33-. Mamlakat obodonchiligi
yo'lida

Shahar obodonchiligi 

Amir Temur o'z davlatining shon-
shuhrati uchun uning markaziy qismi
bo'lgan Movarounnahrning, ayniqsa,
poytaxti Samarqandning
obodonligiga alohida ahamiyat
beradi. Uning har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham
me'moriy obida barpo etish bilan
nishonlash odati bo'lgan. Shu
maqsadda Hindistondan olib kelingan
yuzlarcha mohir g'isht teruvchilar,
Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari
qatorida mahalliy ustalar ham
mamlakatda go'zal imorat-u
inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri
ustiga maqbara bino qildirdi. Begor  hashar. XV asr. Amir Temur Shahrisabzda otasi va
o'g'li Jahongirning qabri ustiga
maqbara qurdirdi, katta jome
masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda
dunyoga dong'i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko'tardi. Oqsaroyning koshinkor va parchinkor
peshtoqining guldor naqshlari
orasiga Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq degan xitobnoma bitilgan. Turkiston
shahrida Ahmad Yassaviy
maqbarasini bino qilishda ham
shunday maqsad nazarda tutilgan. 

Samarqand  davlat poytaxti 

Mo'g'ullar bosqini davomida butunlay
vayron etilgan Samarqand shahri
Amir Temur davrida o'zining qadimgi
o'rnidan birmunchajanubroqda qayta
quriladi. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda , Chorsu, Korizgoh, So`zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali
mustahkam yangi qal'a devor bilan
o'rab chiqiladi. Shahar arkida Amir
Temurning qarorgohi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroylar bino qilindi. Ko'ksaroy to'rt qavatli bo'lib,
gumbazlar va devorlari zangori
koshinlar, naqshinkor va guldor
parchinlar bilan qoplangani uchun u
shunday nom bilan shuhrat topadi.
Ko'ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o'tqizish marosimi vaqtida
ularni oq kigiz ustiga olib o'tqizadigan
toshdan taxt kursi  Ko'ktosh qo'yilgan edi. Bulardan tashqari,
arkda davlat devonxonasi, qurol-
yarog'lar yasaydigan ustaxona va
aslahaxona, tangalar so'qiladigan
zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar
joylashgan edi. Samarqandda saroylar, masjidlar,
madrasalar, maqbaralar quriladi.
Shahar tashqarisida esa bog'-rog'lar
barpo etiladi. 1404-yilda
Samarqandda bo'lgan Ispaniya elchisi
Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan
hayratda qolgan edi. Xuddi shu
davrda Shohizinda me'moriy
yodgorliklari majmuasidagi ba'zi
ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo'lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilinadi. 

Hunarmandchilik 

Bu davrda Samarqandda yangi,
ko'rkam va muhtasham binolardan
tashqari turli-tuman kasbdagi
hunarmandlar mahallalari paydo
bo'ladi. Amir Temur bu mahallalardagi
hunarmandlar uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bergan edi. 

Amir Temur bog'lari 

Amir Temur Samarqand atrofida
ko'pgina go'zal bog'lar barpo qildi.
Mohir me'mor, tajribali
sohibkorlarning aql-zakovati,
mehnati-yu mahorati bilan yaratilgan Bog'i Dilkusho, Bog'i Chinor, Bog'i
Bihisht, Bog'i Baland, Davlatobod,
Bog'i Nav, Bog'i Shamol, Bog'i
Jahonnamo, Bog'i Maydon kabi chorbog'lar va ulardagi go'zal
ko'shklar o'sha davr bog'dorchilik
san'atining yuksak namunalaridandir.
Tuzilishiga ko'ra bog'lar 2 turga
bo'lingan. Birinchi turdagi bog'lar har
tomoni taxminan 1 km masofadan cho'zilgan to'rtburchak shakldagi
chorbog'lardir. Ikkinchi turdagisi,
tabiiy daraxtzor va
chakalakzorlardan iborat ovloqlardir.
Bunday ovloqlar hukmdor shikor
(ov) qilishi uchun mo'ljallangan. Shaharning sharq tomonida Bog'i Dilkusho joylashgan. Uning tashqi hovlisida hashamatli saroy bo'lib,
unda qurollangan askarlar turgan,
ichki hovlida esa tug'lar bilan
bezatilgan olti fil haykallari safga
terilgan. Uchinchi hovli Amir
Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi
bo'lgan. Amir Temur Klavixoni ana
shu bog'da qabul qilgan. Qolgan
bog'lar ham o'ziga xos ajoyib usulda
barpo etilgan edi. 

Ichki va tashqi savdo 

Bu davrda Movarounnahrning
dehqonchilik vohalarida, xususan
Zarafshon vodiysida o'nlab sug'orish
tarmoqlari qurilib, dehqonchilik
maydonlari kengaytiriladi. Yangi-
yangi qishloqlar barpo etiladi. Amir Temur o'z davlati poytaxti Samarqand
atrofida qad ko'targan bir qancha
yangi qishloqlarni Sharqning
mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi,
go'zalligi hamda tevarak-atrofining
obod etilganligi jihatidan dunyodagi
eng yirik shaharlardan ham ustunroq
turmog'i lozim edi.
Tashqi savdoda ham Samarqand katta o'rin tutgan. Samarqandga turli
mamlakatlardan, xususan
Xurosondan madanlar, Hind va Sinddvvyoqut , olmos, Xitoydan atlas, choy, yashin toshi, mushk va boshqa mollar, o'zga mamlakatlardan
oltin va kumush olib kelinardi.
Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan
800 tuyalik savdo karvoni kelganini
o'z kundaligida qayd etgan.
Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va
Hindistondan O'rta Osiyo orqali Yaqin
Sharq va Yevropa mamlakatlariga
boradigan xalqaro savdo yo'li  Buyuk ipak yo `lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini
ta'minlash bo'yicha muhim
choratadbirlar ko'rganlar. Sharq bilan
G'arb o'rtasida savdo-sotiq va elchilik
aloqalari kengaydi. Bu esa Amir
Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga
olib keldi.