34-. G'arbiy Yevropa davlatlari
bilan aloqalar

Xalqaro-siyosiy vaziyat 

Sohibqiron Amir Temur jahon siyosiy
hayotiga ham ta'sir ko'rsatdi.
Malumki, bu davrda, bir tomondan,
sulton Boyazidning Bolqon yarim
oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi
kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan,
Boyazidning o'zi G'arbga tomon
shiddat bilan siljib borayotgan xavfli
raqib  Amir Temurning kuchli
tazyiqiga duchor bo'lgan edi. Bunday
siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada
birlashuvi tabiiy edi.
Avvalambor Boyaziddan yengilib, o'z
yer va mulklaridan mahrum bo'lgan
Kichik Osiyo mamlakatlarining
hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog'dagi
o'rdagohiga borib, qaror topadilar.
Hatto Vizantiya va G'alatadagi Genuya
hokimining noibi, Fransiya qiroli
hamda Sultoniya shahrining katolik
missionerlari yordam so'rab Amir Temurgamurojaat qiladilar. Buning
evaziga ular harbiy yurish vaqtida
unga yordam berish hamda
Konstantinopol va Peraning
Boyazidga to'lab kelgan bojini
bundan buyon Amir Temurga to'lashga va'da qiladilar. Bunday taklif
Amir Temurga maqbul tushadi.
Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi
tayanchidan ajratish uchun unga
dengizdan madad zarur edi. Shunday
qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba
berish uchun qulay siyosiy vaziyat
vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir
Temur ustalik bilan foydalanadi. 

Davlatlararo yozishmalar 

Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan
o'zaro diplomatik yozishmalar olib
borish bilan bir qatorda, bo'lajak
to'qnashuvda Trapezund va
Konstantinopolning harbiy
kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va
Venetsiyaga sovg'a-salomlar hamda
maktublar bilan elchilar yuboradi.
O'zaro yordam masalasida Amir
Temur Konstantinopol noibi Ioann
VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil,
15-may kuni Ioann VII Paleolog
nomiga yo'llagan xatining
mazmuniga qaraganda,
Konstantinopol noibi va Genuyaning
Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish,
hatto unga odamlar va har qaysisi 20
ta dan 40 tagacha harbiy kemalar
bilan yordam berish majburiyatini o'z
zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya
elchisi Klavixo ham o'z kundalik daftarida qayd qilib o'tadi.

* Diplomatik aloqalar  davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini
amalga oshirish borasidagi faoliyati
* Katolik missionerlari  katolik oqimini boshqa xalqlar orasida
yoyish maqsadida targ'ibot ishlari
bilan shug'ullanuvchilar

Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o'rnatib,
yozishmalar olib boradi. Fransiya
fuqarolari hisoblangan
genuyaliklarning yer va mulklarini,
ayniqsa, G'alatadagi mustamlakalarini
himoya qilish uchun Karl VI o'z navbatida Amir Temurdan madad
kutar va u bilan diplomatik aloqalar
o'rnatishga urinar edi. Amir Temur va
Karl VI yozishmalarida qayd
etilishicha, Sohibqiron qirolni qo'llab-
quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo'shini
ustidan qozonilgan buyuk
g'alabadan so'ng Amir Temurning
G'arbiy Yevropa davlatlari bilan
bo'lgan aloqalarining mazmuni
tubdan o'zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do'stona
munosabatlarni mustahkamlash va
o'zaro savdo-sotiq aloqalarini yo'lga
qo'yish kabi masalalarga ahamiyat
beradi. 

Elchilik aloqalari 

Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya
va Angliyaga maxsus elchilar orqali
Karl VI va Genrix IV nomlariga
maktublar yo'llaydi. Elchilar Parijga
1403-yil may oyida yetib boradilar.
Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo
munosabatlari olib borilishini
ta'minlash va agar qirol hamda
gersoglar rozi bo'lsalar, bu erkin
savdoni tegishli bitim yoki shartnoma
bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir
Temur Fransiya qiroli Karl VI ga
yo'llagan maktubida bu haqda
quyidagilarni alohida ta'kidlaydi:
Bundan keyin sizning
(odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning
o'lkangizga o'tgan ajdodlarimiz
davridagidek borib-kelib tursalar,
sizning va bizning nomimizni hamma
joyda olqishlab tursalar,
mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko'p xursand bo'lar
edik. Shuni aytish kerakki, endilikda
bizning yurtimizda
savdogarlaringizning xavfsizligi
ta'minlanadi.
Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15- iyundaAmir Temurga yo'llagan javob
maktubidan ma'lum bo'lishicha, Amir
Temur takliflari Fransiya tomonidan
mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning
Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida
g'arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o'z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir
Temurning keksayib qolgan davrida
G'arbiy Yevropa hukmdorlarining
diqqat e'tiborini o'ziga jalb etadi. Bu
davrda u Yevropa davlatlari bilan
o'zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning
daxlsizligini ta'minlash borasida
chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu
sababli G'arbda Mironshoh tez orada
katolik oqimining homiysi sifatida shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi.
1402-yilning bahorida dastlab
Ispaniya elchilari Amir Temurning
Kichik Osiyodagi qarorgohiga
yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va
Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo'shinining sonini bilish hamda
ular qo'l ostida yashayotgan
xalqlarning urf-odatlari, dini va
qonunlari haqida aniq ma'lumotlar
to'plash topshiriladi. Sharq va G'arb
davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur
tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga
yozilgan maxsus maktub va in'omlar
bilan kuzatiladi. Ularga qo'shib Amir
Temur Muhammadqozi ismli o'z
vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir
Temur huzuriga ikkinchi marta
maxsus elchilarni yuboradi. Unga
Klavixo boshliq qilib tayinlanadi.
1403-yil 21-mayda Ispaniyadan
jo'nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari
Samarqandda Amir Temur tomonidan
tantanavor qabul qilinib, ularga
hurmat-ehtirom ko'rsatadilar.
Klavixo boshliq Ispaniya elchilari
1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo'ladilar. Amir
Temurning Xitoy tomonga yurishi
munosabati bilan boshqa ko'pgina
davlatlarning elchilari kabi Ispaniya
elchilari ham 1404-yilning 21-
noyabrida Samarqanddan jo'natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-
yilning mart oyida qaytib boradi.
Klavixoning safar taassurotlari Buyuk Temur tarixi va Temur qarorgohi, Samarqandga
sayohat kundaligi nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr
qilinadi.