41-. Madaniy hayot

Kitob san'ati 

XV asrda kitobat san'ati, ya'ni
qo'lyozma asarlarni ko'chirib yozish
va u bilan bog'liq bo`lgan xattotlik,
musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik
san'ati ham nihoyatda yaxshi
taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali
vujudga kelmagan zamonda kitob
yaratish va uning nusxalarini
ko'paytirish og'ir mehnat va ko'p vaqt
sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish
bo'lgan. Har bir kitob qog'ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan
tortib to bo'yoqlari-yu zarhaligacha
ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi.
Xattot bo'lish uchun uzoq vaqt sabr-
matonat va ishtiyoq bilan mashq
qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo'lishi lozim edi. Mohir
xattotlar o'z usuli va uslubini
shogirdlariga o'rgatardi. Shu tariqa
xattotlik an'analari davom ettirilar va
rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni
kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan
biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa'diy, Xisrav Dehlaviy,
Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini
ko'chiradi. Sultonali tomonidan
ko'chirilgan 50 dan ziyod kitob va
ko'pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha
yetib kelgan. Sultonali o'ymakorlik
san'atida ham mohir bo'lgan. Husayn Boyqaroning Bog'i Jahonoro bog'idagi saroy devorlaridagi bitiklar,
Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha
Sultonali tomonidan o'yib bitilgan. U
xattotlik san'ati turlari haqida maxsus
asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy
Qiblat ul-quttob (Kotiblar qiblasi) va Sulton ul-xattotin (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy
kutubxonalari tashkil etilgandi.
Kutubxona ishlariga kutubxona dorug`asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo'l ostida xattotlar,
naqqoshlar-u musavvirlar, mohir
lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni
bajarganlar. Masalan, Hirotda
Ulug'bekning ukasi Boysung'ur
kurubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo'lyozma
asarlardan nusxalar ko'chirish va
ularni bezash bilan band bo'lgan.
1429-yilda bu kutubxonada
Abulqosim Firdavsiyning mashhur
Shohnoma dostoni ko'chirtirilib, u 20 ta rurli mazmun va manzarali
rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy
saroy kutubxonasini nodir asarlar
bilan boyitishga g'amxo'rlik qiladilar. 

Tasviriy san'at 

XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan
tasviriy san'at  portretlar, hayotiy
lavhalar, tabiat manzaralari, bino va
badiiy asarlarga ishlangan
tasvirlardan iborat bo'lgan. Siymolar
qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod,
Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha
saqlanib qolgan. Musavvirlar bu
tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasini
aniqroq va mukammalroq
tasvirlashga, ayrim hollarda hatto
ularnnig ma'naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan,
mashhur rassom Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida
shoir hassaga tayangan, uning
qomati birmuncha bukchaygan,
qarashlarida ham horg'inlik
alomatlari, ham ulug'vorlik va
olijanoblik ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Kamoliddin Behzod zamondoshlari
tomonidan Moniyi Soniy (Ikkinchi
Moniy) deb uluglangan.
Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san'atining ulug' namoyandasidir. U
musavvirlikda Hirot maktabi deb
nomlangan yangi bir ijodiy uslubning
asoschisi bo'ldi. U ustoz san'atkor
sifatida O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon
va boshqa o'lkalar tasviriy san'atining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi.
Behzodning ijodi xilma-xil
mazmunga ega bo'lib, u tarixiy
siymolar (Husayn Boyqaro,
Shayboniyxon, Alisher Navoiy)
portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul
marosimlari va jang maydoni
manzaralarigacha haqqoniy va ta'sirli
qilib bera olgan. Ayniqsa,
Dehlaviyning Layli va Majnun  dostoniga bag'ishlangan uning lirik
manzaralari yoki Sharafiddin Ali
Yazdiyning Zafarnoma asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli
jang tasvir etilgan miniaturalari
nihoyatda jozibador va ta'sirchandir.
Xullas, tasviriy san'at asarlari bilan
badiiy adabiyotning o'zaro uzviy
aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta'sir etganini
ko'rsatadi. 

Musiqa 

XIV-XV asrlarda yangi kuy va
qo'shiqlar, cholg'u asboblari va
musiqa nazariyasiga doir nodir
asarlar yaratildi. Juda ko'p mahoratli
sozandalar, mashshoqlar, bastakorlar
va hofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy,
Husayn Udiy, Shohquli
G'ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar shular jumlasidandir.
Omilkor musiqachilar bilan bir
qatorda Ulug`bek, Navoiy, Jomiy,
Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar
ham musiqa san'ati bilan shug'ullanib,
uning rivojiga ma'lum hissa qo'shadilar. Masalan, Ulug'bek
Bulujiy, Shodiyona, Axloqiy,
Tabriziy, Usuli ravon va Usuli
otlig', Navoiy Isfahoniy kuylarini
ijod qiladi. Jomiy va Binoiylar musiqa
nazariyasiga doir asar yaratadilar. Musiqa she'riyat bilan uzviy aloqada
yangi taraqqiyot pog'onasiga
ko'tariladi. 

Adabiyot 

O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy
uslub jihatidan takomillashdi, yangi
pog'onaga ko'tarildi. Nasrda ham,
nazmda ham ko'plab nodir badiiy va
lirik asarlar yaratildi. O'rta Osiyo
xalqlari, xususan o'zbek hamda tojik adabiyoti o'rtasida o'zaro aloqa va
hamkorlik kengaydi va
mustahkamlandi. Tarjima adabiyot
vujudga keldi. Badiiy adabiyotning
o'sishi bilan uzviy bog'langan holda
adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.
Bu davrda zamonasining iste'dodli
shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy,
Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy,
Sakkokiy, Lutfiy, Bobur,
Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan Yusufva Zulayho dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy
adabiyotining durdonalaridir. Bu davr
o'zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o'rin tutadi. Navoiyga qadar o'zbek she'riyatida
Lutfiy darajasiga yetadigan shoir
bo'lmagan. U birgina turkiy tilida
asarlar yaratib qolmadi, balki fors
tilida ham qasidalar yozdi.
Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo'lishni
targ'ib qilish, ilm va san'atni sevish
kabi fikrlar katta joy olgan.
XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida
buyuk davlat arbobi, ulug' shoir, olim,
mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning
hissalari g'oyat buyukdir. Navoiy
butun faoliyati va ijodiyotini
insonning baxt-saodati uchun
kurashga, xalqning osoyishtaligiga,
o'zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san'at
va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi.
U o'zbek adabiy tili, o'zbek mumtoz
adabiyotini yangi pog'onaga ko'tardi.
Navoiy o'ttizdan ortiq yirik badiiy asar
yozdi. Xamsa, Xazoyin ul-maoniy, Mahbub ul-qulub, Lison ut-tayr
shular jumlasidandir.
Navoiy tarixni bilishning ahamiyati
katta ekanini ta'riflab, odamlarni
tarixni o'rganishga da'vat etadi.
Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimayi holini emas,
balki mamlakat tarixini o'rganishi
kerak. Navoiy mamlakatni nimalar
tanazzulga va nimalar farovonlikka
olib kelishini, qanday ishlar tufayli
mamlakat obod bo'lishini, xalqqa farog'at va baxt keltirishini tarix
ko'rsatib berishi lozim deb hisoblaydi.
Navoiy adolat yordamida mamlakatni
obod qilish mumkinligini, har bir kishi
o'zining xulqi va odobi bilan
odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o'tadi.
Xullas, o'zbek xalqining ulug' shoiri
va mutafakkiri Alisher Navoiy o'zining
bebaho asarlarida ko'targan o'ta
insonparvar g'oyalari bilan jahon
adabiyotining buyuk namoyondalari qatoridan munosib o'rin egalladi.
Abdurahmon Jomiy Alisher
Navoiyning zamondoshi, ustozi va
do'sti edi. Ularning do'stligi va
hamkorligi o'zbek va tojik xalqlari
do'stligi va hamkorligining yorqin timsolidir.

* Mutafakkir  chuqur tafakkur iste'dodi egasi
* Lavvoh  lavha yasovchi usta * Nasta'liq xati  arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'Iib, anda yozilgan
yozuvlarning 5/6 qismi egri, 1/6
qismi esa to'g'ri chiziqlar asosida
yoziladi
* Sahhoflik  muqovasozlik Mahmud Qoshg'ariyning dunyo
xaritasi