16-. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASRNING
BOSHLARIDA TURKISTONDA
IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL

Iqtisodiyotning
mustamlaka
manfaatlariga
boysundirilishi

XIX asming ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan
bosib olingan 0 rta Osiyo hududlarida yashovchi
xalqlaming siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida
keskin ozgarishlar yuz berdi. Shu bilan birga olka
iqtisodiyoti imperiya manfaatlariga toliq boysundirildi.
Bu davrda olkaga Rossiya kapitali, Yevropa mahsulotlari va yangi ishlab chiqarish
texnologiyalarining kirib kelishi kengaydi. Koplab bank va sanoat bolimlari ish
boshladi. Bu ozgarishlar olkada paxtachilik, konchilik, xomashyoga dastlabki ishlov
berish, yog-moy sanoati kabi sohalaming rivojlanishiga tasir korsatdi.
Iqtisodiyotdagi ozgarishlar imperiyaning olkadagi manfaatlaridan kelib chiqqan
holda, yani bir tomonlama olib borildi. Ishlab chiqarish va savdo-sotiq Rossiya
imperiyasi va u orqali boshqa davlatlar
bilan aloqalaming kengayishi natijasida
rivojlanib bordi. Ayniqsa, imperiya toqimachilik
sanoati uchun paxta yetishtirish
kopaydi. Bu olkada boshqa turdagi qishloq
xojalik mahsulotlarining kamayishiga,
ayniqsa, gallaning tanqisligiga sabab
boldi. Bu davrda boshqa sohalarga
qaraganda sanoatning paxta xomashyosiga
dastlabki ishlov berishga moljallangan
sohasi rivojlandi. Paxtani faqat tozalash
va yog ishlab chiqarish sohasigina
yolga qoyilib,  paxta xomashyosidan

tayyor mahsulot tayyorlash imperiyaning
markaziy gubemiyalarida bajarilgan. 0 1-
kadan olingan boshqa xomashyolar, jumladan,
jun va teriga ishlov berish ham
shunday tarzda bolgan.
1867-1900-yillarda Turkiston general-
gubematorligida ishga tushirilgan 175
ta sanoat korxonasi bolib, ulaming aksariyat
ishlari qol mehnati bilan bajarilgan.
Bu korxonalarda 20 ming ishchi ishlagan.
Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron
bolgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar
hisobidan ortib borar edi.
Korxonalarda ish kuni 16 soat bolib,
ishchilaming huquqini himoya qiladigan tashkilotlar bolmagan, ishchilar shikoyat
bilan hech kimga murojaat qila olmaganlar.
Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa
turdagi mahsulotlaming olkaga kirib kelishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar
- hunarmandlar mahsulotlarining bozori kasodga uchrab, ulaming kamayishiga
olib keldi. Rossiyadan keltirilgan arzon narxlardagi zavod va fabrika mahsulotlari
mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar bozorini
sindirdi. Buning natijasida olkada koplab odamlar, ayniqsa, hunarmandlar ishsiz
qoldi.
Rossiya sarmoyasi olkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki mavjud
tabiiy boyliklami ozlashtirishga, arzon xomashyoga ega bolishga, ulami tashib
ketishga, ozida ishlab chiqarilgan mahsulotlami bu olkada sotishga qaratildi. Shu
maqsadda savdo-sotiq sohasini va temiryollami kengaytirishga katta etibor berildi.
Podsho hukumati tomonidan olkadan olinadigan foydalar bu hududni rivojlantirish
uchun emas, balki imperiya xazinasini toldirish, Rossiya savdogar va sarmoyadorlarini
boyitishga xizmat qildi.

Paxta xomashyosiga
bolgan
ehtiyoj

Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari
paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan edi. 0 lkani
Rossiya toqimachilik sanoati uchun asosiy xomashyo
yetkazib beruvchi hududga aylantirish moljallangan edi.
Chorvachilikda yaylovlar uchun foydalaniladigan yerlaming paxta maydonlariga
aylantirilishi, chorvachilikning va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib keldi.
Bu hoi ayniqsa, Fargona vodiysida yaqqol sezilib, bu yerga galla va chorva mahsulotlari
chetdan olib kelina boshlandi. Galla, chorva mahsulotlariga bolgan ehtiyoj,
ulaming narxlarini keskin oshirib yubordi.
Fargona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari
paxta yetishtiriladigan eng muhim
markazlar bolgan. 1884-yilda Turkistonda
yangi paxta navi (Amerika navi)
yetishtirish boshlandi. Bu nav mahalliy
navlarga qaraganda ancha yuqori hosil
berar edi.
Podsho hukumati paxta maydonlarining
kengayishi va hosilning yaxshi bo-
lishi 0 rta Osiyo mintaqasida suv bilan
bogliq bolganligi uchun irrigatsiya tarmoqlarini
kengaytirishga harakat qilgan.
1911-yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi va 1913-yilga
kelib tugallandi. Biroq Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Fargona vodiysida
sugorish sohasi boyicha ishlaming kopi bajarilmay qolib ketdi.
Mustamlakachi hukumat uchun paxta olkada neft va oltindan keyingi orinda turuvchi
yuqori daromadli sohaga aylandi.

