3-. XIX ASR 'RTALARIDA 0'ZBEK XONLIKLARINING
IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI

Yer egaligi va
soliq tizimiXIX asrda 0 rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Aholining
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yerga egalik tartiblari
qandayligi, tolanadigan soliq va tolovlarining miqdori
bilan belgilangan. Bu davrda yerlaming asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon,
uning qarindosh va yaqinlari hamda bir qancha katta yer egalari qolida bolgan.
Aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilganlar.
Dehqonlar ijaraga olgan yerlari uchun hosilning bir qismi (kop hollarda hosilning 1/5
yoki 1/3 qismi) ni xiroj sifatida tolaganlar.
Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar yarimchi deb atalgan. Chunki
ular olingan hosilning yarmini ijara haqi qilib tolagan. Buxoro amirligi, Xiva va
Qoqon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. Ular
uch turdagi yer egaligidan iborat bolib, amlok - davlat yerlari, mulk - xususiy
yerlar, shuningdek, masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qarashli - vaqf
yerlari hisoblangan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, harbiy sarkardalarga davlat

tomonidan yerlar inom etilgan. Vaqf yerlaridan olinadigan
foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan mutavalli
shugullangan. Aholi soliq va tolovlami mahsulot yoki
pul korinishida tolagan. Bundan tashqari, sugorish
inshootlari, yollar, kopriklar qurish va ulami tamirlash
kabi ishlami majburiyat tarzida bajarganlar. Mehnat
majburiyati aholining ishlab berishi bolib, u begar deb
ham nomlangan.
Bu davrda aholidan xiroj, zakot, suv, tegirmon, tuz,
mulk, tomorqa, bog soligi va boshqa soliqlar yigilgan.
Xiva xonligida asosiy soliq so lg u t deb atalgan. Harbiy
majburiyatda har bir erkak kishi oziq-ovqati, qurolaslahasi
bilan birga qatnashishi kerak bolgan. Chorvador
aholi chorva mollaridan zakot soligi, yaylov va suvdan foydalangani uchun ham
soliqlar tolagan. Bu davrda shaharlar aholisi - hunarmand va savdogarlardan savdo
puli, dokon puli, tarozi puli kabi soliqlar olingan.

Sug'orish tizimi
va tartiblari

0 rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xojaligi mahsulotlari
yetishtirishga qulay bolgan. Bu soha taraqqiyoti
sugorish ishlarining holati va suv taminotining qay darajada
ekanligiga bogliq edi. Shuning uchun ham sugorish
va suv ta minoti sohasi 0 rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati darajasiga
kotarilgan. Qolaversa, xazinaga tushadigan asosiy daromadni dehqonlardan yigiladigan
soliqlar tashkil qilgan.
Har bir hududda aholi va mamuriyat vakillari sugorish sohasiga masul va
javobgar bolgan. Sugorish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu sohaning
mutaxassislari - miroblar shugullanganlar. Ular sugorish ishlari, suv inshootlarining
qurilishi, ta minoti, ta mirlanishi, tozalanishi, suv taqsimotini yaxshi bilgan kishilar
bolgan. 0 rta Osiyoda sugorish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi.
Mazkur ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan hashar yoli bilan bajarilgan.
Aholisi asosan sugorma dehqonchilik bilan shugullangan Fargona vodiysida
sugorish tizimiga katta etibor qaratilgan. Vodiy hududida
yirik sugorish inshootlari - Shahrixonsoy, Andijonsoy,
Margilonsoy, Yangiariq, Ulugnor, Qoradaryo
kabilar bolgan. Suv chiqishi qiyin bolgan joylarga
maxsus qurilmalar - chigirlar yordamida suv chiqarilgan.
Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli suniy sugorish
tizimlari - kanallar hamda uning boylariga qurilgan
togonlar orqali ekin maydonlariga yetkazilgan. Bu
hududda yetishtirilgan qishloq xojaligi mahsulotlarini
asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari, bogdorchilik, uzumchilik,
poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.

Hunarmandchilik
va savdo-sotiq

0 rta Osiyo xalqlari hayotida hunarmandchilik muhim
orin egallab, aholining dehqonchilik, chorvachilik va savdo-
sotiq bilan shugullanadigan qatlamining hayoti ham
bevosita hunarmandchilik bilan bogliq bolgan. Chunki,
har bir dehqon va chorvador hunarmandchilik buyumlaridan foydalangan holda mehnat
qilgan, ayni vaqtda ular hunarmandchilikning turli sohalari uchun xomashyo
yetkazib bergan. Savdogarlar esa hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo-sotiq
qilgan. 0 rta Osiyo davlatlarida koplab hunarmandchilik markazlari mavjud bolib,
ular mahalliy xususiyatlariga kora turli hunarmandchilik sohalariga ixtisoslashgan.
Masalan, Margilonda atlas toqish, doppichilik, Rishtonda kulolchilik, Buxoroda
zargarlik, Shahrixonda pichoqchilik, doppichilik, duradgorlik, Chustda ham doppichilik,
pichoqchilik, Qoqonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Samarqandda
zargarlik, Xivada memorchilik, ganchkorlik rivojlangan. Buxoro amirligida bu
davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, zardozlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy
kashtachilik sohalari ham keng tarqalgan. Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtiyoj
katta bolganligi bois, metallga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan.
Temirchilar tomonidan ketmon, oroq, chalgi va boshqalar tayyorlangan.
Hunarmandlar tomonidan asosan mehnat qurollari, xususan, dehqonchilikda
ishlatiladigan asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar, zeb-ziynatlar, idish-tovoqlar, chorvadorlar
foydalanadigan buyumlar tayyorlangan. 0 rta Osiyo xalqlari ortasida azaldan
hunarmandlarga hurmat bilan qaralgan, hunar egallash va bu kasbga munosib bolish
yaxshi fazilat hisoblangan. Xalq orasida hunardan unar, yigit kishiga qirq hunar
ham oz, hunari bor kishi xor bolmas kabi hikmatli sozlar bejiz tarqalmagan.

Hunarmandchilik xonadon va kasanachilik korinishidagi mayda ustaxonalardan
iborat bolib, unda asosan qol mehnatidan foydalanilgan. Hunarmandchilik
mahsulotlari mahalliy aholi ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki savdogarlar tomonidan
chetga ham olib borilgan. 0 rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston,
Afgoniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. 0 rta
osiyolik savdogarlar mahalliy mahsulotlami chetga olib borib, u yerlardan zarur
mollami olib kelganlar. Xorijda hunarmandlaming zargarlik mahsulotlari, shoyi va
atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baholangan.
Bu davrda 0 rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning yanada jadal rivojlanishiga
uchta davlat ortasidagi kelishmovchiliklar, ichki nizolar va notinchliklar salbiy
ta sir korsatgan.

