V BOB. 

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI 

29-. Amir Temurning siyosiy
kurash maydoniga kirib kelishi

Siyosiy tarqoqlik 

XIV asrning 50-60-yillarida
Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil
bekliklarga bo'linib ketgan.
Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo'jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O'ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o'zlarini hokimi mutlaq deb e'lon qiladilar.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va
Yettisuvda tashkil topgan Mo'g'uliston
xonlari bir necha bor Movarounnahr
ustiga yurish qilib, uni talaydilar.
Mo'g'uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi
yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi
xalq harakati boshlanadi.
Mana shunday o'zaro ichki urushlar
qizigan, mo'g'ullar zulmiga qarshi
mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda
yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. 

Amir Temurning yoshlik davri 

Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri
yaqinida Xojailg'or qishlog'i
(Yakkabog' tumani)da 1336-yil, 9-
aprel kuni tavallud topgan. Uning
to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li beka (bek og'o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh
va Nasaf viloyatida o'z mulklariga ega
bo'lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti
Keshda kechdi. Yetti yoshga to'lgach,
otasi uni o'qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo'lgan. U yoshlik chog'laridanoq
chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib,
kamondan nishonga o'q uzish, ot
choptirib turli mashq va harbiy
o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni
yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan
mohir chavandoz va dovyurak
bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning
atrofiga bolalikdagi do'stlari va
maktabdoshlari to'planishib,
birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-
sekin navkar bo'lishib, harbiy
guruhga birlashib shakllana
borishardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori
Inoq, Sulaymonshohbek,
Sayfuddinbek va boshqalar bo'lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning
safdoshlariga aylanib, uning
qo'shinida lashkarboshilik
darajasigacha ko'tarilganlar.
O'zining ilk harbiy faoliyatini Amir
Temur qo'l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat
qilishdan boshlagan. Learning o'zaro
kurashlarida qatnashib, jasorat ko'r
satgan va janglarda chiniqqan. Harbiy
mahorat va oliyhimmatlilik Amir
Temurning shuhratini oshirib, uning dong'i butun Qashqadaryo vohasi,
xususan Kesh viloyatiga yoyilgan.
Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir
Joku Barlosning qizi Turmush Og'oga uylantiradi. 1355-yilda Amir Temur Qa
zog'onning nabirasi, Amir
Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'oni o'z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx
hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq
yuzaga keladi. 

Amir Temurning siyosiy kurash
maydoniga kirib kelishi 

XIV asrning 50-yillari oxirida
Movarounnahrda amirlarning o'zaro
kurashi kuchayib, mamlakatda
siyosiy parokandalik avjiga chiqadi.
Mo'g'uliston xonlari
Movarounnahrdagi og'ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o'lkada o'z
hokimiyatini o'rnatishga harakat
qiladilar. Tugluq Temur 1360-1361- yillarda Movarounnahrga birin-ketin
ikki marta bostirib kiradi.
Movarounnahr amirlari xalqqa bosh
bo`lib mo'g'ul bosqinchilarga qarshi
kurashga jur'at eta olmaydilar.
Ularning bir qismi dushman tarafiga o'tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark
etib, o'zga mamlakatlardan boshpana
izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh
viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur boshqacha yo'l
tutadi. U Tug'luq Temur tomonidan
Keshga yuborilgan beklar bilan
kelishib, xon xizmatiga kiradi.
Natijada Tug'luq Temurning yorlig'i
bilan o'z viloyatining dorug'asi etib tayinlanadi.
Shu tariqa Amir Temur
Movarounnahrda siyosiy vaziyat
keskinlashgan, uning mustaqilligini
ta'minlash zaruriyati ko'ndalang
bo'lib turgan tarixiy sharoitda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi.
Tug'luq Temur o'g'li Ilyosxo'jani
Movarounnahrning hukmdori etib
tayinlab, Mo'g'ulistonga qaytib ketadi.
Ilyosxo'ja bilan Amir Temurning
murosasi to'g'ri kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahrning nufuzli
amirlaridan biri, Balx hokimi Husayn
bilan ittifoq tuzib, mo'g'ullarga qarshi
kurash olib boradi. 1363-yilda
Amudaryoning chap sohilida, Qunduz
shahri yonida umumiy dushman ustidan g'alaba qozonadilar. Keyingi
ikki yil davomida ittifoqchilar
Ilyosxo'ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar.
Nihoyat 1364-yil oxirida ular
mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib
chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo'ldan
chiqarishni istamagan Ilyosxo'ja 1365-yilning bahorida yana
Movarounnahr ustiga qo'shin tortadi.
Ikki o'rtadagi jang 1365-yil 22-may
kuni Toshkent bilan Chinoz
o'rtasidagi Chirchiq daryosi bo'yida
sodir bo'ladi. Tarixda u Loy jangi  nomi bilan shuhrat topadi. Chunki
o'sha kuni kuchli jala quyib, jang
maydoni botqoqlikka aylangan, hatto
otlar loyga botib qolgan.
Jangda Amir Temur qo'shini g'olibona
harakat qilib, dushman qo'shinining o'ng qanotiga qaqshatqich zarba
berayotgan bir paytda Husayn o'z
askarlarini raqibning so'l qanotiga
tashlamay, jang maydonini tark etadi.
Amir Temur chekinishga majbur
bo'ladi. Bu g'alabadan so'ng Ilyosxo'ja hech
qanday qarshilikka uchramay,
Xo'jand va Jizzax shaharlarini egallab,
Samarqand ustiga yuradi.
Samarqandda qurolli qo'shin
bo'lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o'z qo'liga oladi. Uzoq
davom etgan mo'g'ullar
hukmronligiga qarshi ko'tarilgan bu
xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi. 

* Pir  oliy rahnamo 
* Sarbadorlar  boshini dorga tikkanlar. Mo'g'ullar zulmiga qarshi
xalq qo'zg'oloni qatnashchilari 

Samarqand sarbadorlari 

Sarbadorlar harakati XIV asrning 60-
yillarida Movarounnahrda mo'g'ul
xonlarining hujumi munosabati bilan
vujudga keldi. Samarqand
sarbadorlariga mudarris Mavlonzoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kuluiy va shahar mahallalaridan birining
oqsoqoli, mohir mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo'g'ullarga Samarqand
shahrida qaqshatqich zarba beradilar.
Buning ustiga Ilyosxo'jarring otlari
orasida o'lat tarqab, otlar qirila
boshladi. Chorasiz qolgan Ilyosxo'ja
avval Samarqand, so'ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib
ketishga majbur bo'ladi. Shaharda
xalq hokimiyati o'rnatiladi va ayrim
islohotlar o'tkaziladi. Badavlat
mulkdor shaxslarning mol-mulki
musodara qilinib, ularga tazyiq o'tkazadilar. Tortib olingan mol va
mulklar kambag'al-yo'qsillarga
tarqatiladi. Jon boshidan olinadigan jiz'ya solig'i bekor qilinadi. Bu hukmdor tabaqalarning keskin
noroziligiga sabab bo'ldi. Natijada
Samarqandda beqarorlik vujudga
keldi.
Sarbadorlar boshliq
samarqandliklarning mo'g'ullar xoni Ilyosxo'ja ustidan g'alabasi va
shahardagi beqarorlik to'g'risidagi
xabar Amir Temur bilan Amir
Husaynga ham borib yetadi. 1366-
yilning bahorida ular Samarqandga
yo'l oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari
bilan muzokara olib boradilar.
Uchrashuvning birinchi kunida beklar
ularning sharafiga ziyofat berib,
sha'niga hamdu sanolar aytadilar.
Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kuluiy bilan Xurdakiy Buxoriylar dorga
tortiladilar. Mavlonozodani esa Amir
Temur o'rtaga tushib qutqarib qoladi.
Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz
qoldirilib, harakat bostiriladi.
Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o'rnatiladi. Ammo ko'p
vaqt o'tmay Husayn bilan Amir Temur
o'rtasida munosabat keskinlashib,
ochiqdan ochiq nizoga aylanadi.
1366-1370-yillar davomida ular
o'rtasida bir necha bor o'zaro to'qnashuvlar ham bo'ladi.