3-. Eftallar davrida ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayot

Xo'jalik hayoti 

Eftallar davlatiga birlashgan aholining
etnik tarkibi xilma-xil bo'lgan.
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti esa
bin ikkinchisinikidan keskin farq
qilgan. Eftallar kelib chiqishiga ko'ra
ko'chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli chorvachilik bilan shug'ullanib,
yaylovlarda o'tov qurib yashaganlar.
Keyinchalik eftallar zabt etgan
yerlarda savdo-sotiq rivojlandi.
Shunday qilib yillar o'tishi bilan ular
omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadilar.
Toxariston va Sug'd dehqonchilik
hamda bog'dorchilikning rivoj
topgan markazi hisoblanardi.
Qashqadaryo va Zarafshon
vodiylarida g'alladan tashqari sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy
manbalarida qayd etilishicha, V-VI
asrlarda Sharqiy Turkiston va O'rta
Osiyo yerlarida paxta ekilgan. Uning
tolasidan oppoq va nihoyatda mayin
mato to'qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo'lgan.
Chunki o'sha davrlarda Xitoy da
paxta hali ekilmas edi.
Aholining dashtliklarda yashovchi
yarim ko'chmanchi qismi chorvachilik,
xususan qoramol va qo'y-echkilar boqish, tuyachilik, tog'li va tog'oldi
mintaqalarida esa yilqichilik bilan
shug'ullanishgan. Farg'ona vodiysi
hamon zotli arg'umoqlari bilan
mashhur edi. 

Yer egaligi 

Ziroatkor yerlarning kattagina qismi
hali ham qishloq jamoalari tasarrufida
bo'lsada, ammo mamlakatdagi yer
maydonlarining ma'lum bir qismi
dehqonlar qo'lida va ibodatxonalar
ixtiyorida bo'lgan. Burring natijasida qishloq jamoasining kashovarz 
erkin qo'shchilari ma'lum darajada
dehqonlarga tobe bo'lib, ularga
qaram kadivarlarga aylana borgan.
Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila
va urug' jamoalari hamda ularrring oqsoqollari  xvabulari tasarrufida
edi. Hozirgi vaqtda ham Toshkent
vohasi va Janubiy Qozog'iston
yerlarining bir qismini suv bilan
ta'minlab turgan Zog'ariq (Zovariq) va Bo'zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg'om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug'orish tarmoqlaridan
hisoblanadi.
Xuddi shu davrda Chag'oniyon
(Surxondaryo), Samarqand, Buxoro,
Kesh (Shahrisabz), Naxshab (Qarshi)
va Toshkent atroflari to'la o'zlashtirilib, alohida-alohida
dehqonchilik vohalari shakllanadi.
Keyinchalikbu vohalarda yer egasi
bo'lgan dehqonlarning siyosiy
mavqeyi oshib, ular yetakchilik qilgan
kichik hududga ega voha hokimliklari vujudga keladi. 

Savdo va pul muomalasi 

Tashqi savdo bojidan manfaatdor
bo'lgan eftallar Ipak yo`li ni o'z nazoratlari ostida tutib turishga
harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron
va Vizantiya bilan bo'lgan xalqaro
savdoda faol qatnashardi. Ipak yo'li
savdosida sosoniy savdogarlari bilan
raqobatda asosan sug'diylar vositachilik rolini o'ynardi. Xalqaro
savdo aloqalarining rivojlanishi bilan
mamlakatda tanga pul muomalasi
tartibga solinadi.
Ichki va tashqi savdo
munosabatlarida eftallar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush
tangalaridan keng foydalanadilar.
Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand,
Vardona, Naxshab, Samarqand va
Xorazmda mahalliy hokimlar
tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki
savdosida keng muomalada bo'lgan.
Bu mamlakat hayotida mahalliy voha
hokimlari katta nufuzga ega
ekanidan dalolat beradi.
Eftallar davrida aholining tabaqalanishi, yani mulkiy tengsizlik
kuchayib borgan. Shu boisdan davlat
boshqaruvida qonun-qoidalar tarkib
topgan. Davlat harbiy kuchga
tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq
jazolar belgilangan. 

Hayotiy o'zgarishlar 

Ko'chmanchi qabilalarning
dehqonchilik vohalari atrofiga kelib
o'rnashishi bilan ma'lum darajada
dasht udumlari va e'tiqodiy
tasavvurlari o'troq aholining hayotiga
kirib bordi. Asriy madaniy an'analari kuchli bo'lgan Toxariston va Sharqiy
Sug'd vohalarida ko'chmanchilar tez
orada o'troqlashdilar. Buyuk Ipak yo`li Samarqand, Buxoro, Naxshab va
Choch (Toshkent) kabi dehqonchilik
vohalarida baland tagkursi ustiga
bino qilingan ko'plab istehkomli
qasrlar va qo'rg'onlar qad ko'tardi.
Ularning ayrimlari hatto ikki qavatli bo'lib, yuqorisiga pandus (qiya
ko`tarma yo`lak) orqali chiqilgan. Til va madaniy aloqalar O'rta Osiyo aholisi turli tillarda
so'zlashgan. Chorvador aholi
o'rtasida turkiy til muhiti hukmron
edi. O'troq aholining bir qismi sug'd
tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda
so'zlashgan. Bu davrda sug'd tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va
Farg'ona orqali Sharqiy Turkistonga
kirib, Xitoy hududlarigacha yetib
boradi. V-VI asrlarda Sug'd yozuvi,
Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan
edi. Eftallar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo'ladi. Eftallar yozuvi
25 harfdan iborat bo'lgan. Xat
chapdan o'ngga tomon
ko'ndalangiga yozilgan.
Eftallar o't va quyoshga topinuvchi
otashparast bo'lganlar. Markaziy Osiyodagilari esa budda, nasroniy va
zardusht dinlariga e'tiqod qilishgan.
Ularning so'nggi avlodlari o'zbek,
turkman va turk elatlari tarkibiga
singib ketgan. Zamonamizgacha
turkman va anato'liyalik turklar tarkibida abdal nomli etnik guruh saqlangan. Shu tariqa turkiy dunyo
kengayib, kamol topgan va
Yevrosiyoda muqim o'rin egallagan.
Bu davrda Xitoy, Hindiston va Eron
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar
kengayib boradi. V asrda o'rta osiyolik shishasozlar Xitoy
hunarmandlariga rangli shisha va
shisha buyumlar yasashni
o'rgatadilar.
O'rta Osiyo shishasi rangdorligi,
yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan.
Xitoy imperatorlari o'z saroylarini
bezashda O'rta Osiyodan keltirilgan
rangli shishadan foydalanganlar.
Shunday qilib, O'rta Osiyo aholisining
madaniy an'analari qo'shni mamlakatlar, xususan, Hindiston va
Eron tasviriy uslublari bilan
omixtalashib, ilk o'rta asrlar
madaniyatining shakllanishida
mustahkam poydevorga aylanadi. Eftallar hukmdori Mihirakula
tangasi.
Sug'diy qo'lyozma parchasi. VIII
asr.
Sopol ko'za. Kofirqal'a. VII-VIII
asrlar. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyo 

* Pandus  maxsus ko'tarma 
* Xvabu  qabila va urug' jamoalari oqsoqoli 
* Etnik munosabatlar  aholining o'zaro aloqalari