I  0'LIM

XIX ASR 'RTALARIDA 0'ZBEK XONLIKLARINING
SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI

Bolimni organish natijasida:
> 0 rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli;
> qishloq xojalik, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi;
> yer egaligi shakllari, soliq va majburiyatlar;
> XIX asr ortalarida Turkiston aholisi madaniy hayoti haqida bilib olasiz.


l-. XIX ASR 'RTALARIDA 0'RTA OSIYO DAVLATLARINING
HUDUDI VA AHOLISI


0'rta Osiyo davlatlarining
hududi


XIX asrda 0 rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud
bolib, ular Buxoro amirligi, Xiva va Qoqon xonliklari
hisoblangan. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimoiyiqtisodiy
munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlanib
borgan bolsa-da, biroq ulaming taraqqiyoti ilgor Yevropa davlatlari darajasidan
past edi.
Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bolib Buxoroyi Sharif,
yani Muqaddas Buxoro nomiga ega bolgan. Buxoro amirligining hududi
XIX asrda 200 ming kv. km dan ortiqroq edi. Amirlik chegaralari janubda
Amudaryoning chap qirgogidan boshlanib Sirdaryogacha, sharqda Pomir toglaridan
garbda Xiva xonligi yerlarigacha chozilgan. Davlat hududi XIX asming ortalarida
Eron, Afgoniston, Qoqon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh
bolgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari
joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Amirlikda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz,
Qarshi, Kitob, Guzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Kolob kabi yirik savdo-sotiq,
hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar mavjud edi. Unga
hozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Kofimihon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar,
Turkmanistondagi Murgob daryosi vohalaridagi joylar qarashli bolgan. Shu
bilan birga, hududiy jihatdan beklik va tumanlarga bolinib, ulami amir tomonidan
tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 27 beklik bolgan.
Xiva xonligining maydoni XIX asming ikkinchi yarmida 130 ming kv. km dan
iborat bolib, xonlik yerlari janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, garbda Kaspiy
dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bolgan. Xonlikning mamuriy

markazi Xiva shahri hisoblangan. Xonlikda Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp,
Qongirot, Xojayli kabi yirik shaharlar bor edi. Xiva xonligi ham Buxoro amirligi
singari bekliklarga bolingan va ulami xon tomonidan tayinlangan beklar va toralar
boshqargan. Xonlikda 40 ta beklik mavjud bolgan.
XVIII asming boshlarida asosan, Fargona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha
bolgan hududlar Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil davlat - Qoqon xonligi
tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, garbda Buxoro amirligi va Xiva
xonligi bilan chegaradosh bolgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko-
lob, Darvoz, Shognon singari togli olkalami oz ichiga olib, bu hududlar uchun
Buxoro amirligi bilan tez-tez toqnashuvlar bolib turgan. Xonlikda Qoqon, Toshkent,
Andijon, Margilon, Namangan, 0 zgan, 0 sh, Pishpak, Turkiston, Chimkent
kabi mamuriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlar bolgan. Xonlikning
hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan farqli olaroq, sersuv daryolar,
solim vodiylar, serhosil yerlarga boy bolgan. Xonlik bekliklarga bolinib, ulami
asosan xon tomonidan oz qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan.

0'rta Osiyo davlatlarining
aholisi

XIX asming ortalariga kelib Buxoro amirligi, Xiva va
Qoqon xonliklari aholisining etnik tarkibi bir-biriga yaqin
bolib, ularda asosan ozbeklar yashagan. Shu bilan birga,
uchala xonlik hududlarida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar
turkmanlar, qirgizlar ham istiqomat qilgan. Jumladan, bu davrda Buxoro amirligining
aholisi soni 2 million atrofida bolib, aholining etnik tarkibi asosan ozbeklar, tojiklar,
turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlardan tashkil topgan. Aholining asosiy qismi sersuv
vohalarda yashagan. Amirlikda mangit, saroy, qongirot, kenagas, qarluq, qalmoq,
nayman, qipchoq kabi ozbek uruglari kopchilikni tashkil qilgan.
Xiva xonligida aholi soni 800 ming kishidan ortiq bolgan. Xonlik aholisining
etnik tarkibi asosan, ozbeklardan, bundan tashqari turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar
va boshqalardan tashkil topgan.
Qoqon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bolib, asosan ozbeklardan iborat
bolgan. Shu bilan birga u yerda qirgizlar, tojiklar, qozoqlar istiqomat qilgan. Xonlikda
uygurlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.
Bu davrda uchala davlatda ham aholining asosiy qismini tashkil qilgan ozbeklar
otroq turmush tarzida hayot kechirib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
bilan shugullangan. Qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va qirgizlar kochmanchi
turmush kechirib, asosan ular chorvachilik bilan shugullangan.
