40-. Ilm-fan ravnaqi

IIm-fan markazlari 

XV asrda Samarqand va Hirotda
olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u
bastakorlarning kattagina guruhi
to'plangan edi. Ilm-fan va san'atning
taraqqiyotida zamonasining madaniy
muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat
qozongan Ulug'bekning hissasi
nihoyatda buyukdir. Ulug'bek
mamlakatni boshqarish bilan bir
qatorda, ilmiy ishlar bilan
shug'ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi.
Ulug'bek o'tmishdoshlari Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy,
Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon
Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o'rganadi. Bu buyuk
mutafakkirlarning asarlari orqali u
qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi.
Ulug'bek farmoni bilan 1417-yilda
Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda,
1433-yilda G'ijduvonda madrasalar
qad ko'taradi. Hatto Buxoro
madrasasining darvozasiga Bilim olish har bir musulmon ayol va
erkakning burchidir degan xitobnoma o'yib yozib qo'yiladi.
Movarounnahrning bu uchta qadimiy
shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar,
xususan Samarqand madrasasi
zamonasining dorilfununi edi. Ushbu
madrasalarda diniy ilmlar: Quron, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hayat (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo`g'rofiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham
o'qitilardi. 

Ulug'bek madrasasi 

1420-yilda ochilgan Samarqand
madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali
bo'lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo'lingan. Madrasada yuzdan ortiq talaba
istiqomat qilgan va ta'lim olgan.
Madrasada o'sha zamonning iqtidorli
olimlaridan mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi mudarris bo'lgan. O'rta asrlarning
mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy,
Mirzo Ulug'bek va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Madrasa
ochilgan kuni birinchi darsni Shamsiddin Muhammad Havofiy o'qigan, darsda tolibi ilmlardan
to'qson nafari qatnashgan.
Madrasada ilmi hay'at
(astronomiya)dan darsni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15-16 yil tahsil
ko'rib, uning dasturi bo'yicha fanlarni
to'la o'zlashtirgan va imtihonlarda o'z
bilimini namoyish qila olgan tolibi
ilmlarga sanad yozib berilgan. 

Ulug'bek rasadxonasi 

Samarqandda o'z atrofida to'plangan
taniqli olimlarning bevosita ishtiroki
va yordamida Mirzo Ulug'bek
1424-1429-yillarda shahar
yaqinidagi Obirahmat anhori bo'yida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha
olimlarning qiziqishini uyg'otib
kelayotgan bu ulkan imoratning
balandligi 31 metr edi.
Binoning ichki sahni sekstant va
koridorlar bilan uch qismga ajratilgan. Rasadxona joylashgan bu mavze
mahalliy aholi o'rtasida Naqshi jahon degan nom bilan shuhrat qozongan. O'RTA OSIYO XV ASRDA G'iyosiddin Jamshid boshchiligida
rasadxonaning asosiy o'lchov asbob-
uskunasi  ulkan sekstant o'rnatilgan. Samarqand sekstanti
o'sha davrda Sharqda ma'lum bo'lgan
sekstantlarning eng kattasi
hisoblangan. Ulug'bek rasadxona
qoshida zamonasining boy
kutubxonasini ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma
sohalariga tegishli qariyb o'n besh
ming jild kitob saqlangan.
Rasadxona tevaragida olimlar va
xizmatchilar uchun katta-kichik
hujralar quriladi. Uning etagida esa ikkita chorbog' barpo etiladi. Ulardan
biri Bog'i Maydon, ikkinchisi esa
Chinnixona nomi bilan shuhrat
topadi.
Ulug'bekning faol ishtiroki bilan
Ulug'bek rasadxonasi o'sha zamon sharoitiga mukammal astronomik
asbob va uskunalar bilan jihozlangan
oliy darajadagi ilmgohga aylanadi.
Rasadxonada Ulug'bek bilan birga
mashhur matematik va
astronomlardan Aflotuni zamon deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, o'z davrining Ptolemeyi  nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va
ko'pgina boshqa olimlar ilmiy
kuzatishlar va tadqiqotlar olib
boradilar. Xullas, Ulug'bek
Samarqandda butun bir astronomiya
maktabini yaratdi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish
va tadqiqotlar tufayli 1018
qo'zg'almas (turg'un) yulduzlarning
o'rni va holati aniqlanib, ularning
astronomik jadvali tuziladi.
Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida
matematika va astronomiyaga oid
qator nodir asarlar yaratildi.
Ulug'bekning shoh asari Ziji jadidi
Ko'ragoniy (Ko'ragoniyning yangi
astronomik jadvali) nomli kitobidir. Ziji jadidi Ko`ragoniy asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018
qo'zg'almas yulduzlarning o'rni va
holati aniqlab berilgan jadvallardan
iborat. Ulug'bekning astronomik
jadvali o'sha zamondagi shunga
o'xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, Ulug'bekning yil hisobini
hozirgi hisob-kitoblarga
solishtirgudek bo'lsak, u bor-yo'g'i
bir minut-u ikki sekundga farq qiladi.
Bu XV asr uchun g'oyat yuksak aniqlik bo'lib, hozirgi zamon
o'lchovlariga juda yaqindir. Ulug'bek
Tarixi arba ulus (To'rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa
ilmiga bag'ishlangan beshta risola
ham yozgan. Ulug'bekning
astronomiya maktabi o'z davrining
o'ziga xos akademiyasi edi.
Samarqand akademiyasi mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi
olim Volter (1694-1778) tomonidan e'tirof etilgan. Ulug'bek Samarqandda bo lib akademiyaga
asos soldi. Yer sharini o`Ichashni buyurdi va astronomiyaga
oidjadvallarni tuzishda ishtirok
etdi, deb yozgan edi Volter. 

Samarqand akademiyasi 
1004-yilda Xorazmning qadimiy
poytaxti Gurganjda tashkil etilgan
Donishmandlar uyidan (Ma'mun
akademiyasi) keyingi ikkinchi
Dor ul-ilm edi. 

* Akademiya  oliy ilmiy tashkilot * Rasadxona (observatoriya)  osmon jismlari tadqiqoti uchun
maxsus jihozlangan ilmiy muassasa
va shu muassasa joylashgan bino
* Sanad  shahodatnoma * Sekstant  osmon yoritqichlarining balandligini
belgilash uchun mo'ljallangan
ko'zgu-qaytargichli asbob