32-. Amir Temur saltanatining
ma'muriy va harbiy tuzilishi

Saltanat boshqaruvi 

Sohibqiron Amir Temur o'z
zamonasining talab-ehtiyojlaridan
kelib chiqib davlat boshqaruvini
takomillashtirdi, unga yangicha ruh
va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy
tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo'lsa-da, jamiyat rivoji,
barcha ijtimoiy tabaqalarning
manfaatlarini ta'minlash nazarda
tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat
boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo'lgan.
Dargohni Oliy hukmdorning o'zi
boshqargan. Ijroiya hokimiyat 
devonni devonbegi (bosh vazir)
boshqargan. Devonda harbiy vazir,
mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan.
Bulardan tashqari sarhadlar va tobe
mamlakatlarning boshqaruvi bilan
shug'ullanuvchi yana uch vazir bo
Tib, ular devonbegiga hisobot berib
turgan. Markaziy hokimiyat tizimida
shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam,
dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi,
muhtasib va boshqa amaldorlar
xizmat qilgan.

* Dodxoh  shikoyatlarni ko'ruvchi * Muhassil  soliq undiruvchi * Sadri a'zam  vaqf mulklari boshqaruvchisi
* Suyurg'ol  oliy hukmdor tomonidan in'om tariqasida berilgan
yer-mulk
* Tavochi  qo'shin to'plovchi * Yasovul  hukmdorning shaxsiy topshirig'ini bajaruvchi 

Suyurg'ol yerlar 

Dargohda bosh hojib, xazinabon,
xonsolar, qo'shchi, bakovul, kotiblar,
bitikchilar, tabiblar, sozandalar,
dasturxonchilar xizmatdabo'lgan.
Amir Temur ulkan saltanat
tasarrufidagi oTkalarni o'g'illari, nabiralari va xizmat ko'rsatgan
amirlarga suyurg'ol tarzida in'om
qilib, ular orqali boshqardi.
Movarounnahrdan tashqari o'z
tasarrufidagi barcha viloyat va
mamlakatlarni Amir Temur o'limidan biroz avval o'g'il va nabiralari orasida
bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon,
G'arbiy Eron, Iroq, Armaniston,
Gurjistonni  Mirzo Umar ibn
Mironshohga, Forsni 
Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va
Seistonni  Shohruh Mirzoga, Sulton
Mahmud G'aznaviy mulkini Kobul va
Qandahordan Shimoliy
Hindistongacha Sind daryosi havzasi
bilan birga  Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O'tror
va Ashparadan to Xitoy
chegarasigacha  Ulug'bekka,
Farg'ona, Tarozdan to Xo'tangacha,
ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi
g'arbini  Ibrohim Sultonga berdi. Uluslar markaziy hukumatga itoat
etsalar-da, ammo ular ma'lum
mustaqillikka ega edilar. Ulus
hukmdorlarining alohida davlat
devonxonasi, qo'shini mavjud edi.
Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini
Samarqandga yuborib turish va oliy
hukmdor harbiy yurishlarida o'z
qo'shini bilan qatnashish yoki talab
qilingan askarni yuborib turishdan
iborat edi. 

Qo'shin tuzilishi 

Amir Temur davlat mustaqilligi va
muhofaza yo'lidagi ichki va tashqi
siyosatida asosan qo'shinga suyanar
edi. Shuning uchun ham u qo'shin
boshliqlarini tanlash va ularni
tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va
sarbozlarning qurollanishi hamda
ichki intizom masalalariga nihoyatda
katta ahamiyat berardi.
Amir Temur qo'shini o'ntalik askariy
birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman  o'n minglik, hazora  minglik, qo`shun  yuzlik va ayl  o'nlik birikmalariga bo'lingan. Amir Temur
o'n minglik askarni boshqarish uchun tuman og'asi, minglik bo'linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo`shunboshi va o'nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta'sis etadi. Ularning haq-huquqlari
oylik maoshining darajasiga mos
ravishda belgilab beradi. Janglarda
bahodirlik ko'rsatib, g'alaba
qozongan amir uchun in'omlar ham
belgilab qo'yilgan. Biron qo'shinni yenggan, biror mamlakat yoki
viloyatni zabt etgan amir bahodirlik
martabasi, davlat kengashlariga
bemalol kirish huquqi hamda biron
sarhadning noibligi bilan siylangan.
Askariy qismlarni viloyatlardan to'plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug'ullanar edi. 

Jangga kirish usuli 

Harbiy yurish paytida oldinda
xabarchilar, ular orasidan yasovul
bo'linmasi, undan keyinroqda
manglay  avangard qism borardi.
Manglay bilan qo'shinning asosiy
qismlari oralig'ida esa qo'mondonning qarorgohi va uning
yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar
joylashgan bo'lib, u  izofa deb yuritilgan.
Amir Temur qo'shinining asosiy
jangovar qismlari markaz, o'ng  burong'or va so'l juvong'or qanotlaridan iborat bo'lgan. Har bir
qanotning oldida bittadan
qo'shimcha qo'riqchi manglay 
avangardi, yon tomonida esa bittadan
qo'riqchi askariy qo'shilmalar 
qanbullar bo'lar edi. Shu tariqa qo'shin yetti qism  qo`llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy
qo'shinni yetti qo'lga  qismga bo'lib
joylashtirish tartibini birinchi bo'lib
Amir Temur joriy qilgan deb yozadi.
Bu qo'liar janglarda mustaqil harakat
qilib, faqat qo'shin qo'mondoniga bo'ysungan.
Amir Temur jang qilishning yangi
harbiy uslublarini qo'llagan. 

Temur tuzuklari 

Amir Temur hayotlik davridayoq
uning harbiy san'ati va davlat
boshqarish uslubiga bag'ishlangan
maxsus asar yaratilib, u Temur tuzuklari nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda
kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari
faoliyatining tartibi  tutumi va
vazifalari, vazir va qo'shin
boshliqlarini tayinlash tartiblari
belgilab berilgan. Amir Temurning ... davlat ishlarining to'qqiz ulushini
kengash, tadbir va mashvarat, qolgan
bir ulushim qilich bilan amalga
oshirdim, Kuch  adolatdadur
degan so'zlari uning mamlakatni aql-
zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur
davlatni boshqarish va harbiy sohada
o'ziga xos usul yaratib, shu asosda
barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol
qoldirdi.