7-. VI-VII asrlarda madaniy hayot

Yozuv 

Bu davrda Sug'd, Xorazm va
Toxariston aholisining alohida-
alohida yozuvlari bo'lib, Sug'd va
Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy
yozuvi asosida maydonga kelgan edi.
Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, hujjat va ayrim
axborotlar kabi maktubotlar asosan
charm, yog'och, sopolga va kamdan
kam hollarda qog'ozga bitilardi.
Chunki qog'ozning bahosi nihoyatda
baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodatxona
devorlariga ham yozilardi. Ular
orasida elchilik maktublari, xo'jalik
kirim va chiqimlari, yuridik
shartnomalar, astronomik hujjat,
tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo'lyozma
topilmalar bor. Bizning
zamonimizgacha saqlanib qolgan
Sug'd yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan. Ularda Sug'dning siyosiy tarixi, huquq
va qonunlari, iqtisodiy va diniy
e'tiqodlari xususida muhim
ma'lumotlar keltirilgan.
Sug'dda o'g'il bolalar besh yoshga
to'lgach, yozuv va hisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida
savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga
mamlakatlarga jo'natilar edi.
Shuningdek, bu davrda turkiy run
(ko'kturk) xati ham keng
qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan
38-40 harflardan iborat edi. U tosh va
yog'ochlarga o'yib yozishga
nihoyatda qulayedi. Qadimgi ko`k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy
Turkistondan tashqari, Yettisuv,
Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan
topilib, o'rganilgan. Ular qabrtoshlari,
sopol va metall buyumlar, yog'och
hamda tanga pullarga bitilgan. 

Diniy e'tiqodlar 

VI-VII asrlarda O'rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik , nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o'lkalardan kirib
kelgan dinlar mavjud bo'lgan.
Aholining ko'pchiligi zardushtiylik
diniga e'tiqod qilgan. Samarqand
viloyatining Urgut tumani
Sug'ddagina emas, balki butun O'rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan
hisoblanardi. Ilk o'rta asrlarda O'rta
Osiyo xalqlarining mafkuraviy
hayotida moniy dini ham ancha
chuqur ildiz otgan edi. Moniy dini
ta'limoti bo'yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi 
yorug'lik va ezgulik hamda zulmat va
yovuzlikdan iboratdir. Ibodat, ro'za,
sadaqa moniy dinining arkoni
hisoblangan. Quva. Buddaviylik iboatxonasidan
topilgan haykalning bosh qismi.
Varaxsha. Ganchkor Humo qushi.
VI-VII asrlar.
Ayritom (arfa, chiltor) chalayotgan
qiz. Turk xoqonligining chorvador aholisi
qadimdan shomoniylik diniga sig'inib
kelgan.
Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar
ruhiga sig'inish e'tiqodini
tarbiyalagan. Qadimgi turklar o'z dinini qam deb yuritganlar. Chunki ularda shomon degan so'z bo'lmagan. Bu din koinotni
yo'qlikdan bor qilgan Ko'k Tangriga
e'tiqod qiluvchi yakka xudolik dini
hisoblanadi. Chorvador ko'chmanchi
aholi Tangriga bag'ishlangan
marosimlar o'tkazib, qurbonliklar qilishgan. Masalan, Ko'k Tangri
sharafiga qurbonlik uchun qora
qashqa ot so'yilgan. 

Ilk o'rta asrlarda yurtimizda sug'd,
xorazm, toxar va turkiy run
(ko'kturk) yozuvlari mavjud
bo'lgan.

San'at 

Tasviriy san'atning rassomlik va
haykaltaroshlik kabi bir qator
tarmoqlari ravnaq topadi. Ular o'z
davrida sodir bo'lgan o'zgarishlardan
dalolat beradi. Surxon vohasida
Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob,
Farg'ona vodiysida Quva
xarobalarida hamda boshqa
yodgorliklardan topib o'rganilgan
devoriy suratlar, haykallar va
ganchkori naqshlar o'sha davrning yuksak san'at asarlaridan
hisoblanadi. Devoriy tasvirlar
zamonasining o'ta murakkab hayoti,
din-u e'tiqodi va tashqi mamlakatlar
bilan olib borilgan aloqalardan
hikoya qiluvchi manba hamdir. Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa
buddaviylik dini kuchli ta'sir
ko'rsatgan. Farg'ona vodiysida
Quvadan hamda Qo'rg'ontepa
yaqinidagi Ajinatepadan buddaning
bahaybat haykallari topilib, o'rganildi. Ajinatepa buddasi haykalining bo'yi
12 metrga boradi. Bu davrda badiiy
yog'och o'ymakorligi san'ati ham
yuqori darajada turgan.
Ilk o'rta asr ganchkorligi san'atining
nodir yodgorligi namunalari Varaxsha topilrhalari orqali tadqiq
etildi. Turli xil geometrik shakllar,
mevali daraxt va o'simliklarning
o'ymakor naqshlari, ov manzarasi
Buxoro hukmdorlari Varaxshadagi
qarorgohining hashamatli saroy devorlarini bezab turgan.
* Arkon  dindagi eng muhim vazifa * Qam-shomon  Ko'k Tangriga sig'inuvchi yakka xudolik dini 

Musiqa san'ati 

O'rta Osiyoda musiqa, raqs,
qo'shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik
kabi san'atning turli sohalari ham
rivojlangan edi. Bu davrda san'at
sohasida Buxoro qiziqchilari,
Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan
shuhrat topgan edi.
Choch raqqoslari ijro etgan mashhur
Choch raqsi yoki doira chertmasiga
imo bilan yelka uchirib tushadigan
o'ynoqi Doira raqsi Xitoy a'yonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan
edi. Birgina Buxoro shahrida usta
hunarmandlar tomonidan o'n turdagi
cholg'u asboblari yasalgan.