IV 0'LI

XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI
MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI


Bolimni organish natijasida:
> Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabablari;
> 1885-1890-yillarda Turkistondagi xalq qozgolonlari;
> podsho mamuriyati jazolash siyosatining kuchayishi;
> Toshkentda vabo isyoni, 1898-yilgi Andijon qozgolonlari;
> aholining XIX asr ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari yakunlari va
ahamiyati togrisida bilib olasiz.

17-. TURKISTONDA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING
BOSHLANISHI VA UNING SABABLARI

Mustamlakachilik
jabr-zulmining
kuchayishi

Rossiya imperiyasi Turkiston olkasini bosib olgach,
mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuygularini
sondirishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Bu vazifani
amalga oshirmay turib, oz hukmronligini osongina saqlab
bolmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat
harbiy va bosqinchilik yoli bilan bosib olgan hududning boyliklaridan oz manfaati
yolida foydalanishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda ish yuritilib,
olkani Rossiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylantirishga kirishildi.
0 lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin
yol ochilayotgan bolsa-da, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona
xojayinlari, savdogarlar, amaldorlaming boyishiga yol ochib berdi.
Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qolida toplana borishi savdo-sudxorlik
kapitali mavqeyining kuchayishiga, kam yerli dehqonlaming, chorakorlaming
kopayishiga sabab boldi. Sudxorlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa
mablaglaridan faqat ayrim vositachilar - boylar, sudxorlar, savdogarlar va shunga
oxshash yulgichlar foydalanib, uni ozlari xohlaganlaricha tasarruf qilardilar. Paxtani
sotib oluvchilar dehqonning nihoyat darajada muhtoj bolib qolganligidan
foydalanib, kelasi yil hosiliga juda past narx belgilab qarz berardi. Sudxor changaliga
tushib qolgan dehqon xojalik mustaqilligidan mahrum bolib, qarz bergan kishi
nimani buyursa, shuni ekishga majbur edi.

Qarz va nasiyalardan foydalanish avj
olgan sari dehqonlaming ahvoli tobora
yomonlashib, qashshoqlikka yuz tutgan.
Ular qarzlar tufayli oz yerlarini sotib
yuborishga majbur bolganlar.
Turkistonning mustamlakaga aylantirilishi
nafaqat dehqonlaming, balki minglab
oilalaming tirikchiligini tebratib turgan
hunarmand-kosiblaming ham ahvolini
ogirlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan
ishlab chiqarilgan uy-rozgor buyumlari,
ayniqsa, toqimachilik mahsulotlari bilan
0 rta Osiyo bozorlarining toldirilishi
natijasida hunarmandchilikning koplab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib
iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlaming kopligi,
mehnat majburiyatlarining ogirligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi.
Bunday holat kambagallar safining yanada kopayishiga olib keldi. Bulaming barchasi
olka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilikning
yoqotilishi va hukmron mamuriyat tomonidan har tomonlama kamsitilishiga
sabab boldi.

Milliy-ozodlik
harakatlarining
boshlanishi

XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning
manaviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-odatlarga zid
bolgan qarorlaming qabul qilinishi natijasida Turkiston
Rossiya imperiyasining milliy-ozodlik harakatlari avj olgan
markazlaridan biriga aylandi. 0 lkaning turli joylarida kotarilib kelayotgan bu
qozgolonlaming harakatlantiruvchi kuchi asosan dehqonlar, shahar hunarmandkosiblardan
iborat aholining kambagal qismi boldi. Bu harakatlarda vatanparvar
ruhoniylar, milliy gururini yoqotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok etdilar.
Mustamlakachilikka qarshi olkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bolib turdi.
Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Marhamat tumani) mustamlakachilaming
siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qozgolon kotarildi.
Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi
Fargona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yigildi.
Ular Margilon uyezdida soliq toplash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib,
soliqlaming kamaytirilishini qatiy talab qildilar.
Qozgolon kuchayib ketishi ehtimolini sezgan podsho hukumati komissiya tuzib,
vaziyatni organishga kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning keng kolamda avj
oldirilishi, natijada boshqa muhim ekinlar keskin kamayganligi bunga sabab bolganini
malum qilgan.

1880-yilning noyabrida aholi hamma soliqlami tolaganligiga qaramay, Xojand
uyezdining boshligi Xojand va 0 ratepa tumanlaridagi aholidan qoshimcha yer
soligi olinadi, deb elon qildi. Buning oqibatida, sabr kosasi tolgan aholi Rahmonqulihoji,
Mirkarimboylar boshchiligida uyezd boshligining mahkamasiga
borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga
namoyish rahbarlarini hibsga olishni buyurdi.
Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-yilning boshlarida
Namangan aholisi mamurlarga qarshi bosh kotarib chiqdi. Bu safar ular uyezd
boshligining uyini orab oldilar. Uyezd mamurlari harbiy bolinmani yordamga
chaqirib, namoyishchilami qattiq jazoladi.
1885-yilning yozida Fargona vodiysida xalq qozgolonlari qaytadan avj olib,
Andijonda Darvishxon boshchiligida qozgolon kotarildi. Endi qozgolonchilar
kurash usullarini ozgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum
uyushtirdilar. Shu yillarda qozgolon birin-ketin butun viloyatga yoyildi.
1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi,
Kohna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi
oshkora qozgolonga aylanib ketdi. Turkistonda podsho hukumatining hukmronligi,
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi olkaning har bir
joyida mahalliy aholi tomonidan turli korinishdagi norozilik harakatlari olib borildi.

Xalq harakatlariga
qarshijazo
tadbirlarining
kuchaytirilishi

Rossiya imperiyasining savdo-sanoat doiralari Turkiston
olkasini har tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan qaram
qilishda faol ishtirok etdilar. Mustamlakachi hukumat
dastlab kochirib keltirilganlar qishloqlarini ozbek, qirg
iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bolishini ta-
minlagan boIsa, keyinchalik, bu qishloqlar va mahalliy qishloqlami birlashtirgan
volostlarga rahbarlami mahalliy aholiga mansub bolmagan shaxslardan qoya
boshladilar. Ular orqali mahalliy aholi ustidan
boshqaruv va nazoratni oz qollariga
toliq olish moljallangan edi. 0 lka mamuriyati
qozgolonlaming yangi tolqin
bilan kuchayib ketishidan doimiy ravishda
xavfsirab turardi. General-gubemator mahkamasi
maxsus bolimining boshligi oz
maruzasida isyonga moyil aholi vakillarini
harbiy sudga berish va bu sud olim
jazosini oshkora ijro etishi haqida fikr
bildirdi. U xalqni qorquv va tobelikda ushlab
turish olkada tartib hamda osoyishtalikni
taminlashga qodir yagona vosita ekanligini
uqtirdi.
1892-yildan mustamlakachilar oddiy
fuqarolami mamurlarga qarshilik korsatgan
taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. Gunohkorlami ochiqchasiga
qatl etish endilikda odamlami qorqitish uchun mustamlakachilarga katta huquqlar
berdi.