VI 0'LI

JADIDLAR HARAKATI VA UNING TURKISTON
IJTIMOIY- SIYSIY VA MADANIY
HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Bo'limni o'rganish natijasida:
> Jadidchilik harakatining paydo bolish sabablari;
> Jadidlaming maqsad va vazifalari;
> Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida jadidchilik harakati namoyandalarining
omi;
> Turkistonda marifatparvarlik harakatining natijalari va ahamiyati haqida
bilib olasiz.


25-. JADIDCHILIK HARAKATINING
VUJUDGA KELISHI

0'rta Osiyoda
jadidchilik
harakatining
vujudga kelish
shart-sharoitlari

Rossiya imperiyasi tomonidan 0 rta Osiyo xonliklarining
zabt etilishi ushbu hududni tanazzulga yuz tutishiga, jahonning
rivojlangan davlatlaridan kop sohalarda orqada qolib
ketishiga, milliy qadriyatlarni toptalishiga olib keldi. Maorif
sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy
aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan
siyosat olib borildi.
Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bilan bir qatorda
mahalliy aholining aksariyat qismi ozlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni
asrash va rivojlantirishni bir kun boIsa ham unutmadi. 0 rta Osiyoga nisbatan
Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan
ochiq kurash olib borishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan, millat,
xalq qaygusini tushungan kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi
yol bu - uning marifatini uygotish deb bildi. Ular xalqni marifatli qilmasdan
turib, mustaqillikni qolga kiritib bolmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq
orasida ilgor goyalami tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar.
0 lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati
jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi.

Jadidchilik
harakatining
vujudga kelishi

Har bir jamiyatdagi ozgarishlar oz davrining tarixiy sharoitidan
kelib chiqib namoyon boladi. Bu ozgarishlarda
tarixiy shaxslar, ayniqsa, ziyolilaming omi katta bolib,
ulaming har biri oziga xos ilgor goyalami ilgari suradi.
Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami hal qilish yollarini topishga
harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asming ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi
tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston, protektoratga aylantirilgan
Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham roy berdi. XIX asming ikkinchi
yarmida mustamlaka zulmi ostidagi ziyolilar oz xalqlarini marifatli qilish va
ulaming taraqqiyot darajasini kotarishga qaratilgan harakatlami boshladilar.
Qrim-tatar marifatparvari bolgan Ismoil Gaspirali (1851-1914) butun turkiy
xalqlar ortasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U diniy va
dunyoviy bilimlami chuqur egallab, jahon taraqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir
nechta xorijiy tillami, turli xalqlaming madaniyatini organgan edi. 0 zi egallagan bilimlar
asosida Sharq va Garb dunyosini taqqoslab, turkiy xalqlaming taraqqiyotga
erishish yollarini izlaydi. Ismoil Gaspirali 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi
jadid maktabiga asos soldi. U ozi tuzgan talim dasturi asosida darslik tayyorladi.
Shu dastur boyicha 40 kunda 12 oquvchining savodi chiqarildi. Bu usul usuli
savtiya - harf tovushi usuli, yani usuli jadid nomi bilan keng tarqaldi. Uning 1888-
yilda Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoldosh kitobi chop etildi. Unda yangi
usul maktablarining talim tizimi, dars otish va uning tashkil qilinishi, oquv xonalarining
jihozlanishi, dars jadvali, tatillar, imtihonlar bayon etilgan.
Jadid sozi arabcha bolib - yangi degan manoni anglatadi. Jadidlar Rossiya
imperiyasi mustamlakasi bolgan xalqlami, eng avvalo, maorif tizimini yaxshilash,

talim sohasini isloh qilish, yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy fanlami ham
oqitish zarur deb bildilar. Ular musulmon xalqlarining maktab va madrasalarida yoshlarga
diniy talim, arab, fors va rus tillari, tibbiyot, kimyo kabi fanlar oqitilishi zarurligi
goyasini ilgari surdilar.

Taraqqiyp arvarlik
harakatining 0'rta
Osiyoga yoyilishi

urkiston olkasida millat istiqbolini oylovchi taraqqiyparvar
kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand,
dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud
edi. Jadidchilik goyalarining keng yoyilishida Tarjimon
gazetasi katta orin tutdi. Ismoil Gaspiralining 1893-yilda Toshkent, Samarqand va
Buxoroga tashrifi marifatparvarlik goyalarining keyingi rivojiga turtki boldi. 1893-
yilda Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi faoliyat korsata boshladi. Keyinchalik,
bunday maktablar boshqa hududlarda ham keng tarqaldi.
0 rta Osiyo jadidlari marifatparvarlik yolida qrim
ziyolilari tajribalarini organish bilan birga, boshqa mamlakatlardagi
taraqqiyparvarlaming ilgor goyalaridan
ham foydalandilar. 0 rta Osiyo taraqqiyparvarlik harakati
ishtirokchilarining yoshi boshqa mamlakatlar progressiv
harakat vakillaridan ajralib turgan. 1910-yilda ulaming
eng yoshi Abdulhamid Cholpon - 13 yoshda, eng kattasi
Mahmudxoja Behbudiy - 36 yoshda bolgan.
Taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi ikki bosqichda
boldi. Birinchi bosqichda marifatparvarlikdan
boshlangan jadidchilik harakati 1917-yilga kelib ozining
ikkinchi bosqichi - siyosiy korinishdagi harakatga ,  aylandi.

0 rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga kora,
Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bolinadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini
ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi
kurashning oldingi saflarida turdilar. Ular podsho hukumatining xomashyo manbayiga
aylantirilgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida korishni
orzu qilganlar. XX asming boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning
boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, xalqning turmush darajasi
past ekanligini va uni ozgartirish lozimligini chuqur angladilar.

Buxoro milliy ziyolilarining harakati Turkiston olkasiga nisbatan ogir ijtimoiysiyosiy
sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan ziyolilar, mayda dokondorlar,
oqituvchilar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlar iqtisod va boshqaruv
sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlami kamaytirish talabi bilan ham chiqishdi.
Shuningdek, Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullalar, yangilik va islohotlami
xush kormaydigan qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi. 1910-yildan
boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida
shakllana boshladi. XX asming boshlarida Buxoro taraqqiyparvar kuchlari vaziyatga
tanqidiy yondoshgan holda davlatning ichki boshqaruv tizimi zamon talablariga javob
bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past ekanligini va
siyosiy-mamuriy tuzumni ozgartirish lozimligini chuqur anglay boshladilar.
Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati esa
boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. Xiva xonligida jadidchilik ikkita
oqimdan iborat bolib, uning ong oqimi Bosh vazir Islomxoja boshchiligida xonlikdagi
savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylaming vakillarini birlashtirdi.
Mazkur oqim oz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar
otkazilishini maqsad qilib qoydi. Sol oqim esa qozikalon Bobooxun Salimov
rahbarligida sarmoyadorlar, hunarmandlar va boshqa tabaqa vakillarini birlashtirgan
edi. Ular yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasini siyosiy faolligiga
erishmoqchi boldilar.
Turkistonda marifatparvarlik harakatining yoyilishi bu davrdagi mustamlakachi
hukumat va uning amaldorlari hamda mahalliy mutaassib va johil ruhoniylarning
qarshiligiga uchradi. Shunga qaramay, jadidlar matbuot, noshirlik va teatr sohalarida
faoliyatlarini davom ettirdilar. 1898-yilda Qoqon shahrida Salohiddin domla ikkinchi
jadid maktabini ochdi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon
qori jadid maktabini ochib, koplab oquvchilaming yangi usulda talim olishlariga
erishdilar.

