36-. Ulug'bek  ma'rifatparvar
davlat arbobi

Ulug'bek  Movarounnahr
hukmdori

* Mirzo Ulug'bek 1394-yilning 22-
martida Sultoniya shahrida tavallud topgan 

1409-yilda Shohrux Samarqanddan
Hirotga qaytish oldidan o'n besh
yoshli Mirzo Ulug'bekni
Movarounnahr va Turkistonga hokim
qilib tayinlaydi. Ulug'bek
(1394-1449) garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e'lon
qilinsa-da, aslida uning hokimiyati
chegaralari dastavval faqat
Samarqand, Buxoro va Nasaf
viloyatlari bilangina cheklanardi.
Chunki Shohrux tomonidan Farg'onadan to
O'zgangacha  Amirak Ahmad, Hisori
Shodmon esa Muhammad Jahongir
ixtiyoriga berilgan edi. Turkiston
Shayx Nuriddinning tasarrufida edi.
O'sha vaqtda u na Ulug'bek va na Shohruxni tan olardi. Shuning uchun
ham mamlakat notinch edi.
Shayx Nuriddin Turkiston bilan
qanoatlanmaydi. 1410-yilda u
Muhammad Jahongir, Yangi va
Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda Oq o'rdalik
xonzodalardan Chingiz o'g'lonlar
bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi
isyon ko'taradi. 1410-yil 20-aprelda
Samarqand yaqinida Qizilravot mav
zeyida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug'bek qo'shinlari o'rtasida
jang bo'ladi. Jangda Ulug'bek
mag'lubiyatga uchrab, Kalifga tomon
chekinadi. Shohrux Samarqandga
yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini
bostiradi. Movarounnahr va Tur kistonni to'liq boshqarish 18 yashar
Ulug'bek qo`liga o'tadi. 

Harbiy yurishlar 

Ulug'bek 1414-yilda Farg'ona va
Qoshg'arni egallaydi.
1413-yilda Shohrux tomonidan
Xorazm Oltin O'rda xonlari
tasarrufidan qaytarib olingach,
Ulug'bek davlatining g'arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi
barqarorlashgan bo'lsa-da, ammo
uning shimoli g'arbiy va shimoli
sharqiy tomonlari hali xavotirli edi.
Shu sababli Ulug'bek Dashti
Qipchoqda boshlangan o'zaro nizoga hamda Mo'g'ulistonda avj olgan ichki
kurashlarga jiddiy e'tibor berishga va
aralashishga majbur bo'ladi.
Ulug'bek otasining rizosi bilan 1425-
yilning erta bahorida
Mo'g'ulistonustiga yurish boshlaydi. Issiqko'l yaqinida sodir bo'lgan
to'qnashuvda Ulug'bek mo'g'ullar
ustidan g'alaba qozonadi va mahalliy
muxolifotchi kuchlarni bartaraf etib,
mamlakat sharqiy chegaralarini
mustahkamlaydi. Qoiga kiritilgan o'ljalar orasida ikki bo'lak nefrit toshi
ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan
Amir Temur maqbarasi uchun
qabrtoshi yasattiriladi.
Mo'g'ulistonda bo'lgan bu urushda
Ulug'bek qozongan g'alabaning nishoni tarzida Jizzax yaqinida
Ilono'tti darasi ichida hijriy 828-yilda
(1428) Ulug'bek tomonidan
qoyatoshga yozdirilgan o'ziga xos
zafarnoma hozirgi kungacha
saqlangan. Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan
yurishda esa Ulug'bekning omadi
kelmaydi. Otasi Shohruxning katta
qo'shin bilan yetib kelishigina
Ulug'bekni halokatdan saqlab
qolgan. 

* Mirzo Ulug`bek (1449-yilniiig 27-
oktabri) 55 yoshida Samarqand
yaqinida fojiali vafot etdL


Taxt uchun kurash 

Shohrux 1447-yil 12-mart kuni
nevarasi Sulton Muhammad isyonini
bostirish vaqtida Ray viloyatida
o'rniga voris belgilashga ulgurmay
olamdan o'tadi. Shohrux vafot etishi
bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o'rtasida toj-taxt
uchun kurash yana avjga minib,
mamlakat beqarorlik va chuqur
ijtimoiy-siyosiy larzalarga duchor
bo'ldi. Odatga ko'ra taxtga
Shohruxning to'ng'ich o'g'li Ulug'bek o'tirishi kerak edi. Ammo taxtni
Boysung'urning o'g'li Alouddavla
egallaydi. Toj-u taxt uchun yana
kurash boshlanadi.
O'zboshimcha shahzodalar
Ulug'bekka qarshi harakat boshlaydi va 1447-yilning bahorida Alouddavla
Ulug'bekning katta o'g'li
Abdullatifning qo'shinini tor-mor
qilib, asirga oladi. Ulug'bek
Alouddavla bilan sulh tuzishga
majbur bo'ladi. Unga ko'ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug'bek esa Hirot va
Xurosonga bo'lgan da'vosidan voz
kechadi. Biroq ko'p o'tmay sulh
buziladi. 1448-yilning bahorida
Ulug'bek va Abdullatifning 90 ming
kishilik birlashgan qo'shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo'lgan
jangda Alouddavla qo'shini tor-mor
keltirilib, Hirot qo'lga kiritiladi.
Ulug'bek Xurosonda Abdullatifni
qoldirib, o'zi Samarqandga qaytadi.
Chunki Movarounnahrda Ulug'bekka qarshi isyon boshlangan edi.
Abdullatif, garchi bobosi
Shohruxning Hirotdagi taxtiga
o'tirishga muyassar bo'lsa-da, ammo
unda otasiga nisbatan adovat paydo
bo'ladi. G'alaba to'g'risida tevarak- atrofga yuborilgan fathnomalarda
Abdullatifning nomi inisi
Abdulazizdan keyin tilga olingani,
Ixtiyoriddin qal'asidagi xazina
Ulug'bek tomonidan olib qo'yilgani
o'ta shuhratparast hamda mol- dunyoga o'ch Abdullatif uchun
bahona bo'ladi. U otasining
dushmanlari bilan yashirin tarzda til
biriktirib, zimdan Ulug'bekka qarshi
harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda
faqat o'n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo'shinining
shaharga yaqinlashib kelayotganidan
xabar topib poytaxtni jangsiz
bo'shatib, Movarounnahr tomon
qochadi. Ulug'bek farmoni bilan
Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda tamg'a solig'ini bekor
qilib, savdogarlarni o'z tarafiga
og'dirib oladi. Otasidan norozi bo'lgan
amirlarni atrofiga to'playdi. Hatto
Abulqosim Bobur bilan bog'lanib, uni
birlashib Ulug'bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday qilib, Abdullatif o'z
otasiga qarshi ochiqdan ochiq
dushmanlik yo'liga o'tadi. 

Ulug`bek fojiasi 

Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq
uchun Ulug'bekda o'zining isyonkor
va makkor o'g'liga qarshi yurish
qilishdan boshqa iloj qolmaydi.
Ammo mamlakatda siyosiy vaziyat
keskinlashib, Ulug'bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan,
Ulug'bek old tomondan Dashti
Qipchoq ko'chmanchilarining
hujumiga duchor bo'ladi.
Abulxayrxon boshchiligidagi ko'chmanchilar o'shanda Toshkent,
Shohruxiya, Samarqand va Buxoro
tevaragidagi qishloqlarni talab,
podshoh va yirik mansabdorlarning
shahar atrofidagi chorbog'lari va
ko'shklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan
bo'lgan to'qnashuvlar oqibatida
Ulug'bek qo'shini qattiq shikast topib,
zaiflashib qoladi. Shu vaqtda
Samarqandda vaqtinchalik noib qilib
qoldirilgan Ulug'bekning kichik o'g'li Abdulazizga qarshi Samarqand
amirlarining noroziligi kuchayib,
Ulug'bek uni bartaraf qilishga majbur
bo'ladi.
Otasining qiyin ahvolda qolganini
kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko'taradi
va Amudaryodan kechib o'tib, Termiz,
Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt
etadi. So'ngra Samarqandga qarab
yo'l oladi. 1449-yil oktabrda
Damashq qishlog'i yaqinida qattiq jang bo'ladi va bu jangda Ulug'bek
yengiladi, Samarqand amiri
Mironshoh Qavchin shahar
darvozalarini berkittirib Ulug'bekni
ichkariga kirishga qo'ymaydi. U
Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo'lishga majbur
bo'ladi. Shahar qozisi Shamsiddin
Muhammad Miskinning qarshiligiga
qaramasdan, Abdullatif jaholatparast
ulamolarning yashirin fatvosini
chiqartirib, otasining o'ldirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug'bek
55 yoshida fojiali halok bo'ladi.
Shunday qilib, Ulug'bek
Movarounnahrni qirq yil idora qildi.
Bu davrda mamlakatning siyosiy
hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni
mustahkamlashga, mamlakat birligini
saqlab qolishga va madaniy hayotni
ko'tarishga, rivojlantirishga harakat
qildi, bu yo'lda o'zi bosh bo'ldi.