9-. Movarounnahr fath etilishining
iqtisodiy va ma'naviy oqibatlari

Iqtisodiy oqibatlar 

Xalifalik o'lkani zabt etish jarayonida
uning deyarli barcha obod
dehqonchilik vohalarini oyoqosti
qilib, juda ko'p shahar va
qishloqlarga o't qo'yib vayron etdi.
Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi.
Zabt etilgan shahar va qishloq
aholisidan oltin, kumush,
qimmatbaho buyumlar va ko'plab
qurol-yarog'lar tortib olindi. Sulh
tuzishga majbur bo'lgan Buxoro, Poykand, Sug'd hukmdorlaridan
katta miqdorda boj-u tovonlar
undirib olindi. Xalifalik qo'shinlariga
minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb
etdilar.
Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, aholini
xilma-xil jamoa ishlariga safarbar
etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va
Samarqand kabi shaharlarda shah
riston yoki undagi xonadonlarning
qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga
bo'shatib beriladi. Xiroj, ushr,
zakot, jiz'ya kabi soliqlar joriy
etiladi. 

Islomga da'vat etish 

Arablar Movarounnahrda o'rnatilgan
siyosiy hokimiyatni mustahkamlash
va uning barqarorligini ta'minlash
uchun islom dinini da'vat etishga,
aholi o'rtasida islomni yoyishga
alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular Movarounnahr
aholisining asosiy dini hisoblangan
zardushtiylik (otashparastlik) va
boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash
olib boradilar. Ibodatxonalar vayron
etilib, ularning o'rniga jome masjidlari bino qilinadi.

* Jiz'ya - Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig'i
* Zakot  mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
* Xiroj  hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig'i
* Ushr  idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida
olinadigan soliq 

Aholini islomlashtirish yo'llari 

Islom dinini qabul qilib, musulmon
bo'lgan mahalliy aholi vakillari
dastlabki yillarda xiroj va jiz'ya
soliqlaridan ozod etilgan. Islomni
qabul qilishdan bosh tortgan
kimsalardan esa jon solig'i jiz'ya undirilib olingan. Soliqlarni o'z vaqtida
to'lamagan kishilar tutib olinib,
bo'yinlariga qarzdor deb yozilgan
taxtacha osib qo'yilardi. Bunday
amaliy tadbir va choralar, shubhasiz,
Movarounnahr aholisi o'rtasida islom dinining tarqalishiga yordam beradi.
Biroq, shunday bo'lsa-da, islomni
qabul qilgan aholining ko'pchiligi
nomigagina musulmon bo'lib, uzoq
vaqtlargacha pinhona o'z dini va
e'tiqodlariga sodiqligicha qolavergan. 

Mahalliy madaniyataing poymol
etilishi 

Xalifalik tomonidan
Movarounnahrning bosib olinishi
oqibatida mahalliy xalqning urf-odati,
dini va e'tiqodi, qadimdan rivojlanib
kelayotgan madaniyati poymol etildi.
Mahalliy sug'd yozuvida bitilgan diniy va ma'rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va
qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni
gulxanlarda yoqib, yo'q qilib
tashlaydilar. Quvadagi budda
ibodatxonasiga o'rnatilgan turli-
tuman haykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy
devorlariga solingan suratlarning,
ayniqsa, odam rasmlarining ko'zlari
o'yilib, bo'yinlariga qilich bilan chizib
yuborilganligi bunga yaqqol misoldir. 

Xalifalik istilochilari aholidan xiroj,
ushr, zakot, jiz'ya soliqlarini
undirganlar.
