26-. Xorazmshohlar davlatining
halokati

Urganch qamali 

1221-yilning boshlarida Chingizxon
qo'shinlarining Urganchga yurishi
boshlandi. Endigina Xorazm
davlatining Sultoni deb e'lon qilingan
Jaloliddin Manguberdi Urganchga
yetib kelib mudofaaga kirishsa-da, ammo Turkon Xotun Jaloliddin
hokimiyatini tan olmadi. Bu orada
sobiq Jand noibi qochqin Qutlug'xon boshliq qipchoq lashkarboshilari
tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan
xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur
Malik bilan Xurosonga jo'nashga
majbur bo'ladi. Chunki bunday
vaziyatda poytaxt tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi
Urganch mudofaasini sira ham tashkil
qilib bo'lmas edi. Tez vaqt ichida
shahzodalar O'zloqshoh va Oqshoh lar ham Urganchni tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o'ta qo'rqoq
va amalparast amir Xumortegin qo'lida qoladi.
1221-yilning qishida 50 ming kishilik
mo'g'ul askarlari hujum boshlab,
Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar
dushmanning harbiy kuch va zirhli
qurollarining ustunligiga qaramay o'z ona shahrini mudofaa qiladilar.
Poytaxt ichida olib borilgan ko'cha
janglarida zamonining buyuk
allomasi shayx Najmiddin Kubro nomi
bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o'z do'st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok
etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan Yo Vatan, yo sharofatli oiim deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir
mahalla, ko'cha-ko'y, guzar-u rasta,
masjid-u madrasa va har bir xonadon
janggohga aylanadi. Uzoq davom
etgan ko'cha janglarida minglab
mo'g'ul askarlari halok bo'ladi. Mo'g'ullar to shu paytgacha
Movarounnahrning hech bir shahrida
bunchalik qurbon bermagan edilar.
Bu qonli kurash yetti oy davom etgan.
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli
a'yonlari, barcha yor-u do'stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon
saqlashni taklif etgan. Ammo shayx
Chingizxon taklifmi rad qilgan. Oqibat
son jihatidan teng bo'lmagan
dushman bilan olib borilgan shiddatli
jangda og'ir yaralangan Najmiddin Kubro o'lim oldida tig' tutgan mo'g'ul
sarboziga tashlanib, qahramonlarcha
halok bo'ladi. Ilojsizlikdan holi tang
bo'lib, taslim bo'lgan Urganch
bosqinchilar tomonidan talon-taroj
qilinadi. Shaharning bosh ihota to'g'oni buzib yuboriladi. Urganchni
suv bosib, u vayron bo'ladi. 

Jaloliddin jangda harbiy taktika
tarixida birinchi bo'lib dushman
suvoriylariga qarshi ot yonida
turib piyoda jang qilish uslubini
qoilaydi.

Jaloliddin Manguberdining jasorati 

Movarounnahrning asosiy shaharlari
egallangach, mo'g'ul jangarilarining
bosqinchilik yurishi Amudaryodan
janubga joylashgan yirik savdo va
madaniyat markazlaridan
hisoblangan Balx, Hirot, Marv va G'azna kabi shaharlarga yo'naltiriladi.
Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin
Manguberdining qattiq qarshiligiga
uchraydi. Bu o'lkada u kuchli lashkar
to'playdi.
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G'azna, Bomiyon va Hindiston
hududlarigacha bo'lgan yerlarga
hokim etib tayinlangan edi. Shu
boisdan u G'azna tomon borardi.
Yo'lda unga Xuroson noiblari o'z
qo'shinlari bilan kelib qo'shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor
shaharlari yonida mo'g'ul
qo'shinlariga qaqshatqich zarbalar
berib, G'aznaga yetib keldi. Uning
qo'shinlari safiga yangi kuchlar
qo'shildi. Jaloliddin Valiyon qal'asini qamal qilayotgan mo'g'ul
qo'shinlariga qarshi hujum qilib,
ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning
dushman ustidan qozongan dastlabki
yirik g'alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no'yonni 45
minglik qo'shin bilan jo'natadi. G'azna
yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda
Jaloliddin g'alaba qozondi. Biroq
g'alabadan keyin qo'lga kiritilgan
o'ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o'rtasida o'zaro
kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda
lashkarboshilardan Sayfuddin Ag'roq,
A'zam Malik va Muzaffar Maliklar
qo'shindan ajralib ketadilar. Bu
voqeadan so'ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi.
Fursatdan foydalangan Chingizxon
G'aznaga askar tortadi va ajralib
chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor
etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib
borib, Sind (Hind) daryosi qirg'oqlariga yaqinlashib boradi.
Daryo bo'yida 1221-yilning
25noyabrida ikki o'rtada qattiq jang
bo'ladi. Jaloliddin Chingizxon
qo'shinining ilg'orini yengadi.
Mo'g'ullarning pistirmalarga qo'yilgan 10 ming nafar saralangan askari
jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim
bo'lishni xohlamay otda Sind
daryosiga sakrab, narigi qirg'oqqa
suzib o'tadi. U bilan birga uning to'rt
ming kishilik askari ham daryodan o'tib oladi. Hozirgi paytda ham bu
daryoning bir tomoni Ot sakrash, narigi tomoni Cho`li Jaloliy deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil
qolgan Chingizxon hatto uni ta'qib
qilish fikridan ham qaytadi. Hatto, u
o'g'illariga qarab: Ota o'g'il mana
shunday bo'lishi lozim degan ekan.
Jaloliddin yana o'n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon
hududlarida mo'g'ullarga qarshi
kurashni davom ettiradi.
Shunday qilib, buyuk sarkarda
Jaloliddin Manguberdini va uning
jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari dushmanga qarshi yillar
davomida qahramonona
kurashsalarda, ammo ona yurt
ozodligini saqlab qolishning ilojini
qilolmaydilar. Eng so'nggi
Xorazmshohning hukmdorligi 1231- yilda tugaydi. Sharqdagi bu ulkan
davlat batamom barham topadi.
Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan
buyuk ajdodimiz Jaloliddin
Manguberdi tavalludining 800 yilligi
mustaqil O'zbekistonda 1999yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal
o'rnatildi, yirik ko'cha va
maydonlarga uning nomi qo'yildi,
videofilm, pyesa va dostonlar
yaratildi. 2000-yil 30-avgustda
Jaloliddin Manguberdi ordeni ta'sis etilgan.

* Harbiy taktika  jangda ko'zlangan maqsadga erishish uchun
aniq sharoitga mos ravishda jang olib
borishining tanlangan shakii va usuli. 

Mo'g'ullar istilosining oqibatlari 

Mo'g'ullar istilosi oqibatida
Movarounnahr va Xorazmning
yashnab turgan obod dehqonchilik
viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum
va ko'rkam shaharlar, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo`jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv
vohasining sug'orish tarmoqlarining
bosh to'g'oni  mashhur Sultonband buzib tashlandi. Samarqandliklar o'z ona shaharlarini
tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi
esa suvsizlikdan qurib borayotgan
qishloqlarni tashlab, o'zga yerlarga
borib joylashdi. Urganch suvga
bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning
ziroatchi aholisi sonining keskin
kamayib ketishi oqibatida ekin
maydonlari jiddiy qisqarib,
dehqonchilik inqirozga uchraydi.
Mohir hunarmandlar g'oliblarning yurtini obod etish uchun majburan
Mo'g'ulistonga yuborildi. Butun
Sharqda shuhrat topgan qurol-aslaha
yasash, nafis ipak matolar to'qish,
naqshli shishasozlik
hunarmandchiligi barham topdi. Asrlar davomida Xitoy va
Hindistondan Turkiston orqali Kichik
Osiyo va Yevropa tomon kesib o'tgan
mashhur Ipak yo'li mo'g'ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz
qoldi. Bu davrda ilm va ma'rifatga
juda katta ziyon yetkazildi.