6-. Mahalliy hokimliklarning
tashkil topishi

Mahalliy hokimliklar 

V-VII asrlarda mamlakat bir qancha
hokimliklarga bo'linib ketadi. Viloyat
va uning yirik shaharlariga tayangan
15 dan ortiq mustaqil hokimliklar
tashkil topadi. Bu viloyat hokimliklari
avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligiga bo'ysundirilgan bo'lsa-
da, ammo eftallar ham, turk xoqonlari
ham ularning ichki hayotiga deyarli
aralashmaydilar. Markaziy
hokimiyatga boj to'lab turish bilan
ular o'z mustaqilliklarini ma'lum darajada saqlab qoladilar. 

Sug'd 

Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi
Sug'd ixshidlari voha hukmdori edi.
O'rta asr davlatlari birlashmasi
ittifoqida Sug`d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Mazkur
ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo
vodiylarida joylashgan Samarqand,
Buxoro, Kesh vohalarining o`n bitta
yirik mulklari birlashgan edi. Ularning
har biri o`z hokimi, harbiy chokalarlari va mis puli birligiga ega
edi. Samarqand ixshidi saroyida
ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi
bino qilingan edi. Har yili unda
o`tqaziladigan xotira marosimida
viloyat hukmdorlarilarining barchasi ishtirok etardi. Sug`dda aholi gavjum
yashardi. Sug'diylar dehqonchilik va
bog`dorchilik, ayniqsa uzumchilikda
nihoyatda omilkor edilar.
Chorvachilikda qoramol va qo`y-
echkilar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa,
Sug'dning hisori qo'ylari va tulporlari
juda mashhur edi.
Sug'd shaharlari bu davrda
hunarmandchilikning markaziga
aylanadi. Ularda to'qimachilik, kulolchilik, ko'nchilik, chilangarlik,
taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va
zargarlik yuqori darajada rivojlangan
edi. Temirdan xo'jalik asboblari va
ro'zg'or buyumlari, qurolyarog'lar:
shamshir, xanjar, tabar, gurzi, sovut, qalqon va dubulg'alar yasalgan. Hatto
718-yilda hadya tariqasida
Samarqanddan yuborilgan
dubulg'adan nusxa olib, Xitoy
qurolsozlari qo'shinni temir qalpoq
(dubulg'a)lar bilan ta'min etganlar. Sug'd tog'laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. 

Toxariston 

Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir
nechtasi Toxaristonda joylashgan edi.
Ular 27 tog' va tog'oldi viloyatlaridan
iborat edi. Balx shahri Toxariston
poytaxti bo'lgan.
Toxariston avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligi tomonidan bo'ysundiriladi.
Manbalarda ta'rif etilishicha,
Toxariston aholisi budda diniga
e'tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli
yozuviga ega bo'lgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o'troq dehqonchilik bilan
shug'ullangan.Toxaristonda ayniqsa
qurolsozlik yuksalgan. Hozirgi
Janubiy O'zbekiston va Tojikiston,
Shimoliy Afg'onistonni o'z ichiga
olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog'lari, janubda Hindikush,
g'arbda Murg'-ob va Xerirud vodiysi,
sharqda Pomir bilan chegaralangan.
Toxariston nomi mil.avv. II asrda
YunonBaqtriya davlatini qulatgan
chorvador qabila  toxarlar nomidan olingan. Toxariston
Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq
mamlakatlari bilan savdo-madaniy
aloqalar o'rnatgan, o'z chaqa-
tangalari ichki savdo muomalasida
yurgan. Tohariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi
va rivojida muhim rol o'ynagan. 

Farg'ona 

Farg'ona hukmdorlari ixshid deb atalgan. Farg'ona yerlari juda
hosildor, aholisi dehqonchilik bilan
kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning
turli sohalari rivoj topib, uning
mahsulotlari ichki va tashqi
bozorlarda juda xaridorgir bo'lgan.
Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori- darmonlar chiqarilgan. Farg'ona vodiysida o'troq aholi bilan
bir qatorda chorvadorlar ham
yashagan. Qurama va Qoramozor
tog'lari yonbag'irlarida qadimdan
yilqichilik bilan shug'ullanilgan. Bu
diyorda ko'paytirilgan tulpor otlarning dong'i jahonga taralgan. 

Choch va Eloq 

Chirchiq va Ohangaron vodiylarida
ikkita hokimlik mavjud bo'lgan.
Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi
Choch shahri bo'lib, hukmdori
tudun deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari dehqon deb atalardi. V asrda ular Eftallar
davlatiga, VI asrda esa G'arbiy turk
xoqonligiga bo'ysundiriladi.
VII asrning dastlabki choragida esa
G'arbiy turk xoqonligi hukmdorlik
qarorgohini Choch viloyatiga ko'chiradi. Hukmdor va malika uchun
Yabg'ukat va Xotunkat kabi o'ziga
xos qarorgohlar bino qilindi. Choch
tuduni (tudun chachinak) va Choch
tegini (tegin chachinak) yozuvlari
chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor
surati, teskari tomonida ot, gajak
dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan
sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan.
Ayrim tangalarda esa, hatto
hukmronga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo'shaloq
tasvir, shubhasiz, qadimgi turkiy
davlatchiligida, hukmdorning
malikasi  xvatun (xotun), ya'ni
vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat
boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u
xoqondan keyingi o'rinni egallagan. Choch tangasi. VII asr.        Peshtoq
ostida turgan shakllar tasvirlangan
ossuariy (Ostadon). VI-VII asrlar. Keltirilgan numizmatik manbalardan
ay on bo'lishicha, G'arbiy turk
xoqonligi, shuningdek uning yirik
o'troq viloyatlaridan hisoblangan
Choch o'lkasi ilk o'rta asrlardayoq
o'sha davrning tarixiy saltanatliklari Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy
kabi o'z tanga pullari tizimiga ega
bo'lgan.
Choch va Eloq sertarmoq xo'jalikka
ega bo'lib, sug'orma dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo
yuksak darajada edi. Choch va Eloq
tog'lari oltin, kumush, rangli
ma'danlar, temir va jilvador
chaqmoqtoshlarga boy edi.
Karvon yo'lining o'lka orqali o'tishi Choch va Eloqqa ichki va tashqi
savdo-sotiqning kengayib,
shaharlarining gavjumlashuviga
imkon beradi. 

Boshqaruv ma'muriyati 

Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo
hokimliklarida ma'lum tartibdagi
boshqaruv ma'muriyati tashkil
topgan edi. Boshqaruv
ma'muriyatining asosiy vazifasi
fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o'z vaqtida yig'ib olish, jamoat
ishlariga ularni safarbar etishdan
iborat bo'lgan. Kirim-chiqimlar aniq va
ravshan qayd etilib, hujjatlashtirilgan.
Ularga barmoq bosilib, hatto muhr
bilan tasdiqlab qo'yilgan. 

Shahar me'morchiligi 

V-VII asrlarda O'rta Osiyoda, bir
tomondan, yerga egalik qilish
munosabatlarining o'rnatilishi va
mustahkamlanib borishi, ikkinchi
tomondan, ko'chmanchi
chorvadorlarning beto'xtov shiddat bilan kirib keiishi va o'troqlashuvi
shahar va qishloqlarning qiyofasi va
aholisining turmush tarzi-yu ahvoliga
jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ziroatkor yerlar
kengayib, dehqonchilik vohalarining
suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Tog'oldi maydonlariga suv chiqarilib,
yangi yerlar o'zlashtirildi. Shaharlar
gavjumlashdi. Qishloqlarda
ko`shk, qasr, qo`rg`on va qo`rg`oncha nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad
ko'tardi.
Istehkomli qasr, qo'rg'on va
ko'shklar asosan tashqi dushman
hujumiga qarshi mudofaa inshooti,
chokarlar to'planadigan joy, ma'muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-
yarog' saqlanadigan ombor vazifasini
o'tagan.
O'rta asrlarda shaharlar uch qismdan
iborat bo'lgan. Ular kuhandiz, shahriston, rabod deb yuritilgan. Shaharlarninguchala
(ko'handiz) qismi ham alohida-
alohida devorlar bilan o'rab olingan.
Ularning bir nechta darvozalari
bo'lgan. Shahar devorlari bo'ylab
oqib o'tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O'rta asrlarda yashagan
arab mualiflari (Ibn Xavqal va
Ishtaxriy) qayd etishicha, birgina
Binkat (Toshkent) arkining ikki,
Shahristonning uch, ichki rabodining
o'nta va tashqi rabodining yettita, jami shaharning yigirma ikkita darvozasi
bo'lgan.
* Kuhandiz (ark)  shaharning hokim qasri joylashgan qismi
* Rabod  shaharning tashqi mavzesi
* Ixshid  viloyat hokimi * Shahriston  shaharning ichki qismi