30-. Amir Temur 
markazlashgan davlat asoschisi

Amir Temurning hokimiyat
tepasiga kelishi 

XIV asrning 60-yillarida
Movarounnahrda hukm surgan og'ir
siyosiy va iqtisodiy vaziyat
mamlakatni birlashtirib, kuchli bir
davlat tashkil etishni talab qilmoqda
edi. Amir Temur o'z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga
nisbatan yaxshiroq tushunardi.
Shuning uchun ham u markazlashgan
davlat tuzishga kirishdi. Bunday
maqsadni amalga oshirishda u
ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga
suyanadi. Amir Temur bu ulkan
maqsadini ro'yobga chiqarish ishini
avvalo ichki g'animlariga qarshi
kurashdan boshlaydi.
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo' shinlari bilan kuchli raqib
 Balx hukmdori Amir Husaynga
qarshi yo'lga chiqadi. Qo'shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog'iga yetganida
uning huzuriga taniqli ulamolardan
Sayyid Baraka tashrif buyuradi. Sayyid
Baraka Amir Temur faoliyatini qo'llab-
quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi
tabl bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat
qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy
ahamiyatga ega edi. Chunki u
saltanatlik ramzi edi. Amir Temur
qo'shini to Balxga yetib borgunicha,
yo'1-yo'lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo'shiladi. Bu paytga
kelib Amir Husaynning ko'pchilik
amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir
Husayn qo'shinlari yengiladi, ikki
kunlik qamaldan so'ng, 1370-yilning
10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo'ladi. Amir Husayn
qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig'atoy
ulusining bek va amirlari, viloyat va
tumanlarning dorug'alari, Amir
Temurning quroldosh do'stlari, shuningdek, Amir Temurning piri
Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o'tkaziladi. Qurultoyda Amir
Temurning hukmdorligi rasman tan
olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi. Amir Teraur 1370-yilda
mamlakatni birlashtirishga
muvaffaq bo`ladi.

Markazlashgan davlatning tashkil
etilishi 

Amir Temur davlatni siyosiy va
iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga
kirishadi. U 1370-yil, iyul oyida
Samarqandda qurultoy chaqirdi.
Qurultoyda Shibirg'on hokimi amir
Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va
qabila boshliqlari to'plandilar. Ikki
daryo oralig'ida yashovchi turk-
mo'g'ul qabila boshliqlari, barcha
amirlar Amir Temur hokimiyatini tan
oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e'lon qilindi. Samarqandda
mustahkam devorlar, qal'alar hamda
saroylar barpo etiladi. Amir Temur
mamlakatda qonun va tartib ishlarini
joriy etadi. Maxsus qo'shin tuzib,
unga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo'linmalarning
boshliqlari etib Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A'lam Shayx,
Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi. Tajribali harbiylar
sipohsolarlikka tayinlandi. 1370-
yildayoq Shibirg'on bo'ysundirildi.
Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga
o'tdi.
Amir Temur sharqiy hududlarni mo'g'ullar ta'siridan ozod etish uchun
Sharqiy Turkiston tomon bir necha
marta yurish qilib, Mo'g'uliston
xonlariga zarba berib, Farg'ona
vodiysi hududlarini, O'tror, Yassi
(Turkiston) va Sayramni o'z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon,
Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir
Temur hokimiyatini tan olib, unga
bo'ysundilar. 1381-yilda Hirot,
Seiston, Mozandaron egallandi.
Shundan so'ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir
Temurga bo'ysundi va uning
tasarrufiga o'tdi. Shu tariqa butun
Movarounnahr va Xuroson
birlashtirildi.
Amir Temur saltanati bilan Oltin O'rda xonligi oralig'ida bu davrga kelib
mustaqil bo'lib olgan Xorazm davlati
qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy
va madaniy jihatdan Movarounnahr
bilan bevosita bog'liq bo'lgan Xorazm
mo'g'ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo'lgan
Shimoliy Xorazm Oltin O'rdaga,
markazi Kat qal'asi bo'lgan Janubiy
Xorazm esa Chig'atoy ulusiga
bo'ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari
oxirida Oltin O'rdada yuz bergan g'alayonlar vaqtida Qo'ng'irot
so'fiylari Shimoliy Xorazmda yangi
sulolaning mustaqil hukmronligini
tiklab oladilar. So'ngra Kat va Xiva
shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm
bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Amir Temur esa butun
Xorazmni Chig'atoy ulusining ajralmas
qismi deb hisoblar edi. Shuning
uchun u Xorazmni o'z davlatiga
qo'shib olish siyosatini tutdi.
Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish
qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil
bo'ysundirildi.
Shunday qilib, Amir Temur
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni
birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda
yashovchi xalqlarning birlashuvi ular
taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi.

* Markazlashgan davlat  mamlakatning barcha hudu dida
yagona hukmdor hokimiyati
o'rnatilgan davlat
* Tabl  katta nog'ora