28-. JADIDCHILIK HARAKATINING TURKISTON
IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOTIGA TA'SIRI

Jadidlar va
islom dini

Jadidlar mafkurasida islom dini shaxsning manaviy kamoloti
va jamiyat rivojidagi ahamiyati muhim orin tutgan.
Ular ushbu vazifani hal etmay turib, boshqa muammolami
bartaraf qilishning iloji yoqligini anglab yetganlar. Ana shu maqsadda, 1909-yilda
Mahmudxoja Behbudiy, 1910-yilda Abdulla Avloniy, 1915-yilda Abdurauf Abdurahim
ogli Fitrat tomonidan islom tarixiga oid asarlar yaratildi. Bir xil nomga ega
bolgan ushbu asarlarda ular islomning paydo bolishi va tarqalishining eng muhim
bosqichlarini yoritib berdilar, shuningdek, islom aqidalarini notogri talqin qilinishiga
qarshi chiqdilar.
Turkiston taraqqiyparvarlari tomonidan birinchi
navbatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar qatorida islom
dini meyorlarini, Quron oyatlari va Hadislarni,
shariat hukmlarini togri talqin etish, talim tizimini
isloh qilish, uni zamon talablariga moslashtirish kabilar
bor edi.
Milliy taraqqiyparvarlar musulmon ruhoniylarining
fanga nisbatan salbiy munosabatda bolgan vakillarini
qoraladilar. Taraqqiyparvarlar islom dini har bir musulmon
erkak va ayollaming bilimlarga ega bolishini, ularning
zimmasiga burch qilib qoyganligini keng targib
qildilar
Jadidlar ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning
asosiy yonaltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi
deb hisobladilar. Ulaming fikriga kora, chin musulmon bolish uchun diniy bilimlar
bilan birga dunyoviy bilimlami, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot,
tarix va boshqa fanlami bilishlari zarur deb hisoblangan. Buni muqaddas Quron
oyatlari va Hadislar asosida tasdiqladilar.
Jadidlaming islomga oid goyalari ularni islomning asosiy talimotini
ozgartirishga intilganlar, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Sababi ular oz faoliyatlarida
Quronni ham, umuman, butun islom talimotini ham togri izohlab berganlar.
Ulaming barchasi islom diniga va musulmon ananalariga sodiq edilar. Ular
islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga, jamiyat rivojiga va taraqqiyotiga xalal
beradigan salbiy korinishdagi holatlarga qarshi chiqdilar. Jadidlar johillikni tugatishga,
jamiyatda hurfikrlar, taraqqiyparvar goyalar uygotishga intildilar.

Taraqqiyparvarlarning
Turkiston
ijtimoiy-iqtisodiy
sohasidagi faoliyati

Jadidlar olkani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida
ham oziga xos qarashlarga ega edi. 0 rta Osiyo taraqqiyparvarlari
oz faoliyatlari davomida olka xalqlarining
ijtimoiy hayoti, turmush tarzi, kasb-kori, shart-sharoitlaridan
xabardor bolganlar. Xalqning ahvoli yildan yilga
ogirlashib borayotganligini, turli kasb egalari oz sohalarining yetuk mutaxassisi
emasligi sababli millat kelajagi yolida foyda keltirmayotganliklarini angladilar.
Ulaming fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini taminlamay turib, siyosiy
va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emas edi. Buning uchun birinchi navbatda,
yemi, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi
deb elon qilish, barcha sohalami rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlami tayyorlash,
zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlami olkaning ozida ishlab chiqarishni zarur deb
bildilar.
Jadidlar koplab yoshlami rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga
oqishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib yurt va millat uchun xizmat qilish
goyalarini ilgari surdi. Ulaming say-harakati bilan mahalliy aholi tomonidan
yoshlami xorijda oqib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablaglar yigildi.
0 lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xojaligi rivojining qiyosiy tahliliga
bagishlangan koplab maqolalar elon qilindi.
Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri, Toshkentning Qoryogdi mahallasidan
bolgan Asadullaxoja ogli Ubaydullaxoja Rossiyada huquqshunoslik sohasi
boyicha talim olib, birinchi oliy malumotli ozbek advokati boldi. U buyuk ms yozuvchisi
Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan.

Jadidchilikning
siyosiy harakatga
aylanishi

Turkiston taraqqiyparvarlari XX asming boshlaridagi dunyoda
roy bergan siyosiy jarayonlami diqqat bilan kuzatib
bordilar. Bu davrda xorijdagi siyosiy partiyalaming
dasturlarini tahlil qildilar. Shu vaziyatda taraqqiyparvarlar
ozbek xalqining tinchliksevarligi, bosiqligidan kelib chiqib, barcha muammolami
tinch yol bilan hal etishga intildilar, chunki ular qonli toqnashuv va umshlarga qarshi
edilar.
1917-yildagi Rossiya fevral voqealari arafasida Turkiston jadidchiligi kuchli siyosiy
harakatga aylandi. Agar birinchi jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar
monarxiya uchun kurashgan bolsalar, fevral voqealaridan keyin jadidlar ancha keng
qamrovli, bir qator siyosiy talablami ilgari surdilar. Jumladan, mahalliy aholi huquqlarini
kengaytirish, olkani boshqarish yuzasidan islohotlar otkazish, Davlat Dumasidan
olka aholisi sonidan kelib chiqib orin ajratish, milliy matbuot erkinligini taminlash
kabilardan iborat edi. Ayni vaqtda, milliy-siyosiy partiyalar va tashkilotlar, masalan,
Shoroi Islomiya, Ittifoq kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda
jadidlar tub yerli aholi ijtimoiy tarkibining barcha qatlam vakillarini oz ortidan ergashtira
oldilar. Turkistonda jadidlar faoliyati mahalliy aholini marifatli qilishga, ularda
milliy ozlikni anglashni kuchayishiga, ozodlik uchun kurashlaming kotarilishiga oz
tasirini korsatdi. Jadidchilik harakati olkada padsho hukumatining mustamlakachilik
siyosatiga qarshi turuvchi asosiy manaviy kuch sifatida ham namoyon boldi.

1917-yil mart oyi boshlarida jadidlar tomonidan Toshkentda barcha erkparvar
tashkilotlarning umumiy dasturiga ega bolgan yagona tashkilot - Musulmon markaziy
shorosi tuzildi. Uning tasis syezdida 350 delegat qatnashgan. Ular orasida
ozarbayjonlar, tatarlar, turkmanlar, boshqirdlar kabi boshqa musulmon xalqlarining
vakillari ham bolgan. Syezdda barcha delegatlar bolajak davlat Turkiston deb atalishi,
uning tarkibiga Buxoro, Xiva va Turkiston general-gubernatorligi kirishi kerak
degan fikrni maqulladilar.
Biroq, Turkistondagi 1917-yildagi oktabr voqealari va bolsheviklaming hokimiyatni
egallashi jadidlaming oz maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon
bermadi. Shunga qaramay, ular markazi Qoqonda bolgan, Turkiston Muxtoriyati
deb atalgan mustaqil muxtor respublika elon qildilar. 72 kun yashagan bu muxtor
respublika sovet hokimiyati tomonidan tor-mor etildi. Oqibatda jadidlar taqibga
uchradi va oxir-oqibat, 1937-1938-yillarda qatagon qurboni boldi.

