2-. XIX ASR 'RTALARIDA 0'ZBEK XONLIKLARINING
MA'MURIY BOSHQARUV TIZIMI

Buxoro
amirligining davlat
boshqaruvi

Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning
hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda otgan. Amirlikni
mangitlar sulolasiga (1756-1920) mansub cheklanmagan
hokimiyatga ega bolgan hukmdorlar boshqargan.
Jumladan, 1826-1860-yillarda Amir Nasrullo, 1860-1885-yillarda Amir Muzaffar
hukmronlik qilgan.
Amirlikning mamuriy markazi - Buxoro shahri
edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir - qo shbegi
qolida bolgan. Viloyat va tuman hokimlari
qoshbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va
xazina ishlari, soliqlar toplanishi kabi sohalami
devonbegi idora qilgan. Devonbegiga tashqi aloqalami
yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini
yuritishga masul mirzaboshi boysungan.
Amirlikda soliqlami oz vaqtida yigish va ulami hisobga olib borishga javobgar
kishi mushrif hisoblangan. Dodhoh lavozimini egallab turgan shaxs xalqning shikoyatlari
bilan shugullangan. Oliy hukmdor farmonlarini esapcirvotmchi elon qilgan.
Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni shayxulislom bajargan.
Shayxulislomga boysungan muftiy diniy-huquqiy masalalami, muhtasiblar esa
shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilinishi masalalari bilan shugullangan. Buxoro
amirligida sud boshligi - qozikalon, raiskalon hisoblangan. Vaqf ishlari va
mulklari bilan saclr shugullangan. Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi -
valiahd tarbiyasi bilan otaliq mashgul bolgan. To'pchiboshi amir qoshinlarining
bosh qomondoni bolgan. Amirlikning shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga
amir soqchilari boshligi - mirshabboshi masul hisoblangan. Ko'kaldosh mamlakat
xavfsizligi, amiming yaqinlari, dostlari va dushmanlari togrisida malumotlar toplash
bilan shugullangan. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, moliya, sud, mirshablik
va harbiy ishlar amiming qarindoshlari, oziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan.
Ular oz faoliyatlarini bajarishda katta huquq va imtiyozlarga ega bolganlar.

Xiva xonligining
davlat boshqaruvi

Xiva xonligi qongirotlar sulolasi (1770-1920) tomonidan
boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisoblangan. U
cheklanmagan mamuriy, harbiy hokimiyatga ega bolgan.
Oliy hukmdor hisoblangan xon qarorgohi Xiva shahrida
joylashgan. Bu shaharda ichki - Ichan qala va mudofaa devori bilan oralgan tashqi -
Dishan qala mavjud bolgan. Xonlikda Xiva, Urganch, Qiyot, Hazorasp, Qongirot
kabi shaharlar mamuriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar hisoblangan. Xonlikda

oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning
ixtiyorida qo 'shbegi, mehtcir, otaliqd&n iborat
kengash faoliyat korsatgan. Aholining tinchligi
va osoyishtaligi bilan mirshabboshi, xonlikdagi
tartib-intizom ishlariga xon qoshinlarining bosh
qomondoni - yasovulboshi, diniy ishlar va
shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi
masalalariga shayxulislom, sugorish inshootlari
va suv ta minoti hamda taqsimotiga mirobboshi
masul hisoblangan. Xonlikda taxminan 40
ming otliqdan iborat qoshin bor edi. Qoshinga
lashkarboshi qomondonlik qilgan. Askarlik
xizmatida bolganlar soliqlardan ozod qilingan.

Qoqon xonligining
davlat boshqaruvi

Qoqon xonligida oliy hukmdor xon hisoblangan. Xonlik
minglar sulolasi (1710-1876) tomonidan boshqarilgan va
uning mamuriy markazi - Qoqon shahri bolgan. Qoqon
xoni hokimiyati merosiy hisoblanib, xon cheklanmagan siyosiy, mamuriy va harbiy
hokimiyatni oz qolida mujassamlashtirgan. Eng yuqori harbiy lavozim amirlashkar
bolib, u harbiy vazir hisoblangan. Xonlikdagi alohida harbiy bolinmalarga
mingboshilar rahbarlik qilgan. Ular keyinchalik bosh vazir vazifasini bajargan. Xazina
ishlari va xarajatlarini mehtar nazorat qilib borgan. Qozikalon, qozilar islom dini qoidalari
asosida sud ishlarini olib borganlar. Muhtasib-raislar diniy ishlar, shariat
qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning togri yuritilishini nazorat qilganlar.
Xonlikdagi tartib-intizom ishlari bilan mirshab\&x shugullangan. Qoqon xoni zaruriyat
tugilganda oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bolgan 60 mingtagacha
askami yiga olardi.
