23-. QORAQALPOQLAR TURKISTON
GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBIDA

Gandimiyon
shartnomasidan
song qoraqalpoqlar
hayotidagi
o'zgarishlar

Xiva xonlari tomonidan qoraqalpoqlaming kochmanchi
hayoti cheklangandan song, qisqa davr mobaynida ular
xonlikda bir nechta yangi dehqonchilik tumanlarini tashkil
etishdi. XIX asming 70-yillariga kelib ular deyarli otroq
turmush kechira boshladilar. Qoraqalpoqlar Amudaryoning
har ikkala qirgogida yastanib yotgan kengliklami
ozlashtirib, sholi, bugdoy, arpa va paxta yetishtirishdi. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan
biri shunday yozadi: Bu xalqning asosiy va deyarli birdan bir hunari
dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sugoriladi
va hech qayerda, hatto chigir bilan kotariladigan joylarda ham suv taqchilligi
sezilmaydi.
Podsho hukumati qoshinlarining 1873-yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan
va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryoning ong qirgog
ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasiga qoshib
olindi. Bu yerda Turkiston general-gubematorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga

kiruvchi Amudaryo bolimi tashkil etildi. Qoraqalpoqlaming Amudaryoning chap
qirgogida yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoladi.
Amudaryo bolimida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming kishiga yetib, bu yerdagi
jami aholining 48,6 % ini tashkil etar edi. Rossiyadan kochib kelgan odamlar
qariyb ming kishi bolib, Petro-Aleksandrovsk (hozirgi Tortkol)da, Uralskiy posyolkasida
va Nukus qishlogida yashardi. Ulaming aksariyati 1875-yilda podsho
hukumati tomonidan armiya xizmati togrisidagi yangi nizomga boysunmagani
uchun bu yerga surgun qilib kochirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar asosan
baliq ovlash bilan shugullanishgan.
Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, yani qariyb 25 ming kishini
tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlaming Rossiya imperiyasiga
qoshib olinishi natijasida podsho hukumatining 0 rta Osiyodagi tasir doirasi yanada
kengaydi.
Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlaming 70% dan ziyodi yersiz dehqonlar
bolib, ular asosan yollanib mehnat qilishar edi.
Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovarpul
munosabatlarini ozgartirib yubordi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida dastlabki
sanoat korxonalari paydo boldi. Ularda mahalliy aholi vakillari ham ishlay
boshladi.
XIX asming 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib
bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan
shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand va dehqonlari bozor boladigan
kunlarda oz mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy
o'zgarishlar

Chimboy Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy
iqtisodiy markazlari bilan boglardi. Bu yerda koplab
dokonlar bolib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy
joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar paydo
boldi, ammo ular yetarli emasdi. Jumladan, 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan
joylarda atigi tortta umumtalim maktabida 200 nafar oquvchi oqir, ikkita kasalxona
va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.
Dehqonlar va chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Ayrim biylar,
yuzboshilar, mulla va eshonlaming yer mulklari 15 ming tanobgacha (1 tanob - 2500
kv. m yer) bolsa, oddiy xalq tomorqalari 1-2 tanobdan oshmas edi.
Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda chorva mollari soniga qarab ham
belgilangan. 1871-1872-yillar malumotlariga qaraganda, urugning aksariyat oddiy
azolari chorvaga ega bolishmagan, ayrim boylar ming boshgacha qoramol va
1,5 ming boshgacha qoy-qoziga ega edi.
Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar katta yer egalari va
boylarga qaram bolib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat azolari yordam sifatida
oz qarindoshlariga yemi hosilning teng yarmi - jarmshi sharti bilan berishardi.
Yersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar esa har qanday ogir ishlami bajarib, badavlat
chorvadorlar va zamindorlaming mollari va yerlaridan foydalanganliklari uchun
ham ishlab berishga majbur edilar.

