27-. JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYANDALARI
VA ULARNING FAOLIYATI

Turkiston jadidchilik
harakatining yirik
namoyandalari

XX asr boshlariga kelganda Toshkent, Samarqand, Fargona vodiysi shaharlarida onlab jadid usulidagi
maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli
va marifatli qilib tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil
davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik goyalarini ilgari surganlar. XX
asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, olka manaviymarifiy
soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatni rivojlanishiga katta hissa qoshgan
namoyandalari vujudga keldi. Bular Samarqandda Mahmudxoja Behbudiy, Abduqodir
Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvar Qori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy, Ubaydullaxoja Asadullaxojayev, Buxoroda Abdurauf
Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xojayev, Fargona vodiysida Hamza Hakimzoda
Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cholpon, Ishoqxon Ibrat, Xivada
Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Hoji Yusupov va boshqalar edi. Ular vatanparvar,
marifatparvar, Turkiston lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari
hisoblanadi.

Turkiston jadidlarini birlashtirishda  0 rta Osiyo jadidlarining
otasi deb tan olingan Mahmudxoja Behbudiy
(1875-1919)ning xizmati katta boldi. U 1875-yilning
19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogida
tugilgan. Dastlab Samarqand, songra Buxoro madrasalarida
tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga kotarildi.
Behbudiy 0 rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi
va yolboshchisi edi. Turkistonda marifatparvarlik harakatining
rivojlanishiga katta hissa qoshgan shaxs hisoblanadi.
Behbudiyning tashabbusi bilan oz otasi sharafiga Behbudiya
kutubxonasi deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931) Turkiston
olkasida ozodlik, millat kelajagi uchun kurashgan
marifiy, siyosiy arbob, jadidchilik harakatining yirik
namoyandalaridan biri. 1904-yildan boshlab olkadagi
ijtimoiy-siyosiy, marifiy harakatlaming faol ishtirokchisi.
U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi,
milliy gazeta va jumallari asoschisi, muharriri hamda
jadid teatri targibotchisi bolgan. Munavvar Qori maktablar
uchun Adibi avval, Adibi soniy, Yer yuzi kabi darsliklami
yaratdi.
Dastlabki paytlarda madaniy-marifiy, keyinchalik,
siyosiy-ijtimoiy xususiyat kasb etgan islohotchilik harakati
faol ishtirokchilaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent
shahrida hunarmandlar oilasida tugildi. U maktab va
madrasada talim olib, oz zamonining marifatli va chuqur bilim sohibiga aylandi.
Abdulla Avloniy olkada talim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa
qoshib, 1907-yil Shuhrat gazetasiga asos soldi. 0 zi tashkil qilgan yangi usul maktabi
uchun Birinchi muallim, Ikkinchi muallim Turkiy guliston yoxud axloq
kabi darsliklami yaratdi.
Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiyparvarlar
ham marifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari,
kutubxona va kitob dokonlari ochdilar.

Jadidlar
harakatining milliy
xususiyatlari

Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari marifatparvar
kishilar edi. Marifatparvarlar keng manoda,
bilim tarqatuvchi kishilar hisoblanadi. Siyosiy manoda
marifatparvarlik xalqni ozodlikka olib chiqish va milliy
davlatchilik goyalarini ilgari surish bilan ifodalanadi. Turkiston marifatparvarlari
jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlik, mutaassiblik, diniy aqidaparastlikni inson
azob-uqubatlarining asl sabablari deya talqin etdilar. Ular podsho yakkahukmronligi
(absolyutizm)ga qarshi kurashdilar, siyosiy erkinlik va inson huquqlarini yoqlab
chiqdilar.
Turli mamlakatlarda marifatchilik harakatlari oziga xos, milliy xususiyatlarga
ega bolgan, ammo ulaming mushtarak jihatlari ham mavjud edi. Bu jihatlar Turkiston
jadidlari faoliyatida ham namoyon boldi. Jumladan, ular mavjud tuzum, uning iqtisodiy,
ijtimoiy va huquqiy sohalardagi barcha salbiy korinishlariga va kamchiliklariga
qarshi kurashish; maorif, erkinlik, hayotning insoniy-madaniy jihatlarini shakllantirish,
ulami qollab-quvvatlash va himoya qilish, manaviy va axloqiy meyorlami
takomillashtirish; xalq ommasi manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini oshirishga
sidqidildan intilish yolidan bordilar.
Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bolgan, yani Alisher Navoiy, Mirzo Bedil
va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik
va taraqqiyparvar goyalami davom ettirdilar. Turkiston ilgor ziyolilari erishgan
yutuqlari orasida eng salmoqligi hukmron mafkuradan mustaqil bolgan xalq

talimi tizimining yaratilishi hamda milliy matbuotga asos solinishi edi. Bu esa
oz navbatida progressiv goyalami tarqatish uchun muhim vosita bolib xizmat qildi.
Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlami chet ellarga yuborib, zarur
kasblami egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlami va ular uchun qaygurgan
jadidlami qollab-quvvatladilar. Andijonlik Mirkomil Mirmominboyev oz
hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag ajratgan. 1910-yili Buxoroda mudarris
Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid, Hamidxoja Mehriy, Usmonxoja va Muhammaddin
maxdum kabilar Tarbiyayi atfol (Bolalar tarbiyasi) jamiyatini tashkil qilib,
1911-yili 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga oqishga yuborganlar.
