14-. TURKISTONDA SUD TIZIMINING TASHKIL ETILISHI

Sudlov tizimining
mustamlaka
manfaatlariga
moslashtirilishi

Turkiston olkasida imperiya manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud tizimi bolgan.
Xonlik davrida qozilaming chiqargan qaroridan norozi
bolganlar qozikalonga murojaat qilgan. Qozikalon esa
ishni korib chiqishni diniy ulamolar hukmiga havola
qilgan. Qozilar qatiy belgilangan uchastkaga ega bolishmagan; har bir davogar ozi
ishongan qoziga murojaat qilgan. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga
kelishib olishni taklif etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa qozi ularga qasam ichirib,
tomonlaming arzini, guvohlaming korsatmalarini tinglagan, song qaror chiqargan
va bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odatda qozilar
asosan bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan kishilar bolgan. Qozilar
ozlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va ularga nisbatan begaraz bolishi,
ulardan pul, sovga, har xil xizmatlami qabul qilmasligi lozim edi. Qozilar davlatdan
maosh olishmagan, balki ozlariga murojaat qilganlaming pul tushumlari hisobiga
kun korishgan.
Podsho hukumati tomonidan dastlab olkadagi mavjud sud tizimidagi qozikalon
lavozimi tugatilib, barcha qozilaming huquqi tenglashtirildi. Boshqa mustamlakachi
davlatlar singari Rossiya imperiyasi ham oz mustamlakasiga aylangan Turkiston
olkasida dastlab tub joy aholining diniy e tiqodiga mos ravishda amal qilingan
shariat qoidalariga asoslangan qozilik va kochmanchi tarzda hayot kechiruvchi
aholining urf-odatlariga asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab

qoldi. Milliy va diniy tartiblarga asoslangan sudlar faoliyati cheklanib, ular ustidan
kuchli nazorat omatildi. Bu ozgarishlar bosqichma-bosqich, mahalliy aholining
noroziligini keskinlashtirmagan holda ozgartirib borildi. Bundan tashqari, shu yol
bilan podsho hukumati vakillari koplab mahalliy aholi ortasidagi ozaro janjal va
kelishmovchiliklarga aralashishdan ozini saqlashga harakat qildi.
Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxir-oqibat tugatilishi
hamda ungacha faqat kichik korinishdagi sud ishlarini, yani asosan oilaviy
mojarolar, kishilar ortasida janjal va kelishmovchiliklami korib turishi maqsad qilib
olingan edi.
1867-yilgi Nizom loyihasi boyicha olkada qozilar va biy sudlari, uyezd
sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bolimlari
va general-gubematorlik Devonining sudlov bolimi tashkil qilinadi.

Sud organlarining
faoliyati

Sud ishlarida mahalliy aholining otroq qismi uchun qozi
sudlari, kochmanchi aholisi uchun esa biy sudlari, volost
boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ulaming
Sud organlarining
faoliyati
yordamchilari aholi tomonidan uch yil muddatga saylangan.
Rossiya imperiyasi yerlik aholiga oz tasirini kuchaytirish uchun 1866-yil Toshkentda
mahkama joriy qiladi. Uning tarkibiga mahalliy aholi vakillaridan saylangan
qozi va 7 nafar alam kirgan. Mahkama azolari podsho hukumatining olkadagi
ishonchli va sadoqatli yordamchilari hisoblangan. Uning faoliyati podsho amaldor
vakili tomonidan nazorat qilib borilgan.
Qozi sudlarining vakolatlariga davo hajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va
fiiqarolik ishlarini korib chiqish kirgan. Yirik davolar esa qozilar va biylar qurultoyida
korib chiqilardi. Bu yigilishlar xalq sudyalari qurultoyi deb atalgan. Bular davo
hajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini hal qiluvchi ikkinchi
bosqich sudlari edi. Qozi sudi, xalq sudlari, yani birinchi bosqich sudi tomonidan
qonunga xilof qaror qabul qilingan taqdirda shikoyat qiluvchi keyingi bosqichga
murojaat qilgan. Bundan tashqari, uchinchi bosqich sudlari bu turli volostlar va
uyezdlar aholisi ortasida yuzaga kelgan bahsli ishlami hal qiluvchi xalq sudyalarining
favqulodda qurultoylari hisoblangan.
Qozilar aholining soniga qarab belgilangan. Toshkent shahrida tort dahaning har
birida bittadan tortta qozi, Samarqand shahrida ikkita qozi, volostlarda bittadan qozi
bolgan.Turkiston olkasida yashaydigan rossiyalik aholi uchun imperiya qonunlari
asosidagi sudlar faoliyat olib borgan. Dastlab tashkil qilingan vaqtinchalik harbiy
sud komissiyalari bu aholining jinoiy ishlarini korish bilan birga mahalliy aholi
tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi jinoyatlami
korib chiqqan. Viloyat va olka sudlari vazifalari general-gubematorlik devoni va
boshqarmalari zimmasiga yuklangan edi. General-gubemator olkaning bosh prokurori
va oliy sudyasi vazifasini ham bajargan.

XIX asrning oxirida
sudlov jarayonidagi
ozgarishlar

0 rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan song boshqa
sohalar singari sud tizimi ham bosqichma-bosqich ozgartirib
borilgan. Qozi va biy sudlariga bolib otadigan
saylovlarda mustamlakachi hukumatning aralashuvi, saylov
natijalarini tasdiqlashdagi notogri ishlar koplab janjallami, mahalliy aholi ortasida
ozaro nizolar, mamuriyatga nisbatan ishonchsizlik va norozilik harakatlarini keltirib
chiqargan.
Sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida bolib, saylovda
kimning golib chiqishi saylovchilarga qaraganda mamuriyat xohishiga bogliq
bolib qoldi. Kim mustamlakachi mamuriyatga yoqsa va unga sodiqligiga ishonch
hosil qila olsa, osha qozi va biy bola olardi. Saylovlarda turli xil nayranglar,
poraxorliklar avj olgan. Buning natijasida saylangan qozi va biylar oz faoliyati
davomida saylov vaqtidagi xarajatlarini turli yollar bilan, ayniqsa, poralar hisobiga
qaytarib olishga harakat qilishgan. Bu bilan qozilik va biylik serdaromad mansabga
aylandi. Qozilar va biylar lavozim egallashi va uni saqlab qolishi uchun mustamlakachi
hukumat vakillarining sodiq xizmatkorlariga aylandi.
1886-yilgi Nizomda ham Turkiston olkasida qozilar sudi saqlanib qoldi.
Uyezd sudlari bekor qilinib, ulaming omiga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan
tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat boshqaruvining
sud bolimlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari,
viloyat prokurori va ulaming yordamchisi lavozimlari joriy etildi.
1898-yilda Turkiston olkasi viloyatlarida sud nizomlarini qollash qoidalariga
muvofiq viloyat sudlari tugatildi, ulaming omiga okrug sudlari va butun Turkiston
olkasi bosh sud bosqichi huquqlari bilan mustahkamlangan Toshkent sud palatasi
tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi - hukumat senatiga boysunar
edi. Okrug sudlari Turkiston olkasining barcha viloyatida joriy etildi. Ulaming
tarkibi sud raisi, uning orinbosari va sud azolaridan iborat bolgan. Jazo chorasini
sudyalar va ikki sud azosi tayinlardi. Ulaming qarori ustidan berilgan apellatsiyani
imperiyada oliy sud bolgan hukumat senati korib chiqar edi. Shunday qilib, Turkiston
olkasidagi sud tizimi mustamlakachi hukumat vakillari va olka mamuriyati
nazorati ostiga otdi.

