24-. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA
QORAQALPOQLAR MADANIYATI

Xalq og'zaki
ijodiyoti

Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida
chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy
madaniyat yodgorliklarini toliq saqlab qolish imkoniyatiga
ega bolmagan.
Xalq istedodini namoyon etuvchi boy ogzaki sheriy ijodiyotning janrlari
ancha kop bolgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qoshiqlarda
ifoda etilgan otalar sozi alohida ajralib turar edi. Qoraqalpoq xalq ogzaki ijodida
kulgi qahramoni bolgan 0 mirbek laqqi obrazi orqali razillik, yomonlik, yovuzlik,
zolimlik kabi salbiy illatlar hajv yoli bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik,
qahramonlik uluglangan. Qoraqalpoq xalqining ogzaki ijodi chuqur mazmunga
egaligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalq manaviy madaniyatining yuksak
darajasi ajdodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek,
musiqali olanlarda saqlanib qolgan.
Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yollari mashhur edi. Doston
qahramonlik haqida sheriy asarlar bolib, ularda xalq baxt-saodati va farovonligi
uchun kurashgan mard botirlaming buyuk jasoratlari madh etilgan. Ancha mashhur
bolgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlaming ozodlik va mustaqillik uchun
fidoyilarcha kurashi tasvirlangan Qirqqiz dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda
Sarkub hukmdori Olloyor oz qizi Guloyimga
Muyeli degan hosildor yerlami tortiq qilgani haqida
aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi
mustahkam bir qala barpo etishadi. Dushmanlar
Sarkub yerlariga hujum qilib, Guloyimning otasini
oldirishadi. Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklarning
kopi asir olinib haydab ketiladi. Guloyim
va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashga
kirishadi, qoraqalpoqlami asirlikdan ozod qiladi va ona
yurtga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga uning
oshigi xorazmlik bahodir Arslon yordam beradi.
Dostonning bosh goyasi - yuksak vatanparvarlik hissi
va ona-Vatanga, xalqqa fidoyilarcha muhabbatdir.
Qirqqiz dostoni bugungi kunda xalq ogzaki ijodi-
ning durdonalaridan biri sanaladi.

Ilm-fan

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda bir
qancha madrasalar bolib, ulaming eng kattalari Qoraqum
eshon va Tosh madrasalari edi. Qoraqum eshon madrasasi
XIX asr ortalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasa esa
1841-yil Mangit hokimi Xojaniyoz tomonidan qurdirilgan. Madrasada talim ikki
bosqichli bolib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi organilgan bolsa, keyingi
bosqichda diniy-huquqiy bilimlar oqitilgan.
XIX asr oxirida qoraqalpoqlaming ilk yozma asarlari paydo bola boshladi.
Qoraqalpoq shoirlari Kunxoja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788-1875), Ajiniyoz
(1824-1878) kabilaming nomlari keng tanildi. Ular bilimdon, oz taqdirini
xalqi taqdiri bilan boglagan kishilar edi. Masalan, Kunxoja oz ijodiyotini ovullaming
oddiy ahliga, ulaming kundalik mehnati va turmushiga bagishladi. U adolatsiz
tartiblami qattiq qoraladi.
Ajiniyoz Qasiboy ogli (taxallusi Zevar) - Moynoqdagi eski maktabda, songra
Xivadagi Shergozixon madrasasida oqigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan
bolib oxund (oqimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mahoratli kuychisi)
darajasiga erishgan. 0 zbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. Shoiming
Bozatov dostonida qoraqalpoq xalqining hayoti, ayniqsa, ulaming yurtma-yurt
kochib yurish jarayoni bilan bogliq voqealar katta mahorat bilan tasvirlangan.
Ajiniyoz adabiy merosidan bizga 100 ga yaqin sherlar
va dostonlar yetib kelgan. Uning sherlarida vatanparvarlik,
insonparvarlik goyalari kuylangan. Qiz Mengesh
bilan aytishuv asari esa xalq orasida mashhur bolgan.
Uning hayoti va ijodi haqida qoraqalpoq yozuvchisi
K.Sultonov Ajiniyoz romanini yozgan.
Berdaq (1827-1900) qoraqalpoqlaming buyuk shoiridir.
U qongirot qabilasiga mansub bolib, Orolboyida
tugilgan. Ovul maktabida, songra Qoraqum Eshon
madrasasida oqigan. 20 yoshdan sherlar yoza boshlagan
va yarim asr davomida turli mavzularda olanlar
toqidi. Berdaq oz ijodini xalqi uchun olmas asarlar
yaratishga bagishladi. Sherlaridan biri ham Xalq
uchun deb nomlangan. Uning sherlarida zulmni qoralovchi tuygular, jo shqinlik ustuvor bolgan. Jumladan, Ahmoq podshoh dostoni
shunday ulkan tasir kuchiga ega edi. Tarixiy mavzudagi "Avlodlar", "Omongeldi",
"Oydostbiy", "Emazarbiy" asarlarida shoir oz xalqi qahramonlarini faxr bilan
kuylaydi.
XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik ananalarini
yangi avlod vakillari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabilar davom
ettirdilar.