30-. TURKISTONDA 1916-YILGI QO'ZG'OLONNING BOSHLANISHI

Qo'zg'olonning
boshlanish
sabablari

Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholining
mardikorlikka olinishi togrisidagi farmoniga muvofiq,
Turkiston olkasining Sirdaryo viloyatidan 87 ming,
Samarqanddan - 38 ming, Fargonadan - 50 ming kishini
mardikorlikka yuborish belgilandi. Belgilangan miqdorlar viloyatlar boyicha aholi
ortasida taqsimlandi. Fargona viloyatida belgilangan mardikorlami toplash uchun
viloyatdagi xonadonlaming har beshtasidan bir kishini olishga togri kelgan.
Xalq bundan qattiq norozi bolgan. Turkiston erkaklarining oz oilasini tashlab
ketishi ulami ochlikka mahkum etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining safarbar qilinishi
qishloq xojaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlaming royxatini
tuzishda Turkiston mahalliy mamuriyat vakillari adolatsizliklarga yol qoydilar.
Hatto oilada bir nechta erkak bolishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari
pora berib royxatga yozilmasdi. Lekin kambagal oilalardan garchi bitta erkak bolsa
ham royxatga kiritilardi. Bunday nohaqliklar keng xalq ommasi noroziligining
kuchayishiga sabab boldi. Mahalliy aholi ortasida mardikorlikka olishga qarshi
keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916-yilda mardikorlikka olinadiganlar
royxatini tuzadigan mahalliy boshqaruv vakillari tomonidan aholini zorlash, tazyiq
otkazish kabi holatlar avj oldi.
Norozilik harakatlarida dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar
va aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Mardikorlikka qarshi
harakatlaming keng ommaviy tus olishidan mustamlaka hukumati, olka va viloyat
mamurlari xavotirga tushdi. Fargona viloyati gubematori A.Gippius viloyatda
norozilik kayfiyatidagi odamlaming kopligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni
aholi orasida katta galayonlar chiqishiga sabab bolishi mumkinligi haqida olka va
podsho mamuriyatiga malumot beradi. Lekin markaziy hokimiyat viloyat gubematori
A.Gippiusning xavotiri va galayonlaming oldini olish togrisidagi malumotlari
podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish deb hisoblab, uni
viloyat gubematori lavozimidan ozod qiladi.
1916-yil 4-iyulda Xojand shahrida norozilik bildirib kop sonli aholi yigildi.
Ular mardikorlikdan bosh tortdilar. 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlogida, keyinchalik
Siyob, Mahalla, Xoja Ahror, Angorda, 7-iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari
bolib otdi. Namoyishchilar mahalliy boshqaruv vakillarini kaltaklab, royxatlami
yirtib tashladilar.

Qo'zg'olonning
Turkiston bo'ylab
tarqalishi

Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari bir
necha kun ichida butun olka boylab yoyildi. Namoyishchilar
mustamlakachi hukumat tomonidan kuch bilan
tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi. Toshkentd

ham norozilik chiqishlari boshlanib, 11-iyulda kop sonli aholi Beshyogochdagi
politsiya mahkamasi oldiga toplandilar. Qozgolon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova
politsiyaga qarata Bizni oldirsanglar ham ogillarimizni sizlarga bermaymiz
, deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa oq uzib uni ogir yarador qilgan. Norozilik
bildirganlarga qarshi miltiqlardan oq otilgandan song, xaloyiq mahkamaga
bostirib kirdi. Bu vaqtda yordamga yetib kelgan harbiy kuchlar namoyishchilami
oqqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib oldirildi, 15 kishi yarador boldi. Qozg
olon harbiy kuchlar tomonidan qiyinchilik bilan bostirildi. Shahar harbiy holatga
tushib, har bir joyda qoriqchilar, tun-u kun navbatchilik, nazorat va tekshiruvlar
kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin norozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi
qishloqlarga yoyildi. U yerdan Fargona vodiysiga otib, vodiyda bu harakat
keng tus olib ketdi. U yerda ham mahalliy aholi mamuriyat vakillariga boysunmay
qoyadi.
Qozgolon iyul oyining ortalarida Fargona viloyatining Qoqon, Rishton,
Margilon, Andijon, Namangan uyezdlarida keskin tus oldi. Jumladan, 9-iyul kuni
Andijonda podsho farmoni oqib eshittirilgandan song, tayoq, tosh, ketmon va boshqa
narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib namoyishga chiqdilar.
Ularga politsiya va harbiy kuchlar qarshi qoyildi. Qozgolonchilami tarqatish paytida
ulardan 3 kishi otib oldirildi, 12 kishi yarador boldi.
10-iyulda Eski Margilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor
atrofiga yigildi. Qozgolonchilar mardikorlikni bekor qilishni talab qilib, mahalliy
mamuriyat idoralariga bostirib kirdilar. Ular mustamlakachilaming xizmatida
bolgan mahalliy mamuriyat vakillari uylariga, mamuriy binolarga ot qoydilar,
2 mirshab oldirildi va bir necha kishi jarohatlandi. Qozgolonning kuchayib
ketganligidan xavotirga tushgan viloyat mamuriyati zudlik bilan ularga qarshi jazo
polkini yubordi. Ular qozgolonchilami oqqa tutib, 63 kishini otib oldirdi va
kopchilikni yarador qildi.
Shahrixonda ham qozgolonchilardan
16 kishi oldirildi, kopchilik yarador
boldi. 11-iyulda Namanganda kotarilgan
qozgolonhamjiddiy tus oldi. Labbaytoga
dahasidayigilgan 1500 dan ortiq kishilarga
qarshi kuchli qurollangan rota tashlandi va
qozgolonchilar tarqatib yuborildi.
Mustamlakachi hukumat politsiyasi
va harbiy kuchlari bilan qozgolonchilar
ortasida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz namoyishchilardan kopchiligi oldirildi

va yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bolganligi, mustamlakachilarning
beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi.