39-. Hunarmandchilik va savdo
aloqalari

Hunarmandchilik 

Movarounnahrning Samarqand,
Buxoro, Toshkent, Shohruxiya,
Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa
ko'pgina shaharlari hunarmandchilik
markaziga aylanadi. Shaharlarda
hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog'liq
bo'lgan yangiyangi guzarlar, ko'cha-
ko'ylar, bozor rastalari, timlar va
toqlar (usti gumbazli bozor) paydo
bo'ladi. Ko'pgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtaroshlovchilar, shishasozlar, ko`nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo'lgan.
Shaharlarda ip, ipak, jun va kanop
tolasidan turli xildagi rangdor, guldor
hamda nafis va dag'al gazmollar
to'qib chiqarilar edi.
XV asrda temir buyum, qurol-yarog' va asboblar yasash yuqori darajaga
ko'tariladi. Chilangarlarning aksariyati
uy-ro'zg'or buyumlari, qurol-
yarog'lar va asbob-uskunalar
yasovchi temirchilardan iborat edi.
Ular orasida mix yasovchilar , taqachilar, sim cho`zuvchilar, pichoqchilar kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo`lgan.
Shaharlarda, xususan Samarqand va
Hirotda zargarlik rivoj topadi. Shahar
zargarlari orasida oltin, kumush va jez
qotishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar
va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis ishlov
beruvchi mohir ustalarning soni
ko'payadi. Odatda naqshinkor badiiy
buyumlar boylik hashamlari
hisoblanib, ular faqat mulkdor
tabaqalargagina mansub edi. 

Binokorlik, yog`och o`ymakorligi 

O'rta asr hunarmandchiligida kulolsozlik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi. U kosasozlar, xumsozlar va tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo'linadi. Bu davrda tosh
yo'nish, unga sayqal berib, o'ymakor
naqshlar va xushxat yozuvlar bitish
san'ati kamolotga yetadi.
Samarqandda Bibixonim jome
masjidida Qur'onni qo'yish uchun o'matilgan ulkan tosh lavh, Go'ri
Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda
va boshqa joylardagi sag'analarga
jimjimador naqshlar berilb, o'ymakor
oyatlar, marsiyalar va tarixiy
qaydnomalar yozilgan. Bu davrda mamlakatning yirik
shaharlari, xususan Samarqand va
Hirotda qurilish ishlari keng avj olib,
binokorlarning roli oshib ketadi.
G'isht terib imorat qaddini bino
qiluvchilar banno, peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va
girixlar qoplab imoratga pardoz
beruvchilar ustoz deb yuritilgan. XV asrda shishasozlik ham taraqqiy
qilgan. Samarqandda, hatto
shishasozlar mahallasi bo'lgan. Bu
davrda yog'ochsozlik ham
rivojlangan. Mohir duradgor ustalar
yog'och o'ymakorligi bilan shug'ullangan. Ular naqshinkor
eshiklar, panjaralar, ustunlar, toq-
ravoqlar, xontaxtalar, kursilar va
boshqa xil ko'pdan ko'p ashyo va
jihozlar yasaganlar. Go'ri Amir va
Shohizindaning oyatlar bitilgan naqshinkor eshiklari XV asr xalq
ustalarining yog'och o'ymakorligi
san'atidagi eng nodir namunalardan
hisoblanadi.
Samarqand hunarmandchiligida,
ayniqsa, qog'oz ishlab chiqarish alohida o'rin tutadi. Samarqand
qog'ozi o'rta asr Sharq xattotligida
g'oyat mashhur bo'lib, uning ma'lum
bir qismi chet o'lkalarga chiqarilgan.
Bu davrda hunarmandchilikning teri
oshlash, charm-mo'yna mahsulotlari: mahsichilik, po'stindo'zlik, telpakdo'zlik, kavushdo 'zlik, etikdo`zlik sohalari ham rivojlangan. Samarqand bozorida shirmoyi, sedana payvand , noni zargaron, noni osiyoiy kabi mashhur anvoyi nonlari, ziravorlar, attorlik mollari
sotilar edi. 

Savdo aloqalari 

XV asrda temuriylar uzoq va yaqin
qator qo'shni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rus, Volgabo`yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi. Xitoydan asosan
ipak, shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, choy, chinni, lal, gavhar va mushk; Hindistondan nafis oq rangli ip matolar, nil (bo`yoqlar), xushbo`y ziravorlar ; Erondan surp, marvarid, durlar; Rus, Tatariston va Sibirdan qimmatbaho mo`yna, ten va mum olib kelinar edi. Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga olib
kelingan mollar orasida farang gazmollari, movuti, cherkas pichog`i bor edi. Samarqanddan chet mamlakatlarga,
xususan Rus, Tatariston va Sibirga
arzon baholi ip matolar, asosan bo % duxoba, shoyi gazlama, qog'oz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip)lar chiqarilgan. Chet davlatlar bilan o'zaro savdo-
sotiqning kengaytirishda
temuriylarning qo'shni mamlakatlar
bilan olib borgan elchilik aloqalari katta rol o'ynaydi. Ulug'bek va
Shohrux Xitoy bilan muntazam
ravishda elchilar almashib turishgan.
1418-yilda Ardasher boshliq
Shohrux elchilari Xitoyda bo`ladilar.
1419-yilda bunga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoy dan Samarqand va Hirotga elchi bo'lib keladilar. Elchilar Ulug`bek va Shohrux nomiga o'zaro do'stlik munosabatlarini rivojlantirish
xususidagi takliflar yozilgan maktub
va katta sovg'a-salomlarni
topshiradilar. 1420-yilda Shohrux va
Ulug'bek o'z elchilari bilan birga 530
nafar savdogardan iborat savdo karvonini Xitoyga jo'natadilar.
Temuriylarning elchilari ikki yildan
ortiqroq Xitoyda bo'lib, 1422-yilda o'z
vatanlariga qaytib keladilar.
Shohrux bilan Ulug'bek zamonida
Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo'shnichilik munosabatlari
o'rnatiladi. 1421-yilda Tibetdan
Buxoro va Samarqandga elchilar
keladi. 1441-1442-yillarda Shohrux
Hindistonga Vijayanagar saroyiga
tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U
Kermon, Xurmuzd va Fors qo'ltig'i
orqali Hindistonga qilgan sayohatini
yozib qoldiradi.

* Tamg'a  savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq
* Fulus  misdan yasalgan mayda chaqa pul 

Pul muomalasi 

Iqtisodiy taraqqiyot ma'lum darajada
o'sha davrda o'tkazilgan pul islohoti
bilan ham bog'liq edi. Ma'lumki,
Ulug'bek 1428yilda muomaladagi
fulusiy pullar islohotini amalga
oshirdi. Ulug'bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan chaqa
pullar bilan ayirboshlashni man etdi.
Eski chaqalarni yangisiga almashtirib,
ichki savdoning fulusiy pullarga
bo'lgan talabini qondirish uchun bir
vaqtning o'zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent,
Shohruxiya va Andijon shaharlarida
zarbxonalar tashkil etib, bir xil
vazndagi salmoqdor fuluslar zarb
ettiradi va muomalaga chiqaradi. Xalq
o'rtasida fulusi adliya, ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat
topgan Ulug'bekning bu yangi
fuluslari ichki chakana savdo uchun
keng yo'l ochildi. Shu bilan birga
Ulug'bek tashqi savdodan davlat
xazinasiga tushadigan daromadni ko'paytirish maqsadida tamg'a
solig'ini birmuncha oshirdi.
Shunday qilib Ulug'bek zamonida
mamlakatda ichki va tashqi
savdoning kengayishi
hunarmandchilik mahsulotlarining hajmini oshirib, kasb-hunar
tarmoqlarining rivojida asosiy
omillardan biriga aylandi.