15-. TURKISTONDA HARBIY-POLITSIYA TARTIBOTINING
'RNATILISHI

Mustamlaka
tartibotining
kuchaytirilishi


Turkiston olkasida mustamlaka tartiboti harbiy kuch va
keng tarmoqlangan politsiya tizimiga asoslangan edi. Bu
vaqtgacha mustamlakachilik urushlari olib borish uchun
saqlab turilgan harbiy qismlardan endi podsho mamuriyati
tomonidan omatilgan mustamlaka tartiblarini himoya qilish quroli sifatida foydalanadigan
boldi.
0 rta Osiyoga temiryollaming otkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun katta
amaliy ahamiyatga ega bolish bilan birga, harbiy-strategik maqsadlami ham kozlab
qurilgan edi. 0 rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Rossiya imperiyasining
mustahkam omashib olishi va mustamlakachilik siyosatini keng qamrovli
olib borilishida temiryollar muhim orin tutdi. Harbiy qoshinlar va qurol-aslahalami
Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan 0 rta Osiyoga tashish uchun
temiryol qurildi. Songra temiryol qurilishi Ashxabodgacha davom ettirildi.
1888-yili dastlabki poyezd Samarqandga keldi, 1899-yilda esa temiryol Toshkent
orqali Andijongacha qurib bitkazildi.
Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari Kavkazda joylashgan bolib,
u yerdan Kaspiy dengizi orqali kemada tez kechib otish mumkin edi. Krasnovodsk
dan esa temiryol bilan Samarqand, Toshkent
va Andijonga yetib kelish oson boldi.
Endi harbiy qismlami Krasnovodskdan
Andijongacha bolgan 3 ming kilometrdan
ziyod masofaga kochirish muammo bolmay
qoldi.
Turkistonda paxta ekini keng tarqalishi
va Rossiya kapitali joriy etilishi bilan
XX asr boshlarida temiryollaming
nafaqat harbiy balki iqtisodiy ahamiyati
ham kotarildi. 1905-yilda Orenburgdan
Toshkentga qadar temiryol qurib kelindi.

0'lkada harbiy
politsiya tartiboti

Turkiston olkasida podsho hukumati mahalliy aholining
keng kolamli qozgolonlarga aylanib ketadigan norozilik
harakatlariga qarshi jazolash tadbirlari uchun imperiya
manfaatlarini toliq himoyalaydigan huquqiy asoslar yaratishga harakat qildi.
1881-yilda Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qoriqlashga qaratilgan choratadbirlar
togrisidagi Nizom elon qilindi. Nizomga muvofiq, general-gubemator
kuchaytirilgan yoki favqulodda qoriqlash holatini oz ixtiyori bilan joriy etish
huquqiga ega boldi. Bunday huquq olkada qozgolon, jamoat osoyishtaligi buzilgan
va tashvishli kayfiyatlar paydo bolgan taqdirda unga oz ixtiyoriga kora
kuch va zoravonlik ishlatish mumkinligini anglatar edi. 1892-yildan boshlab
1916-yilga qadar Turkiston kuchaytirilgan
qoriqlov va favqulodda qoriqlov
holatida boldi.
Yangi Nizom shahar va qishloqlaming
har bir mavzeyini nazorat ostida
saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga
qoshimcha tariqasida uyezd
boshliqlariga ispravniklar huquqini ham
berdi. Bu narsa ulami uyezd politsiya
boshqarmalari rahbarlariga tenglashtirgan
edi. Ular har qanday odamni yetti
kunga qamoqqa olishga yoki jari

tortish vakolatiga ega boldilar. Uchastka pristavlari lavozimi ularga yordam tariqasida
tasis etilgan edi. Odatda ular soliqlar yigimiga, joylarda majburiyatlar, uyezd
boshliqlarining qarorlari ijro etilishiga rahbarlik qilgan ofitserlar bolib, har qanday
ozgarishlar haqida olka mamuriyatiga malumot yetkazib turgan holda aholi
ustidan kerakli nazoratni amalga oshirar edilar. 0 z uchastkalari doirasida ular surishtirish
va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa olishi va jarimaga tortishi mumkin edi.
1882-1884-yillarda olkani tekshirgan imperatoming maxfiy maslahatchisi F.Girs
Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 1200000 kishi erkak ekanligini
yozgan. Xuddi shu erkak aholiga harbiy xizmat majburiyatini yuklash masalasiga
toxtalgan podsho amaldori (F.Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilib,
Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. Podsho hukumati
mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar harbiy malakalarini
oshirishidan, qoshinlami yevropachasiga takomillashtirishga orgatishdan va zamonaviy
qurol-yaroglardan foydalanish mahoratini egallab olishlaridan chochir edi.
Shuning uchun mahalliy aholi qulay fursat kelganda ana shunday harbiy mahorat va
zamonaviy qurollardan podsho hukumati oziga qarshi foydalanishidan hadiksirar
edi. Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash uchun har qanday umidni
yoqotib tashlash, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar ananalami
tag-tomiri bilan tugatish - Turkiston olkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining
asosini tashkil etar edi.

