10-. XIVA XONLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI
PROTEKTORATINING 0 RNATILISHI


Xiva xonligiga
qarshi harbiy
yurishlarning
boshlanishi

Rossiya imperiyasi 0 rta Osiyoda istilochilik yurishlari
natijasida bosib olingan hududlarda dastlab mustahkam
omashib oldi. Xiva xonligiga qarshi olib boriladigan
harbiy yurishga besh yil tayyorgarlik kordi. Yurish
uchun bunday uzoq tayyorgarlik korishning asosiy sababi
A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi qoshinning maglubiyatga uchraganligi
(1717) bolsa, boshqa yana bir sabab 1839-yilda V. Perovskiy boshchiligidagi
qoshinlaming Xiva xonligi chegaralarigacha yetib borolmay orqaga qaytib ketganligi
boldi. Xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qolga
kiritish huquqini berar edi. Amudaryoni egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv
orqali savdo aloqalari, daryoning quyi oqimidagi tekisliklardagi serhosil yerlardan
foydalanish imkoniyatlariga ega bolish hisoblangan.
Rossiya imperiyasi tomonidan 0 rta Osiyo istilo qilinishining uchinchi bosqichi
(1873-1879-yillar) davomida Xiva xonligining istilo etilishi ham amalga
oshirildi. Hujum garbda Mangishloq, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston va
janubda Krasnovodsk kabi tort harbiy okrugdan olib borildi. Bunda 12 mingdan
ortiq askar, 4600 ot va 20 ming tuyadan iborat harbiy qoshin ishtirok etgan. Bu
qoshinga K.P Kaufman boshchilik qildi. Mazkur kop sonli harbiy qoshin 1873-yil
fevralda ozlari omashgan joylari - Toshkent, Orenburg, Mangishloq va Krasnovodskdan
deyarli bir vaqtda yolga chiqdi. Xiva xonligiga olib boruvchi yollaming
yomonligi, dastlab 25 daraja sovuqda, keyin 40 darajadan yuqori haroratda yol yurish
juda qiyin kechdi. Bundan tashqari, chollarda 60 darajagacha jazirama bolishi, suvsiz
dashtlardagi yollar tufayli harbiy qoshin manzilga yetmasdanoq saflari siyraklashib
bordi. Uning katta qismi yolda kasalga chalindi, bir qismi halok boldi va bir qismi
orqaga qaytib ketdi. Xivaga 7,5 ming kishigina
yetib bordi. Krasnovodsk va Mangishloqdan
Xiva tomon yurgan qoshinlar jazirama issiq
va suv yetishmasligidan aziyat chekkanligi,
holdan toyganligi sababli yolning yarmidan
ortga qaytishga majbur boldi. Faqatgina
Toshkent, Orenburg yonalishidan yolga
chiqqan qoshinlar 1873-yil may oyida Xiva
xonligi chegaralariga yetib keldi. Yol qiyinchiliklaridan
tashqari, ularga yolda kichik
guruhlar hujum qilib, tinkasini quritgan. Shunday
bolishiga qaramay, Rossiya imperiyasi

qoshinlari bilan Xiva xonligi qoshinlari ortasida may oyida Hazorasp qalasi,
Qongirot, Xojayli, Mangit shaharlari va Xiva shahri yaqinida janglar bolib otdi.
Tomonlaming kuchlari teng emasligi, katta talafotlarga qaramasdan, xivaliklarga
nisbatan podsho hukumati qoshinlari yaxshi qurollangani bois, xonlik himoyachilari
maglubiyatga uchradi.
1873-yil may oyining ortalariga kelib, mustamlakachi hukumatning asosiy
qoshinlari Xivaga yetib keldi. Ulaming Xivaga qilingan birinchi hujumi himoyachilar
tomonidan qaytarildi. Bu jangda ikki tomon ham katta talafotlar kordi. Hujumga
boshchilik qilgan general Veryovkin yarador boldi. Podsho hukumati qoshinlari
katta talafot korgani bois chekinib, fon Kaufman boshchiligidagi kuchlami
kutishga majbur boldi.
Xivaga yetib kelgan K.P. Kaufman boshchiligidagi qoshin yana shaharga hujum
qildi. Ammo bu safar ham podsho hukumati qoshinlari shahami egallay olmadi.
29-may kuni shahaming Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi, xonlik
poytaxtining egallanishiga olib keldi. Shundan song K.R Kaufman muzokara olib
borish yolini tanladi.

Gandimiyon
shartnomasi

K.R Kaufman Xivani bosib olgandan song xon xazinasini
kontributsiya (tovon) evaziga musodara qilib, xazina bilan
birga qadimiy qolyozmalar, xonning taxti va toji, tanga
zarb qiladigan tamga va zarb tasviri, qongirot sulolasi
xonlarining hokimiyati ramzlari va boshqa qolga kiritilgan moddiy boyliklami
Sankt-Peterburgga jo natdi. K.P. Kaufman Xivani egallagandan song, Xiva xonligi
bilan muzokaralar otkazish uchun Gandimiyon qishlogidagi qarorgohiga bordi. U
taklif etgan sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda
imzolashga majbur boldi. Ushbu shartnoma Xiva xoni Rossiya imperiyasi
tobeligiga otganligini korsatardi. Shartnomaning birinchi moddasida Sayid Rahim
Bahodirxon ozini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U
qoshni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita dostona munosabatlardan
va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda
Rossiyaning 0 rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday
jangovar harakatlami amalga oshirmaydi, deb yozib qoyilgan edi. Bu bilan Xiva
xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, hatto yaqin qoshnilari bilan ham aloqa ornatish
imkonidan mahrum etildi. Faqat ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina
aloqa qila oladigan boldi.
Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning ong sohili, unga qoshni yerlaming
barchasi, bu joylarda yashaydigan otroq va chorvador aholisi bilan xon tasarrutidan
chiqdi. Amudaryo boylab erkin harakatlanishi uchun Rossiya kemalariga
keng huquq berildi. Rossiyalik savdogarlar hamda ulaming mollari uchun xon va

mahalliy hokimlar javobgar boladigan boldi. Ular
xonlikda erkin yurish, boj tolovlarisiz savdo-sotiq
qilish huquqini qolga kiritdilar.
Gandimiyon shartnomasida: Amudaryoning
chap qirgogidagi ruslar uchun zarur va qulay
bolgan yerga ular ozlarining pristanlarini qurish
huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlaming
saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Ular
uchun joyning tanlanishi, 0 rta Osiyodagi rus
oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bogliq, deb
korsatib qoyildi.
Shartnomaga binoan, Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdorida tovon
tolashi kerak bolgan. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bolmaganligi uchun
bu tovon aholidan yigib olinadigan boldi. Tovon pulini 20 yil ichida tolash lozimligi
belgilandi.
Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga tobeligini, xonning
davlat boshligi darajasida boshqa davlatga boysunganligini korsatuvchi
hujjat boldi. Shartnoma shu bilan birga, xonlik aholisini juda ogir ahvolga solib
qoydi. Tovon bilan birga, yangi soliq va majburiyatlami tolash xalqning zimmasiga
tushdi. Qolaversa, xonlik hududining uch baravar qisqarishi xonlikni davlat sifatida
nomigagina mavjudligini, aslida, mustaqilligini yoqotgan protektoratga aylanganligini
korsatadi.

