35-. Amir Temur vorislari o'rtasida
taxt uchun kurash va uning
oqibatlari

Taxt uchun kurash 

Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni
Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton
qishda, O'tror shahrida vafot etadi.
Amir Temur vafot etgach, lining bir
necha o'n yillar davomidagi sa'y-
harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi.
Buning asosiy sababi saltanat
tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar
xilma-xil, uzoq masofalarga
cho'zilgan bo'lib, ularni yagona bir
markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi
muxolifotchi kuchlar ajralib chiqish
uchun qulay payt kutardilar.
Saltanatning parchalanishiga Amir
Temur vorislari o'rtasidagi tojtaxt
ilinjida uzoq yillar davom etgan o'zaro ziddiyat va urushlar sabab bo'ldi.
Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi
etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul,
Qandahor va Hindiston viloyatlarining
hukmdori) tayinlagan edi.
Pirmuhammadni taxtga o'tqizish tarafdorlari kuchli bo'lsa-da, biroq
Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo o'zboshimchalik bilan 1405- yilning 18-mart kuni Samarqandni
egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi. Pirmuhammadning yo'lini to'sib,
uning rejalarini buzib yuborish
niyatida hatto u Amudaryoning o'ng
tomonidagi yerlarni ham o'z
hokimiyatiga qo'shib oladi.
Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning
nufuzli a'yon va kiborlaridan ma'lum
qismini o'z tarafiga og'dirib
Movarounnahr taxtini egallagan
bo'lsa-da, ammo ko'p vaqt o'tmay u
Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning
kuchli noroziligi va isyoniga duch
keladi. Birinchi bo'lib Turkiston
hamda Farg'onaning hokimi amir
Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil
Sultonga qarshi isyon ko'taradilar. Hatto Xalil Sultonning ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z
hokimiyatini o'rnatmoq niyatida
akasiga qarshi bosh ko'taradi. O'z
navbatida Amir Temur taxtining
qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o'tib, Xalil
Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar
tortadi. Movarounnahrda boshlangan
sulola kurashlari shu tariqa avj olib
ketadi.
Oqibatda bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, G'azna va Kandahorda Pirmuhammad, G'arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning
o'g'illari Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar hokimi mutlaq bo'lib oladilar. Sirdaryodan shimolda
joylashgan viloyatlar: Turkiston,
Sabron, O'tror, Sayram amir
Berdibekning tasarrufida qoladi.
O'ratepa bilan Farg'onani amir Xudoydod Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O'rdaning nufuzli
amirlaridan Idiku bosib oladi. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda
vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo'lida halok bo'ladi. 1408-yil 22-
aprel kuni Qoraqo'yunli
turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'ladi. Ozarbayjon
va Iroq viloyatlari temuriylar qo'lidan
ketadi.
1409-yil bahorida Movarounnahrda
vaziyat yanada keskinlashadi. Amir
Xudoydot O'ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo'lga kiritib,
Samarqand tomonga askar tortadi.
Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi
bo'yida sodir bo'lgan jangda Xalil
Sulton qo'shini mag'lubiyatga
uchraydi, o'zi esa asirga olinadi. 

* Valiahd  toj-u taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har
ehtimolga qarshi voris tayinlab
qo'yardi
* Muxolifot  mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar 

Shohrux hokimivatining qaror
topishi 

Shu davrda Xurosondagi amirlar
isyonini bostirishga ulgurgan
Shohrux endilikda butun e'tiborini
Movarounnahrga qaratadi. Chunki u
ota yurtidagi hodisalarga loqayd
qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amudaryodan o'tib, Samarqand sari
yurish qiladi. Qariyb besh yil davom
etgan o'zaro kurash va isyonlar
xalqning jiddiy noroziligiga sabab
bo'lgan edi. Shuning uchun ham
temuriyzodalar va amirlar o'rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida
Shohrux boshlagan harakat
mamlakat fuqarolarining ko'pgina
tabaqalari tomonidan quvvatlanadi.
Shu bois Movarounnahrdagi
beboshliklarga chek qo'yilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z
hukmronligini o'rnatadi hamda
mamlakatda tinchlik va osoyishtalik
o'rnatishga muvaffaq bo'ladi.
Shohruxning uzoq hukmronligi
davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo'li ostida
saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan
mamlakat ikki davlatga bo'lingan edi.
Ulardan biri Amudaryodan janubda
joylashgan Shohrux boshchiligidagi
davlat bo'lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa
Amudaryodan shimolda
Movarounnahr va Turkiston
hududida Ulug'bek boshchiligidagi
davlat bo'lib, Samarqand uning
poytaxti edi.