31-. Amir Temurning harbiy
yurishlari

Mamlakat xavfsizligi yo'lida 

Amir Temur saltanatiga xavf solib
turuvchi kuchlar hali bartaraf
etilmagan edi. Bir tomondan,
Mo'g'uliston xonlari Chig'atoy ulusini
birlashtirishga intilib tinchlik
bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin O'rda va Oq O'rdaga bo'linib ketgan
Jo'ji ulusi xonlari ham shimoliy
hududlar hamda Xorazm tomondan
xavf solib turardi.
Biroq bu davrda Amir Temur davlati
uchun eng kuchli xavf Oq O'rda va Oltin O'rda edi. Avval Amir Temur Oltin
O'rdaga zarba berib, uni
kuchsizlantirishga harakat qiladi.
Lekin u Jo'ji ulusini o'z davlatiga
qo'shib olish niyatida emas edi. Amir
Temur Oltin O'rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy
qismini o'z ta'siri ostiga olish hamda
uning poytaxti Saroy Berka orqali
o'tadigan karvon yo'lini
Movarounnahr tomon burib
yuborishni ko'zlaydi. Amir Temur o'z maqsadini amalga
oshirish uchun Jo'ji ulusidagi o'zaro
ichki kurashdan uddaburonlik bilan
foydalanadi. Oltin O'rdada toj-taxt
uchun ayovsiz kurash boshlangan
edi. Bunday sharoitda ba'zi chingiziylar turli tomonlarga qochib
jon saqlaganlar. Ulardan biri
To'xtamish Oq O'rdadan qochib
Samarqandga keldi. Amir Temur unga
izzat-hurmat ko'rsatdi, oxir-oqibatda
u Amir Temur yordamida Oltin O'rda taxtini egalladi. 

Amir Temur va To'xtamish 

Keyinchalik To'xtamish xoinlik yo'liga
kiradi. U Amir Temurga qarshi
ochiqdan ochiq kurashga o'tadi.
Natijada Amir Temur To'xtamishga
qarshi uch marta qo'shin tortishga
majbur bo'ladi. So'nggi shiddatli jang 1395-yilning
15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak
(Terek) daryosi bo'yida sodir bo'ldi.
Shiddatli muhoraba uch kun davom
etdi. Bu safar Amir Temur qo'shini
dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o'qqa tutish usulini
qo'lladi. O'q va qilich zarbiga chiday
olmagan To'xtamish qo'shinining safi
buzilib, orqaga chekindi va tarqalib
ketdi. To'xtamishxon sanoqligina
askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan
askarlardan bekindi. Rusiya
tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiy larning ta'kidlashicha, Amir Temurning To'xtamish ustidan
qozongan g'alabasi faqat O'rta Osiyo
uchun emas, balki butun Sharqiy
Yevropa, shuningdek, Rus
knyazliklarining birlashishlari uchun
ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 
* Yildirim  chaqmoq, yashin 
* Moli omon  o'lpon 
* Sohibqironjahongir, saodatli, zafarli, g'olib hukmdor. Ikki qarn
egasi  Sharq va G'arb mulkdori 

Eron, Iroq, Shom, Hindistonga
yurish 

Amir Temur o'z saltanatining janubiy
chegaralarini mustahkamlash va
kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu
yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik
va yetti yillik urushlar deb nom olgan.
Uch yillik (1386-1388) harbiy
yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning
shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko'li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir
Temur o'z ixtiyori bilan taslim bo'lib,
moli omon to'lagan shaharlarga
tegmagan, qo'shinlarni bunday
shaharlarga kiritmagan.
Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik
harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko'tarilgan qo'zg'olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish
qilishiga olib keldi. Bu besh yillik
(1392-1396) urush davomida G'arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda
Hindistonga yurish qiladi va Dehlini
egallaydi.
1399-1404-yillarda Eron, Old va
Kichik Osiyolarga bir necha yurish
qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan.
Keng ko'lamli harbiy yurishlar
natijasida Sohibqiron Amir Temur
saltanatining chegarasi Usmonli
turklar davlati chegarasiga borib
taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan
munosabatni yaxshilash tarafdori
bo'lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo'l
bilan hal qilish maqsadida ikki tomon
o'rtasida to'rt marta xat almashish
tashabbuskori bo'lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik,
manmanlik qilgani, hatto Amir Temur
nomiga nomaqbul so'zlarni ham
yozganligi tarixiy manbalarda qayd
etilgan. Boyazid qoraqo'yunlilar,
muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo'llab-
quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu
ikki davlat o'rtasida to'qnashuv
bo'lishi muqarrar bo'lib qoldi. 

Anqara jangi 

Amir Temur bilan Sulton Boyazid
qo'shinlari o'rtasidagi hal qiluvchi
jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir
bo'ladi. Bu jang tarixda Anqara jangi deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan
hammasi bo'lib 360 ming nafar, shu
jumladan, Sohibqiron Amir
Temurning taxminan 200 ming,
usmonlilar sultonining 160 ming
askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan
qo'shinning markaziy qismiga Amir
Temurning o'zi qo'mondonlik qiladi.
Uzoq davom etgan shiddatli jangda
Sohibqiron kuchlari turk qo'shinini
tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o'g'li Muso
Chalabiy ham asirga tushadi. Amir
Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilarning Yaqin
Sharqdagi oxirgi qarorgohiga
barham beradi. Amir Temurga Misr ham o'z itoatkorligini izhor etadi.
Vizantiya va boshqa xristian
olamidan Boyazidga beriladigan
bojlar endi Amir Temurga
to'lanadigan bo'ldi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya
qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o'z
muboraknomalarini yuboradilar.
Chunki Sohibqiron endigina
uyg'onayotgan Yevropaga ulkan
xavf solib turgan Usmonli turklar
davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan
edi.
Kichik Osiyodan Samarqandga
qaytgan Amir Temur 1404-yilning
27-noyabrida 200 ming qo'shin bilan
Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir
Temurning to'satdan vafot etib qolishi
(1405-yil 18-fevral) tufayli amalga
oshmay qoldi. 

Amir Temurning Vatanimiz va
jahon tarixida tutgan o'rni 

Amir Temur 35 yil davomida
mamlakatni boshqardi. Hindiston va
Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol
dengizidan Fors qo'ltig'iga qadar
bo'lgan g'oyat katta hududni qamrab
olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik
Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don
bo'ylari, Balxash ko'li va Elsuvi
daryosi, Shimoliy Hindistongacha
bo'lgan mamlakatlarni o'ziga
bo'ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod
qildi, balki bo'ysundirilgan
mamlakatlarning shaharlarini ham
qayta qurdirdi. Bag'dod, Darband va
Baylakon shaharlari shular
jumlasidandir. Karvon yo'llarida rabotlar, qal'alar, ko'priklar,
shaharlarda masjid va madrasalar
hamda bog'-u bo'stonlar barpo etdi.
Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va
Iroqdagi tarqoqlik va
boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G'arbni bog'lovchi
qadimiy karvon yo'llarini tikladi. Bu
bilan nafaqat Movarounnahr, balki
Uzoq va Yaqin Sharq
mamlakatlarining iqtisodiy va
madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan
yaqinlashtirishga ulkan hissa qo'shdi.
Amir Temur Yevropaning Fransiya,
Angliya va Kastiliya kabi yirik
qirolliklari bilan bevosita savdo va
diplomatik aloqalar o'rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib,
markazlashgan davlatning tashkil
topishi katta ijobiy oqibatlarga olib
keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini
va mo'g'ullarning bir yarim asrlik
hukmronligi natijasida tanazzulga
uchragan iqtisodni tiklash uchun
qulay sharoit vujudga keldi. Ayni
vaqtda xo'jalikning asosi bo'lgan sug'orma dehqonchilikda muayyan
siljishlar ro'y berdi. Yangi-yangi
kanallar qazilib, sug'orma
dehqonchilik maydonlari kengaydi.
Hunarmandchilik, ichki va tashqi
savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi
va gavjumlashdi.
Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi
edi. U o'zining g'olib askarlaridan o'z
zamonasining taomili bo'yicha
foydalandi. To'g'ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko'pincha adolatli
bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur
mashhur davlat arbobi, mohir
sarkarda sifatida O'zbekistonda
davlatchilikning yuksalishida muhim
o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir
qatorda Sohibi jahon hamda
Sohibi adl  Adolat sohibi
nomlari bilan ulug'lanadi.