31-. JIZZAX QO'ZG'OLONI

Qo'zg'olonning
boshlanishi

Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlikka olish
togrisidagi farmoni Turkiston olkasining barcha hududlariga
yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining
milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular orasida
Jizzaxda bolib otgan qozgolon olkada mustamlakachilar zulmidan ozod bolish va
bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi.
Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shugullanib, ulaming
yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan kochirib keltirilganlarga berib yuborilishi,
soliqlaming kopayib borishi ulaming ahvolini yomonlashishiga olib keldi. Aholining
19 yoshdan 43 yoshgacha bolgan erkaklarini front ortiga ishlarga safarbarlik
qilinishi butun olkadagi kabi Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora
keskinlashib borayotgan norozilik chiqishlari xalq qozgoloniga aylanishiga olib
keldi. Mardikorlikka olinadiganlaming tuzilgan royxatiga muvofiq, Samarqand
viloyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilanadi. 1916-yil 3-iyulda farmon
elon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi. 5-iyulda dastlabki
galayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonni bekor qilinishini, royxat tuzishni toxtatishni
talab qiladi. Jizzax qozgoloniga Nazirxoja eshon va Abdurahmon jevachilar
rahbarlik qilganlar.
Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qozgolon kotarish maqsadida
boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va koplab atrofdagi qishloqlar
ga oz vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jizzax shahrida Damin kulol boshchiligida
hunarmandlar mardikorlikka olish boyicha royxatni talab qilib qishloq oqsoqoli
Mirzayor Xudoyorov oldiga bordilar. Undagi royxat asosan kambagal oila vakillaridan
tuzilgan bolib chiqdi. Bundan norozi bolgan aholi royxatni berishni va uni
qaytadan tuzishni talab qildilar. Mirzayor Xudoyorov royxatni bermay, toplangan
odamlami haqorat qildi. Bu holat aholining keskin noroziligini keltirib chiqardi.
Shundan keyin ketmon, tayoqlar bilan qurollangan qozgolonchilar Jizzaxning
yangi shahar qismiga yol oladi. Bu vaqtda qozgolonni bostirish uchun
uyezd boshligi oz yordamchilari bilan yetib keladi. Uyezd boshligi ulami qaytara
olmaydi.
Bu vaqtda qozgolonchilar safiga shahar va uning atrofidan koplab
kishilar qoshildi. Nazirxoja eshon qozgolonchilarga umumiy rahbar
boldi.
Jizzax qozgoloni ishtirokchilari mustamlakachi mamuriyatiga tegishli
bolgan harbiy, mamuriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 13-iyul
kuni temiryol stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryol va kopriklami
buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi oz uyida turli joylardan
yuborilgan vakillar bilan yigilish otkazdi va unda Jizzaxdan 12 chaqirim
uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda toplanib, barcha birgalikda harakat
qilishga kelishildi. Bu xabami atrofdagi joylarga yetkazish uchun vakillar
yuboriladi.
Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik Ivanov
boshchiligida harbiy kuchlami u yerga yubordi. 18-iyul kuni Turkistonda harbiy holat
elon qilindi.

Qo'zg'olonning
bostirilishi

Bu vaqtda mustamlakachi hukumat tomonidan qozgolonni
bostirish va uning ishtirokchilarini jazolash choratadbirlari
ishlab chiqildi. Jizzaxga polkovnik Ivanov
boshchiligida 13 ta rota soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak
otryadlari, sapyorlar qismi, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar yuborildi.
Ular Jizzax shahrini top va pulemyotlardan oqqa tutdilar. Mustamlakachilar
qoshini dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, song Sengzorga yurish qiladi.
Qoshin qurolsiz qozgolonchilami ayovsiz oqqa tutadi. Abdurahmon jevachi omon
qolgan 600 kishilik odamlari bilan 20-21-iyulda polkovnik Afanasyev boshchiligidagi
harbiy kuchlarga qarshi jang olib bordi. Ivanov boshchiligidagi harbiy kuchlaming
yordamga kelishi qozgolonchilaming maglubiyatga uchrashini taminladi.
Natijada qozgolonchilar yengildi va chekinishga majbur boldi. Qozgolon rahbarlari
va faol ishtirokchilaridan Abdurahmon jevachi, Nazirxoja eshon, aka-uka
Toraqul va Eshonqul Torabekovlar, Qosim hoji eshonlar qolga olinib, olim jazosiga
hukm etildi. Mustamlakachi hukumatning jazo qoshini qozgolonchilami
ayovsiz ravishda jazolashga kirishdi. Qozgolon kotarilgan qishloqlarga ot qoyildi.
Uylar yondirildi. Ulaming oila azolari ham jazoga tortildi. Bu jazodan qariyalar,
ayollar, hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi.
Jizzaxga 26-27-iyulda yana qoshimcha jazo otryadlari yetib kelib, jazoni yanada
kuchaytirdi. Qozgolonchilardan 3 ming kishi hibsga olinadi. Ulaming boshliqlari
olim jazosiga, qolganlari qamoq va surgunga hukm qilinadi. Mahalliy aholining
qozgolonda ishtirok etganligi, qozgolonchilarga xayrixoh bolganligi va ulami
tutishda podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun oz uylaridan cholga haydab
yuborildi.

