eronga qochadi. So'ngra
Kaspiy dengizining janubidagi Ashura
oroliga borib joylashadi. Qo'rquv
domiga tushgan, o'z kuchlariga ishonchini butunlay yo'qotgan
Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin
Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab,
orolda xor-zorlikda, g'ariblikda
kasallanib, vafot etadi. 

Sirdaryo bo'ylaridagi janglar 

Bu davrda mo'g'ullarning Jo'ji boshliq
askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida
zafarona harakat qilmoqda edi. Avval
u aholisi zich joylashgan va boy
savdo shahri Sig'noqqa hujum
boshlaydi. Sig'noq aholisi yetti kun davomida shaharni qahramonoha
mudofaa qiladi. Sakkizinchi kuni
shahar mo'g'ullarga majburan taslim
bo'ladi. Bosqinchilar shaharni talab,
aholisining oxirgi kishisigacha qirib
tashlaydilar. 1220-yilning aprelida bosqinchilar
Jandni egallab, uni talaydilar.
Aholisining qurollangan qismi qatl
etilib, shahar vayron qilinadi.
Mo'g'ullar besh ming kishilik qo'shin
bilan Sayhun (Sirdaryo) daryosi bo'yida joylashgan Banokat (Shohruhiya) ustiga yuradi. Shahar
to'rt kunlik mudofaadan so'ng taslim
bo'ladi. 

Temur Malik jasorati 

Xo'jand shahri Sirdaryo ikkiga
ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning
tabiiy joylashishi hamda shahar
hokimi Temur Malikning qahramonligi
bilan xo'jandliklar mo'g'ullarga
kutilmagan qarshilikni ko'rsatadilar. Biroq, kuchlarning teng emasligi
oqibatida Temur Malik shaharni
tashlab chiqib, ming kishilik lashkari
bilan shahar yaqinida daryo
o'rtasidagi orollardan biriga joylashib
oladi. Temur Malikning farmoyishi bilan 12 ta qayiq yasalib,
dushmanning o'qi teshib o'tmasligi,
o't yondirib yubormasligi maqsadida
qayiqlarning usti namat bilan
qoplanib, sirkali loy bilan suvab
chiqiladi. Bunday usti yopiq qayiqlar bilan sohilga xavfsiz suzib borilar va
qayiq yon devorlarida qoldirilgan
maxsus shinaklardan dushmanni
o'qqa tutardilar.
Temur Malik shu tariqa qayiqlarda
mudofaa janglarini olib boradi. Lekin kuch kamligi uchun bor oziq-ovqat
va qurol-yarogiarni 70 ta qayiqqa
yuklatib, tunda mash'alalar yorug'ida
Sirdaryoning quyi oqimi bo'ylab suzib
ketadi.
Shu tariqa Temur Malik qo'shini uzluksiz jang qilib, barcha
qiyinchiliklarni yengib, Jand shahriga
yetib boradi. Barchinlig'kent va Jand
yaqinida mo'g'ullar daryoning har
ikki sohilida yo'lni to'ssalarda, jasur
xo'jandliklar sohilga tushib, dushman bilan so'nggi jangga kiradilar. Bu
jangda Temur Malik qo'shini va
safdoshlaridan batamom ayriladi.
Faqatgina o'zi halokatdan qutulib,
Urganch shahriga yetib keladi. Bir oz
vaqt o'tgach, u Xorazmda to'plangan qo'shin va xalq lashkarlariga
boshchilik qiladi. Jo'jiga qarshi
muvaffaqiyatli janglar qilib, hatto
undan Sayhun daryosining quyi
oqimidagi Yangikent shahrini qaytarib ham oladi.
Chingizxon 1220-yilning yozida Naxshab (Qarshi) ga bostirib kiradi va uni egallaydi. Shu yilning kuzida
esa Termizga askar tortadi. Termiz qamalning o'n birinchi kuni qattiq
hujum bilan olinib, shahar xarob
qilinadi.
Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon
va Qashqadaryo vodiylari, Amudaryo
(Jayhun) o'rta oqimining o'ng sohili vi loyatlari zabt etilgach, Chingizxon
asosiy kuchni Xorazmshohlar
davlatining markaziy qismi 
Xorazmga tashlaydi.