13-. TURKISTON O' I.KASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING
YER-SUV SIYOSATI

Qishloq xo'jaligidagi
o'zgarishlar

0 rta Osiyo iqtisodiyotida qishloq xojaligi yetakchi orin
tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hudud hisoblangan Turkiston
olkasida yer-suvdan foydalanishni toliq oz nazoratiga
olishga va ulardan olinadigan soliqlaming oz vaqtida toplanishidan manfaatdor
edi. Jumladan, yerga egalik qilish va undan foydalanish tartiblariga katta
e tibor qaratilgan. Agrar masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ham
ega bolgan. Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho hukumatiga aholi
ustidan hukmronligini ta minlashda juda muhim edi. Mahalliy aholining asosiy tirikchilik
manbayi yer bolgani bois, unga egalik qilish zarur edi.
1886-yildagi Nizomning Turkiston olkasining yer tuzilishi degan bolimida
olkada tarixan shakllanib kelgan ananaviy yerga egalik qilish munosabatlari ozgartirib
yuborildi. Unga kora, Turkiston yerlari, ormonlari va yerosti qazilma
boyliklari ham davlat mulki deb e lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi
mulkiga aylandi. Nizom boyicha olkada yirik yer egaligi ham tugatildi.
Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar)
ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi
vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubemator roziligi bilan bu yerlami davlat
soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan
tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bolgan yerlar ham davlat soligiga tortiladigan
boldi. Vaqf hujjatlarini etirof etish, vaqf daromadlarini togri ishlatilishi
ustidan nazorat qilish va ulami taftish qilish huquqi viloyat mamuriyati ixtiyoriga
otkazildi.
Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar maktablar, madrasalar va
masjid binolarini tamirlashga, xodimlarini moddiy ta minlashga, diniy marosimlami
bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa
tadbirlarga sarflanar edi.
Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qoliga otishi
bilan masjidlar va maktablaming moddiy ahvoli yomonlashdi. Ular ta minot va mablag
yetishmasligidan avvalgi nufuzlarini yoqota boshladi. Mustamlakachi hukumat
bu bilan mahalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba berishga
harakat qildi.

Rossiyaning
0 rta Osiyoga
kochirish siyosati

Rossiya imperiyasi tomonidan 0 rta Osiyoni imperiyaning
ajralmas bir qismiga aylantirish va olkada doimiy hukmron
bolib qolish maqsadida Sibir va Kavkaz hududlaridagidek
mustamlakachilik siyosati olib borildi. Bu borada
asosiy amalga oshirilgan choralardan biri bu imperiyaning markaziy gubemiya aholisini
olkaga kochirib keltirib joylashtirish hisoblangan. Podsho hukumatining
mazkur maqsadi 1886-yildagi Nizomda aniq ifodalangan edi. Unda hukumat
tasarrufida qolayotgan bosh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim
ekanligi qatiy belgilab qoyildi.
Kochirish siyosati bilan shugullanish olka mamuriyati zimmasiga yuklatilgan.
Kochib kelganlarga katta imtiyozlar berilgan. Jumladan, ular mablag, turar joy, yer
maydonlari, kreditlar bilan taminlangan. Kochib kelganlar 5 yil davomida soliqlardan
ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida soliqlaming yarmini tolagan. Rossiyadan
kochib kelganlar asosan qishloq aholisi bolgan. Ular uchun olka mamuriyati maktab
va cherkovlar qurishga mablag ajratgan. Turkiston olkasida harbiy xizmatchilar
yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bolgan. Dastlab uy qurish uchun
ularga 100 rubl miqdorida mablag berilgan. Bunday imkoniyatlar Rossiyaning
markaziy rayonlaridan koplab aholining kochib kelishiga sabab bolgan. 1875-yilda
Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlaming birinchi manzilgohi paydo boldi.
15 yil davomida (1875-1890) Turkiston olkasiga 1300 oila kochib kelib joylashib,
19 ta rus qishlogi tashkil topdi. Faqat 1891-1892-yillardagina kochib kelganlaming
25 ta manzilgohi paydo boldi. Vaqt otishi bilan nafaqat kochib kelgan shaxslar, balki
yirik korxonalar ham daromad olish maqsadida olkadan yerlar sotib ola boshladi.
Rossiya imperiyasining kochirib keltirish siyosati Turkiston olkasidagi mustamlaka
tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi. chib kelganlarga
yaratilgan imkoniyatlar olkaga chib keluvchilaming sonini haddan ziyod
kopayishiga olib keldi.
Kochirib keltirib joylashtirilgan aholining kopayishi, ularga unumdor yerlarning
berilishi mahalliy aholi vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bolgan. Toshkent
shahri va olkaning Yangi Margilon, Samarqand,
Andijon kabi shaharlarida ham chib kelganlaming
posyolkalari paydo boldi. 0 lkadagi
yirik shaharlar ikkiga: yangi - mamuriyat, harbiy
qismlar joylashgan va kochirib keltirilganlar
yashaydigan qism hamda eski - mahalliy aholi
vakillari yashaydigan qismlarga ajratildi. Jumladan,
Toshkentdagi Bozsuv anhori shahami ikki
qismga ajratgan chegara bolgan.

