II bob. 

O'rta Osiyoning Arab
Xalifaligi tomonidan fath etilishi.
Xalq qo'zg'olonlari (VII-VIII asrlar)

8-. Islom dini va Arab Xalifaligi 

Qadimdan Arabiston yarimorolidagi
arablar tarqoq holda yashardilar. VII
asr boshlarida Arabistonda yagona
e'tiqod asosida mamlakatni
birlashtirish harakati boshlanadi. Bu
buyuk e'tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi. 

Islom  bo'ysunish, itoat etish, o'zini Alloh irodasiga topshirish
degan ma'nolarni anglatadi.

Allohning rasuli (elchisi) Makka
shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v.  sollallohu
alayhi vasallam ) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik
qiladi. Islomni qabul qilib,
rasulullohga ergashgan uning
izdoshlari muslim (musulmonlar)
deb atalgan. Ular insonlarning Xudo
oldida teng ekani, rizq-ro'zini barchaga Yaratguvchining o'zi
yetkazib berishi hamda jamiyatdagi
adolatsizlik barham topishi uchun
haq dinga kirish kerakligini targ'ib
etadilar. Islom bayrog'i ostida Makka
shahrida boshlangan targ'ibot Madinaga ko'chadi. Muhammad
(s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona
davlatga birlashtiradi.
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach,
uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb
e'lon qilinadi.
Arab qabilalarining islomni qabul
qilib, siyosiy jihatdan yagona
hokimiyatga birlashuvida,
shuningdek, jahon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, huquqiy
va axloqiy me'yorlarini o'z ichiga
qamrab olgan Qur'oni karimning ahamiyati buyuk bo'ldi.
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi
ko'p mamlakatlar bo'ysundirilib,
behisob o'ljalarga ega bo'lgan Arab
xalifaligi harbiy yurishlarni bizning
o'lkamizga qaratdi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini
egallaydilar. So'ngra hozirgi
Afg'onistonning shimoli, Eronning
shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy
Turkmanistondan to Amudaryogacha
bo'lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri
edi. Bu viloyatni boshqarish uchun
maxsus noib tayinlanib, u Marvda
turar edi. Arablar bu yerda o'rnashib
olgach, Amudaryodan shimolda
joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu
yerlarni arablar Movarounnahr, ya'ni daryoning narigi tomoni deb atardilar.

Movarounnahr so'zi arabcha daryoning narigi tomoni degan
ma'noni anglatadi. 

Movarounnahr tomon yurishlar 

Arablar Movarounnahrga dastlab uni
bosib olish uchun emas, balki harbiy
jihatdan tayyorgarlik ko'rish, mahalliy
hukmdorlarni sinash maqsadida
yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor
hujumlar 654-yilda Maymurg' va 667-yilda Chag'oniyondan boshlanadi.
Manbalarda qayd etilishicha, bu
davrda Xorazm Salim ibn Ziyod va
Umayya ibn Abdulloh nomli
lashkarboshilar tomonidan ikki
marotaba talon-taroj etilgan. Poykand. Rabod plani (rejasi) VII
asr.
Buxorxudotlar dirhami. VIII asr. Narshaxiyning yozishicha, 673-
yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o'tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab,
Buxoro hukmdori qo'shinlarini
yengadi va o'z foydasiga sulh tuzib,
bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj
undiradi. Bojdan tashqari arablar to'rt
ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko'p
oijalar bilan Marvga qaytadilar. Yo'1-
yo'lakay arablar Termiz shahrini
egallaydilar.

* Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning o'rinbosari
(xalifa) qo'lida to'plangan davlat.
* Muzofoti - hududi, yerlari. 

Movarounnahrning zabt etilishi 

VIII asr boshlarida arablar
Movarounnahr hududini to'liq bosib
olishga kirishadilar. 704-yilda
Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba harbiy
yurishni 705-yilda Balx viloyati
atroflarini zabt etishdan boshlaydi.
Tez orada Chag'oniyon hokimi jangsiz
taslim bo'ladi. 707-yilda Qutayba
katta qo'shin bilan Poykandni qamalga oladi. 50 kunlik qamal
natijasida Poykand egallanib, qo'lida
qurol tutishga qodir bo`lgan barcha
erkak zoti qirib tashlanadi, shahar esa
vayron etiladi. So'ngra Qutayba
qo'shini Buxoro tomonga yo'l olgan. Narshaxiyning yozishicha,
Buxorxudotlar hokimiyati hududi 12
ta yirik qo'rg'on va ayrim shaharlar:
Karmana, Nur, Arqud, Zandana,
Afshona, Romtin (Romitan),
Rajfandun (Varaxsha), Sharg', Vardona, Barkad, Iskijkat va
Faroblardan iborat edi. Bu davrda
vohada hukmdor xoqonining tojdor
tasviri, ostida Buxorxudot degan
yozuv zarb etilgan kumush dirham
muomalada bo'lgan. Davlatni Tug'shoda (692-724) boshqargan.
Buxoroliklar har yili xalifalikka boj
to'lash, uylarining yarmini arablarga
bo'shatib berishga majbur etiladi.
Qutayba Buxoro shahrining
markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga
aylantirdi, Sug'diy yozuvda bitilgan
asarlarni yo'qotdi. Mahalliy aholini
islom diniga kiritishga harakat qildi.
Shu maqsadda masjidga kelib ibodat
qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.
710-yilda Qutayba Naxshab va
Keshni bosib olib, Samarqandga
hujum boshlash uchun tayyorgarlik
ko'radi. Biroq, Xorazmda boshlangan
ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani Sug'd
yurishini kechiktirib, Xorazmga
qo'shin tortishga jalb etadi. Negaki,
Xorazm shohi Chag'on ukasi Hurzod boshliq xalq qo'zg'olonidan qo'rqib,
711-yilda yordam so'rab Qutaybaga
murojaat qiladi. Hurzod garchi
dushman qo'li bilan tormor qilinib,
oidirilsa-da, Xorazmshoh bundan
hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o'z mustaqilligini yo'qotib, arablarga boj
to'lashga majbur bo'ldi. Uning
qo'shini esa Qutaybaning harbiy
yurishlarida ishtirok etishga majbur
etiladi.
Qutayba fathidan so'ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga ajralib
ketgan. Uning shimoliy qismi Gurganj
(Ko'hna Urganch) miri, janubiy qismi
esa Xorazmshoh tomonidan
boshqarilgan. Ularning har ikkisi ham
xalifalikka bevosita bo'ysunib, har qaysisi alohida-alohida xiroj to'lagan. 

Sug'd yurishi 

712-yilda Qutayba qo'shinlari
Samarqandga tashlanadi. Bu davrda
ixshid Tarxun taxtdan tushirilib,
uning o'rniga G'urak (710-737) Sug'dga podsho qilib ko'tarilgan edi.
G'urak arablarga qarshi kurash olib
bordi, Kuchlar teng bo'lmaganligi
oqibatida Samarqand taslim bo'ladi.
G'urak bilan Qutayba o'rtasida sulh
tuzilib, arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida
boj to'lash, 30 ming nafar odam
berish, shaharda bironta ham askar
saqlamaslik, ichki shaharni arablarga
bo'shatib berish, masjid bino qilish
kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Bularning evaziga Qutayba
G'urakni Samarqand, Kesh va
Naxshabga hokim qilib tayin etadi.
Shunday qilib u xalifalikka qaram
bo'lib qoladi. 

Choch va Farg'onaning zabt etilishi 

713-yilda Qutayba qo'shinining bir
qismi Choch viloyatiga, o'zi boshliq
asosiy kuch esa Farg'ona vodiysi
tomon yo'l oladi. Choch vohasi bosib
olinib, uning bosh shahri Madinat
ash-Shosh, juda ko'p qal'a va qo'rg'onlar hamda qishloqlarga o't
qo'yilib vayron etiladi. 715-yilning
boshida esa Farg'ona vodiysini uzil-
kesil egallab, Qoshg'argacha kirib
boradi. Hamma viloyatlarga
arablardan amirlar tayinlanadi. Lekin Qutayba xalifa Sulaymonga qarshi
isyon ko'targani oqibatida
Farg'onada arab askarlari tomonidan
o'ldiriladi.