VII  0'LI

TURKISTON VA BIRINCHI JAHON URUSHI

BoMimni organish natijasida:
> Birinchi jahon urushining boshlanishi va unda Rossiyaning ishtirok etishi,
urushning Rossiya va Turkiston olkasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, aholisining
turmush tarziga korsatgan salbiy tasiri;
> Birinchi jahon urushiga Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi
va unga mahalliy aholining bildirgan munosabati;
> 1916-yilgi qozgolonning boshlanishi, sabablari va oqibatlari;
> Jizzax qozgoloni, Turkiston ayollarining qozgolonda ishtiroki;
> 1916-yilgi qozgolonning mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz ravishda
bostirilishi;
> Turkistondagi 1916-yilgi qozgolonlaming ahamiyati haqida bilib olasiz.

29-. BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING
TURKISTONGA TA'SIRI

Birinchi
jahon urushining
Turkistonga ta'siri

XX asming boshlarida jahondagi yirik davlatlaming ega bolish masalasida ozaro munosabatlari
keskin korinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya,
Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq - Antanta
tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining birinchi jahon urushida
ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qoyadi. Busiz ham Garbiy
Yevropa davlatlaridan fan va texnika taraqqiyoti sohasida ancha orqada qolib ketgan
bu mamlakat urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho
hukumati oz mustamlakalaridan, jumladan, Turkiston olkasidan ham yanada koproq
foyda olish uchun ulaming tabiiy boyliklarini koproq ozlashtirishga jon-jahdi
bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa arzon mehnat kuchi sifatida foydalanishga
harakat qildi.
Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik elon qilindi. Safarbarlik
Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi. Unga
kora, Turkiston olkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha bolgan aholining
yevropalik qismi vakillari chaqirildi. Aynan hosillami yigib olish vaqtiga togri
kelgan bu chaqiruv Turkiston olkasidagi Rossiya gubemiyalaridan kochirib keltiril-ganlaming oilalari uchun qiyinchilik tugdirdi. Asosiy ishchi kuchi bolgan erkaklarning
urushga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ulaming yomon
ahvolga tushishiga sabab boldi.
1914-yilda Turkistonda favqulodda muhofaza holati deb elon qilinishi natijasida
mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat va jazo choralari
kuchaydi. Turkiston aholisi urushga safarbarlik elon qilinishiga qarshi chiqib,
favqulodda holat tartiblariga rioya etmay qoydilar. Bunday tartiblami buzganlar
50 somgacha jarima tolaydigan yoki 3 oygacha qamoqqa olinadigan boldi. Busiz
ham aholi turmush sharoitining yomonligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlaming
yetishmasligi, narx-navoning oshib ketganligi olkada norozilik kayfiyatining yanada
oshishiga hamda ommaviy korinishdagi qozgolonlaming kuchayishiga sabab
boldi.

Mardikorlikka
safarbarlikning
e'lon qilinishi

Urush ketayotgan joylardagi vayronagarchiliklami tugatish,
mudofaa inshootlarini qurish, urushga oziq-ovqat va
qurol-yaroglami tayyorlash va ulami joylarga yetkazish
ishlari katta muammoga aylandi. Bu ishlami amaliy
boshqarish va tashkil qilish umuman izdan chiqib ketdi.
Muammoni hal qilish uchun qoshimcha ishchi kuchi va front ortida ishlash uchun
koplab odamlar zarur boldi. Shu vaziyatdan kelib chiqib amaldagi hukumat
tomonidan imperiya mustamlakalaridagi tub aholi vakillari va urushga safarbar
qilinmagan kishilami front orqasidagi ishlarda foydalanishga qaror qilindi. 1916-yil
25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II (1894-1917) Oliy Bosh qomondon va
harbiy vazir taklifi bilan qabul qilgan farmoni boyicha front ortidagi xizmatlar
uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bolgan erkaklar
safarbarligi boshlandi.

