V  BO'LIM

XIX ASR IKKINCHI YARMI - XX ASR
BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR

21-. XIX ASR IKKINCHI YARMI-XX ASR BOSHLARIDA
QORAQALPOQLARNING HUDUDIY JOYLASHUVI
VA IJTIMOIY HAYOTI

XIX asrda
qoraqalpoqlar

Tarixan qoraqalpoqlar Ural, songra Volga boylarida,
undan keyin esa Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi
havzalari etaklarida yashab kelganlar. Ulaming chib
yashashlariga koproq tashqi omillar sabab boldi. Nihoyat,
ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi garb
tomonlarida muqim hayot tarziga ota boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh
turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga otdilar.
Quyi Amudaryoning katta chol va suv chiqmagan cholga tutash shorxok yerlarini
ular ozlarining mashaqqatli mehnati evaziga ozlashtirdilar. 0 troq hayotga ota
boshlagach, dehqonchilik bilan shugullanish qoraqalpoqlar hayotida asosiy orinni
egallay boshladi. Shunday bolsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi
sohalardan biri bolib qolaverdi.
XIX asr ortalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bolib, ular
Amudaryoning har ikkala qirgogida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan.
Ulaming soni osha vaqtda taxminan 100 ming nafardan oshmagan. Qoraqalpoqlarga
berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar tolaganlar.
Har xil majburiyatlami bajarganlar.

Qoraqalpoqlaming
ijtimoiy hayoti

Qoraqalpoqlarda uruglarga bolingan, ularda yerdan foydalanish
jamoa tariqasida kechar edi. UrugMar sugorish
kanallari qazilishi uchun masul bolishgan. Chorva xususiy
mulk bolgani bois unga urug tamgasi urilar va
jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlaming har bir ovul aholisi bitta urugga
mansub edi. Qoraqalpoqlami boshqarish qulayroq bolishi uchun Muhammad Rahim
I Qoraqalpoq ulusini shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu
ulusga kirgan. Ulusni boshqarish xonning ixtiyorida edi. UrugMar va qabilalar ancha
yirik guruhlarga birlashtirilib, ulami boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari
- otaliq va beglarbegi tayinlangan. Ayrim viloyatlami boshqarish uchun tayinlangan
hokimlar odatda xonning yaqin qarindoshlari bolishgan.

Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva xonlarining
alohida homiyligida bolgan. Qozilar ham ruhoniylar nazorati ostida bolishgan.
Qoraqalpoqlar orasida sudlaming ikki turi - qozilar sudi va biylar sudi mavjud edi.

Xo'jaligi va
mashg'ulotlari

Qoraqalpoqlar XIX asming ikkinchi yarmiga kelib otroqlashib,
dehqonchilik ular hayotida asosiy orinni egallay
boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri
bolib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizgin vaqtlarida qoraqalpoq oilalari ekinzor
yerlaming qulay bir joyiga oz otovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch
mehnat bilan band bolgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib
olgan qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar otovlariga tosatdan hujum qilar edi. Bu
kutilmagan bosqin natijasida ular koplab mol-mulklaridan ajralardi. Bunday paytlarda
yurt oqsoqollari Xiva xonidan ozlarini himoya qilishni sorab choparlar yollardilar.
Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim orin egallagan.
Amudaryoning boylarida va Orol dengizi atrofidagi kollarda baliqlar serob
bolib, ular koplab oila hamda urugMar uchun asosiy tirikchilik manbayi edi.
Hatto sharqdan garbga borayotgan savdo karvonlari tuzlangan baliqni kop miqdorda
ana shu baliqchilik bilan shugullanuvchi oilalardan olib ketardilar. Qoraqalpoqlar
asosan rozgor uchun zarur buyumlami
tayyorlash bilan shugullanar edilar. Ehtiyojdan origan
buyumlar esa bozorga chiqarilgan. Ular otovlaming
atrofini orash uchun matolar, tuya junidan
guldor namatlar toqir edilar. Ulaming xalq amaliy
sanatida otovlar uchun oymakor eshiklar va boshqa
uy-rozgor buyumlari yasash, gilam toqish,
kashtachilik yuqori darajada rivojlangan. Bu qoraqalpoqlarda
xojalik va turmush talablarini taminlab
tu ru vchi hunarmandchilik sohalarining ham rivojlanganligini,
ular ayniqsa, yogoch va suyakka ishlov
berish borasida qoli gul usta bolishganligini ko'rsatadi

Qoraqalpoqlarda
urug'chilik
va qabilaviy
munosabatlar

XIX asrda ham qoraqalpoqlaming ayrim ovullarida urug
munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq,
mangit va kenagas qabilalari tarkibidagi urugMar
on tort urug - aris (urug) birlashmasini tashkil qilgan.
Arislar orasida eng yirigi on tort urug bolsa, harbiy
kuch borasida ikkinchi orinda shulluk va joungumi birlashtirgan aris-qongirotlar
turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urugniki deb hisoblansa-da,
urug oqsoqollari, ruhoniylar va biylaming ulushi katta miqdomi tashkil qilgan. Bu
hoi XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi.
Qoraqalpoq urugMarini boshqarish biy va uning oqsoqollari qolida bolgan.
Urug biylarini Xiva xonlari tayinlar va uning mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi
yorliq berar edi. Biylar qol ostidagi urugning istalgan azosiga sodir etgan aybi
uchun jazo berar, loyiq deb bilgan odamlariga tortiq va hadyalar inom qilardi. Xiva
xonining ishonchini qozongan biylarning
vakolatlari yanada kengaytirilib,
ularga alohida muruvvat korsatilgan.
XIX asming ikkinchi yarmida butun
qoraqalpoq urugMarini boshqarish,
soliqlami undirish, harbiy xizmatni
otash majburiyatlariga doir ishlami
tartibga solish maqsadida beklarbegi
lavozimi tayin etilgan. Ayrim tumanlami
idora qilish uchun esa xon ozining
qarindosh-urugMari va ishonchli
odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan
quyi Amudaryo va Orolboyi hududlariga jo natib turgan. Islom dini asoslarini
qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash uchun esa Xivadan musulmon ruhoniylari
ham jo natilgan. Ularga qoraqalpoqlaming istedodli yoshlarini Xiva madrasalariga
jo natib turish vazifasi ham yuklatilgan.

Urf-odatlari va
turmush tarzi

Qoraqalpoqlarda urugchilik oziga xos qadriyat boMib,
uning tasiri oila va qarindoshchilik munosabatlarida
kozga tashlanib turar edi. Har bir urug oz qavmining
mustahkamligini taminlashga intilgan.
Har bir urugning oziga xos dafn marosimlari bolib, ulaming qabristonlari ham
alohida edi. Anana boyicha qabristonga ularda shu urugning mashhur avliyo yoki
pir darajasidagi kishilari dafn etilgan.
Toy marosimlarida urugning barcha azolari ishtirok etishi shart bolgan.
Umuman olganda, qoraqalpoqlar kochmanchilikdan otroq turmushga otishgacha
bolgan uzoq davrda, xalq bolib shakllanish jarayonida oziga xos manaviy-moddiy
qadriyatlar yaratdi. Mehr-oqibat, insonparvarlik goyalari bilan sugorilgan turmush
tarzi shakllandi. Qirqqiz va boshqa turkiy xalqlaming manaviy mulki bolgan turli
xil dostonlarida mardlik, erksevarlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi, or-nomus ustuvor
edi. Bu goyalar qoraqalpoq xalqi hayotidan mustahkam orin oldi.